Qozog‘istonda avtobus yonishidan omon qolgan besh kishining ikki nafari O‘zbekiston fuqarolaridir, TIV ular ism-shariflarini e’lon qildi.
Qozog‘istonda yonib ketgan avtobusda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 55 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan, FVV aloqa liniyasini tashkil etdi.
Adliya vazirligi O‘zbekiston Islom akademiyasini ro‘yxatga oldi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
2017 yilda tug‘ilgan go‘daklarga Madina va Azizbek ismlari eng ko‘p qo‘yildi. Mamlakatda 14382 ta juft, 138 ta uchlik va bir holatda to‘rtlik egizak tug‘ildi. Eng og‘ir chaqaloq vazni — 9,87 kg.
Chet ellik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 600 mln so‘mga yangi qurilgan turar joylardan xarid qilib Toshkent va Toshkent viloyati propiskasiga ega bo‘lishi mumkin.
IIV yo‘l-patrul xizmati xodimlari va mast holatdagi Nexia avtomobili haydovchisi o‘rtasidagi mojaro aks etgan videorolikka izoh berdi.
Toshkent hokimiyati Seul tajribasidan foydalangan holda shaharni boshqarish bo‘yicha «Raqamli idora» tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.
Jinoyatga tayyorgarlik to‘g‘risidagi ishonchli xabar uchun fuqaro pul mukofoti olishi mumkin.
Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar dekabrda 3 foizga qimmatlashdi.
Milliy aviakompaniya 24 maydan Toshkent-Barselona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha doimiy reysni yo‘lga qo‘yadi.
Korxona direktori Samarqand viloyatida harbiy poligon qurilishi tenderida qatnashishga yordamlashaman deb 50 ming dollar talab qildi.
O‘zbekiston Futbol federatsiyasi rahbari Umid Ahmadjonov bir vaqtning o‘zida mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasini ham boshqaradi.
1 fevraldan oziq-ovqat mahsulotlari importi bo‘yicha yakka tartibdagi bojxona va soliq imtiyozlari hamda boshqa preferetsiyalar bekor qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan XXR elchisi Sun Litszeni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi bir yil ichida 1,4 mlrd dollarga oshib, 26,6 mlrd dollarni tashkil etdi.
Toshkent viloyatiga Bahodir Po‘latov, Qashqadaryo viloyatiga esa Botir Yusupov prokuror etib tayinlandi.
Davlat turizm qo‘mitasi va Toshkent aeroporti havo bandargohidan chiqishdagi taksichilar faoliyatini tartibga solishga kelishib oldi.
1 fevraldan shahar va xalqaro telefon aloqasi narxlari ko‘tariladi.
Rossiyada is gazidan zaharlanib vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari jasadlari Vatanga olib kelindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting