Ulug‘bek Lapasov Jenevadagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi O‘zbekistonning doimiy vakili etib tayinlandi.
Madaniyat vazirligi huzurida O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi tashkil etilmoqda. Uning zimmasiga mamlakatda musiqa va raqs san’atini rivojlantirish vazifasi yuklatildi.
Jinoyatlar soni yil boshidan buyon 40 foizga kamaydi, deya xabar qildi ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Senatdagi hisobotida.
O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov mamlakat soliq tizimida «Sovet davri» unsurlari borligini aytdi.
Mehnat vazirligi Buyuk Kelajak ekspertlarini vazirning shtatsiz maslahatchisi lavozimiga jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Toshkent viloyatining «Tuyabo‘g‘iz» suv ombori qoshida kichik GES qurish ishlari joriy yilning iyun oyida boshlangan.
Xorvatiya termasi penaltilar seriyasida Daniya ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempionati-2018 chorak finaliga chiqdi.
Rossiya termasi jahon chempionati-2018 da penaltilar seriyasida Ispaniya jamoasini mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi.
Gollarga boy kechgan uchrashuvda Fransiya Argentinadan ustun keldi va chorak finalning ilk ishtirokchisiga aylandi.
Toshkentning Muqimiy ko‘chasida loyiha mualliflarining xatolarini to‘g‘irlash davom etmoqda. Shu doirada yana bir chorraha ochildi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi Toshkentda mardikor ayollar muammosini o‘rganish, ularni doimiy ish va uy-joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rmoqda.
Prezident Yoshlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida yoshlar hayotda o‘z mustahkam o‘rnini topishi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar etilishiga ishonch bildirdi.
Pamela Spratlen O‘zbekiston AQSHning Toshkentdagi elchisi bo‘lib ishlashni boshlagan vaqtdagidan ancha farq qilishini aytdi.
Prezident O‘zbekistonning soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqladi. O‘zgarishlar 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Iyun oyida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari umumiy darajasida pasayish 0,4 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonning Latviyadagi yangi elchisi Badriddin Obidov Rigaga jo‘nab ketdi.
Uchinchi bor London birjasiga chiqarilgan Samarkand Bonds obligatsiyasining hajmi yana 80 milliard so‘mni tashkil etdi.
Davlat tashkilotlarning ko‘plab rahbarlari va xodimlari hali hamon eskicha ish uslubini qo‘llamoqda hamda eskicha fikrlashdan to‘xtagani yo‘q, deb aytib o‘tdi bosh prokuror Otabek Murodov.
30 iyun kuni ertalab marafon o‘tkazilishi munosabati bilan Temiryo‘lchilar va Haydar Aliyev ko‘chalari avtotransportlar uchun yopiladi.
Transport vositalarining oynalarini qoraytirishga pul to‘lanishi (yiliga 15,5 million so‘m) evaziga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting