Qashqadaryo daryosidan noqonuniy qum qazib olinishi oqibatida tabiatga 6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
22 iyul 2024, 21:09

Qashqadaryo daryosidan noqonuniy qum qazib olinishi oqibatida tabiatga 6 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Ekologlar ikki holatda Qashqadaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy tarzda qum qazib olinganini aniqladi. Umumiy hisobda tabiatga 6,3 mlrd so‘m zarar yetgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Qibrayda mayning ferma tashkil qilib, 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi
22 iyul 2024, 20:08

Qibrayda mayning ferma tashkil qilib, 1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Qibray tumanida uyidagi 8 to‘plam mayning qurilmasini umumfoydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 1,2 mlrd so‘m zarar yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi. Shu kabi holat Yuqori Chirchiq tumanida ham aniqlandi.

Yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar nikohini taqiqlash taklif qilinmoqda
22 iyul 2024, 19:34

Yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar nikohini taqiqlash taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi darajadagi yon shajara bo‘yicha qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash rejalashtirilmoqda. 2023-yilda tug‘ma nuqson va irsiy kasalliklar bilan tug‘ilgan bolalarning 9,7 foizi yaqin qarindoshlar o‘rtasida bo‘lgan.

“ToshuyjoyLITI” va “Uzinjiniring” loyiha institutlarini xususiylashtirish boshlandi
22 iyul 2024, 18:55

“ToshuyjoyLITI” va “Uzinjiniring” loyiha institutlarini xususiylashtirish boshlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “ToshuyjoyLITI” loyiha instituti ustav kapitalidagi 61,6 foiz, shuningdek, “Uzinjiniring"ning 100 foiz davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Konsultant sifatida Abrau Capital ishlaydi.

Sirdaryoda QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirgan sotuvchi 15 sutkaga qamaldi
22 iyul 2024, 17:54

Sirdaryoda QR-kodli chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirgan sotuvchi 15 sutkaga qamaldi

Gulistonda QR-kodli chek so‘ragan 12 yoshli bolaga tarsaki tushirgan do‘kon sotuvchisi 15 sutkaga qamaldi. Avvalroq Soliq qo‘mitasi raisi “chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas” deya bolaga minnatdorchilik bildirgandi.

Madaniyat vaziri ishtirokida reklama olgan kiyim do‘koni jarimaga tortildi
22 iyul 2024, 17:33

Madaniyat vaziri ishtirokida reklama olgan kiyim do‘koni jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov reklama qilgan kiyim do‘konini “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunni buzgan deb topdi. Bunda vazirning xatti-harakatlarida qonun buzilishi aniqlanmadi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli o‘gay qiziga muntazam zo‘ravonlik qilib kelgan ayolga hukm o‘qildi
22 iyul 2024, 17:02

Toshkent viloyatida 13 yoshli o‘gay qiziga muntazam zo‘ravonlik qilib kelgan ayolga hukm o‘qildi

Zangiota tumanida ayol bir yil davomida 13 yoshli o‘gay qizini do‘pposlab va o‘ldirish bilan qo‘rqitib, tan jarohatlari yetkazib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Dugoba” alpinistlar lagerini tiklashni rejalashtirmoqda
22 iyul 2024, 16:53

O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Dugoba” alpinistlar lagerini tiklashni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston rasmiylari turizmni rivojlantirish doirasida “Dugoba” alpinistlar lagerini tiklash, shuningdek, Qadamjo — Shohimardon yo‘nalishidan birgalikda foydalanishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov.

Jumagacha O‘zbekistonning 4 viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi
22 iyul 2024, 16:04

Jumagacha O‘zbekistonning 4 viloyatida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

Seshanbadan jumagacha Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘li hududlarida kutilayotgan yomg‘irlar sababli sel-suv toshqinlari yuz berishi mumkin.

Akademik litseylarga kirish imtihonlari 25−26-iyul kunlari o‘tkaziladi
22 iyul 2024, 16:00

Akademik litseylarga kirish imtihonlari 25−26-iyul kunlari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari 25 va 26-iyul kunlari o‘tkaziladi. Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasini (IQ) aniqlash bo‘yicha bo‘ladi.

Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish boshlangani e’lon qilindi
22 iyul 2024, 14:09

Humo to‘lov tizimini xususiylashtirish boshlangani e’lon qilindi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Humo davlat to‘lov tizimini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlanganini ma’lum qildi. Davlat ulushi “muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish” usuli orqali sotiladi.

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat ko‘tariladi
22 iyul 2024, 13:45

Haftaning ikkinchi yarmidan harorat ko‘tariladi

O‘zbekistonda ish haftasi biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Chorshanba kunidan boshlab harorat ko‘tarilishi kutilmoqda, havo +38…+43 darajagacha qiziydi.

Soliq qo‘mitasi raisi do‘konda QR-kodli chek so‘ragan bolaga shaxsan minnatdorchilik bildirdi
22 iyul 2024, 13:38

Soliq qo‘mitasi raisi do‘konda QR-kodli chek so‘ragan bolaga shaxsan minnatdorchilik bildirdi

Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev do‘konda QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi urgan bola bilan uchrashdi. U bolaga minnatdorchilik bildirdi va “chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas” dedi. Sotuvchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

ACWA Power O‘zbekistondagi ikkita shamol elektr stansiyasining 35 foiz ulushini sotdi
22 iyul 2024, 12:42

ACWA Power O‘zbekistondagi ikkita shamol elektr stansiyasining 35 foiz ulushini sotdi

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonning Buxoro viloyatidagi ikkita shamol elektr stansiyasining 35 foiz ulushini sotdi. Xaridor China Southern Power Grid International bo‘ldi.

Chorvoqda gidrotsikl katamaranga kelib urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi
22 iyul 2024, 12:25

Chorvoqda gidrotsikl katamaranga kelib urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Shanba kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida katamaranga gidrotsikl kelib urildi. Oqibatda katamaranda bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi. Hozirda IIB va prokuratura surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Samarqandda Nexia 3 ishtirokidagi YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi
22 iyul 2024, 10:16

Samarqandda Nexia 3 ishtirokidagi YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi

Nurobod tumanida Nexia 3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushdi. Oqibatda bir yo‘lovchi vafot etdi, haydovchi shifoxonada davolanmoqda.

Davlat granti bo‘yicha 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
22 iyul 2024, 09:43

Davlat granti bo‘yicha 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezident farmoyishi bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi. Shu yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi.

Jo Bayden AQSh prezidentlik saylovlaridan chiqishga qaror qildi
21 iyul 2024, 23:35

Jo Bayden AQSh prezidentlik saylovlaridan chiqishga qaror qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden noyabr oyidagi saylovlarda mamlakat prezidentligi uchun kurashdan chiqishini ma’lum qildi. So‘nggi haftalarda u nomzodini qaytarib olishga chaqirgan partiyadoshlari tomonidan bosim ostida qolgandi. U Kamala Harrisni nomzod sifatida ko‘rsatishni taklif qildi.

“Yo‘llardagi xavfsizlikni ta’minlash — barchamizning burchimiz”. YHXX yangi rahbari jamoatchilikka murojaat qildi
21 iyul 2024, 20:59

“Yo‘llardagi xavfsizlikni ta’minlash — barchamizning burchimiz”. YHXX yangi rahbari jamoatchilikka murojaat qildi

Yaqinda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i bo‘lgan Sherzod Ibragimov fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy vazifalar ta’lim muassasalari oldi, piyodalar o‘tish joylarida xavfsiz tizim yaratish, ashaddiy huquqbuzarlarga qarshi “murosasiz kurashish” va boshqalardan iborat bo‘ladi.

Yaponiya kompaniyasi o‘zbekistonliklarni qurilish sohasida ishga taklif qilmoqda
21 iyul 2024, 19:07

Yaponiya kompaniyasi o‘zbekistonliklarni qurilish sohasida ishga taklif qilmoqda

Yaponiya qurilish kompaniyasi 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan quruvchilarni qidirmoqda. Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolari bir qator talablarga javob bersa, ishga joylashish uchun murojaat qilishlari mumkinligi haqida xabar berdi. Soliq va sug‘urtalardan keyingi “sof” ish haqi 16 mln so‘mgacha bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting