O‘zbekistonda 1-avgustdan avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. 1-dekabrdan esa avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish va davlat raqamini olish uchun arizalarni YHXX yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasi orqali yuborish va to‘lovni o‘sha yerda amalga oshirish mumkin.
MG avtomobil markasi O‘zbekiston bozoriga kirishini e’lon qildi. Savdolarning boshlanishi kuzga rejalashtirilgan va to‘rtta model taqdim etiladi: MG ZS va MG HS krossoverlari, MG 7 liftbeki, shuningdek, Cyberster elektrik rodsteri.
Toshkent shahridagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish reja qilinmoqda. Avvalroq Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilgandi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi hech qanday o‘yin o‘tkazmasdan FIFA reytingida 1 pog‘ona yuqorilab, 61-o‘rinni egalladi. Paragvay ochko yo‘qotib, reytingda pastlagani bunga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalariga individual harakatlanish vositalari (IHV), jumladan, elektrosamokatlar harakatini tartibga soluvchi o‘zgartirishlar kiritildi. IHV trotuarlarda 10 km/soatgacha (6 km/soatgacha bo‘lishi taklif qilingan edi), avtomobil yo‘lida 20 km/soat tezlikda yurishiga ruxsat berildi.
AQSh prezidenti Jo Bayden uchinchi marta COVID-19 bilan kasallandi. Kasallik yengil kechmoqda va u o‘zini izolyatsiyalagan holda ishlaydi, deya ta’kidladi Oq uy.
Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaruvchi tadbirkor yuridik shaxslar uchun limit 10 foizdan oshib ketganda, elektr energiyasi uchun to‘lanadigan ikki baravarli tarifni bekor qilishni so‘radi. Uning fikricha, “Energetika vazirligi tizimdagi aybini tadbirkorlar hisobiga yopmoqchi”.
O‘zbekistonga ikki kunlik davlat tashrifi bilan kelgan Qirg‘iziston prezidenti va uning rafiqasini Toshkent xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi. Foto.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tizim tashkilotlarining 37 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonun buzilishi holatlari aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan.
2019-yilning noyabr oyidan beri Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini boshqarib kelgan Olim Saidov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Sherzod Ibragimov egalladi.
Moskva shahridan Samarqandga uchgan mast holdagi yo‘lovchi yolg‘ondan samolyotda portlovchi modda borligini aytgani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan ish ochildi.
2024-yilning birinchi yarmida 2389 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortildi (+34,4%). Ular, asosan, o‘zlashtirish, talon-toroj qilish, firibgarlik va pora oldi-berdisi bilan bog‘liq jinoyatlarga qo‘l urgan.
Kattaqo‘rg‘on tumanida Isuzu yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etdi.
Shu yildan Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti talabalarni qabul qila boshlaydi. Unga to‘liq akademik mustaqillik beriladi. Oliygoh nafaqat ushbu universitetning, balki AQShda tan olingan boshqa xorijiy OTMlarning ham diplomini beradi.
2021-yil martidan buyon Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Sharlotta Adrian diplomatik missiyasini yakunladi.
Shavkat Mirziyoyev va Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Eron munosabatlarini rivojlantirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, mintaqa kun tartibidagi masalalarni muhokama qildi.
18-iyuldan boshlab Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezd “Quva” bekatida ham 2 daqiqa to‘xtab o‘tadi. Transport vazirligi reyslar jadvalini e’lon qildi.
Yunusobod tumanida qisqa tutashuv sabab Lada Largus mashinasi yonib ketdi. Yong‘inda hech kim jarohatlanmadi. Hozirda holat sabablari o‘rganilmoqda.
O‘zbekistonda gaz resurslari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Ultimo Group Limited direktori Tuhfatxo‘ja Anvarxo‘jayev uning kompaniyasi haqida surishtiruv e’lon qilgan “Ozodlik” va mazkur OAV jurnalistini sudga berdi. Tadbirkor raddiya e’lon qilish va 100 mln so‘m tovon puli to‘lashni talab qilmoqda.
Prezident qarori bilan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” sobiq raisi Ilxom Xaydarov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimini tark etgan Rahmatilla Nurimbetov o‘rnini egallaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting