Shavkat Mirziyoyev Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotladi
26 iyun 2024, 10:32

Shavkat Mirziyoyev Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini mukofotladi

Prezident Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat).

O‘zbekistonda 5 oyda 65 nafar o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘ldi
26 iyun 2024, 10:25

O‘zbekistonda 5 oyda 65 nafar o‘quvchi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Senat O‘zbekistondagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni yana tanqid qildi. Qayd etilishicha, 5 oy davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 65 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan, 294 nafari jarohatlangan. 2023-yilda esa yo‘llarda 263 nafar bola halok bo‘lgan, 1568 nafari jarohatlangan.

Sherbek Buranov Narpay tumani hokimi bo‘ldi
26 iyun 2024, 09:02

Sherbek Buranov Narpay tumani hokimi bo‘ldi

Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Sherbek Buranov Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya IIV rahbarini qabul qildi
25 iyun 2024, 22:12

Shavkat Mirziyoyev Rossiya IIV rahbarini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti va Rossiya ichki ishlar vaziri terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va migratsiya sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

YI Ukraina va Moldova bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
25 iyun 2024, 21:51

YI Ukraina va Moldova bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldovaning ittifoqqa qo‘shilishi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshladi. “Oldindagi yo‘l oson bo‘lmaydi. Ammo u ulkan imkoniyatlarga ham to‘la”, — dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.

Hovli uyli mahallalarda servis kompaniyalari tashkil etiladi
25 iyun 2024, 19:43 1

Hovli uyli mahallalarda servis kompaniyalari tashkil etiladi

O‘zbekistondagi hovli uylar joylashgan 208 ta mahallada tajriba tariqasida obodonlashtirish va kommunal tarmoqlarni ta’mirlash, chiqindilarni saralash va tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Mahalla servis kompaniyasi” tashkil etiladi. Ularga to‘lov qilish uchun har oy 20 mln so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston parranda go‘shti eksportini yo‘lga qo‘ymoqchi
25 iyun 2024, 19:18

O‘zbekiston parranda go‘shti eksportini yo‘lga qo‘ymoqchi

Prezidentga chorvachilikni rivojlantirishga doir takliflar berildi. AQSh hamkorligida parrandachilikka genetik texnologiyalarni joriy etish, parrandachilik korxonalarini 5 yilga yer solig‘idan ozod qilish, parranda go‘shti eksportiga ruxsat berish, aholini qorako‘l qo‘yi va echkilar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

JSTga qo‘shilish o‘zimizdan o‘zimizni himoya qilishimizga yordam beradi — Doniyor G‘aniyev
25 iyun 2024, 17:34

JSTga qo‘shilish o‘zimizdan o‘zimizni himoya qilishimizga yordam beradi — Doniyor G‘aniyev

Deputat Doniyor G‘aniyev O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi, birinchi navbatda, mamlakat o‘zini o‘z ichidagi turli lobbi guruhlaridan himoya qilishi uchun kerakligini aytdi. “Erkin savdodan yutadiganlar doim yutqazadiganlardan ko‘p bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi
25 iyun 2024, 17:19

Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi

Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti negizida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi.

Xalqaro jinoiy sud Sergey Shoygu va Valeriy Gerasimovni hibsga olishga order berdi
25 iyun 2024, 17:01

Xalqaro jinoiy sud Sergey Shoygu va Valeriy Gerasimovni hibsga olishga order berdi

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov va mamlakat sobiq mudofaa vaziri Sergey Shoyguni hibsga olishga order berdi. Ular harbiy va insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumonlanmoqda. Order uchun Ukrainadagi fuqarolik obyektlariga berilgan zarbalar asos bo‘lgan.

Hamster Kombat kabi o‘yinlar O‘zbekistonda qonuniymi? ILMA tushuntirishi
25 iyun 2024, 16:10

Hamster Kombat kabi o‘yinlar O‘zbekistonda qonuniymi? ILMA tushuntirishi

O‘zbekiston fuqarolari Hamster Kombat va shunga o‘xshash o‘yinlarda tangalarni qonuniy ravishda sotib olishlari va sotishlari mumkinmi, bunday o‘yinlar O‘zbekistonda qonuniymi, to‘plangan tangalar kriptoaktiv sanaladimi? ILMA mazkur savollarga javob berdi.

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama joriy etiladi
25 iyun 2024, 15:39

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama joriy etiladi

O‘zbekistonda 1-sentabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi. Shuningdek, ushbu maktablarda ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi
25 iyun 2024, 14:38

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj so‘nggi 5 yilini o‘tkazgan Britaniya qamoqxonasidan garov evaziga ozod qilindi. AQSh rasmiylari bilan kelishuv doirasida u josuslik ayblovlaridan biri bo‘yicha aybini tan oldi. Buning evaziga u Britaniyadagi qamoqda o‘tagan vaqtga teng muddatga qamaladi va ozod qilinadi.

O‘zbekistonda bolasini noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilgan ota-onalar javobgarlikka tortilishi mumkin
25 iyun 2024, 14:23

O‘zbekistonda bolasini noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilgan ota-onalar javobgarlikka tortilishi mumkin

O‘zbekistonda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Tegishli qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

“Poytaxt bank” 10 mln dollarga sotiladi
25 iyun 2024, 14:18

“Poytaxt bank” 10 mln dollarga sotiladi

Davaktiv BAAning Bond Investments limited LLC kompaniyasi bilan “Poytaxt bank” ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyalar paketini 10 mln dollarga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. To‘lov biryo‘la amalga oshiriladi.

Deputatlar chet el fuqarolarini nomaqbul deb topuvchi qonunni qabul qildi
25 iyun 2024, 12:03

Deputatlar chet el fuqarolarini nomaqbul deb topuvchi qonunni qabul qildi

Deputatlar chet el fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lishini nomaqbul deb topish to‘g‘risidagi o‘zgartirishlarni qabul qildi. Bunga mamlakat suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, adovat qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini kamsituvchi nutq va harakatlar sabab bo‘lishi mumkin.

Farg‘onada 1300 dollar evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
25 iyun 2024, 11:31

Farg‘onada 1300 dollar evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Farg‘onada 1300 AQSh dollari evaziga o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Shuningdek, Navoiy va Samarqandda ham shunday jinoyat bilan uch kishi qo‘lga olindi.

O‘zbek tilidan milliy sertifikatda yuqori ball olganlarga imtihon xarajati qoplanishi mumkin
25 iyun 2024, 11:18

O‘zbek tilidan milliy sertifikatda yuqori ball olganlarga imtihon xarajati qoplanishi mumkin

O‘zbek tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikatda yuqori ball (A va A+) to‘plagan 14−30 yosh oralig‘idagi fuqarolarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilishi mumkin. Bu bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi. Mablag‘ Yoshlar ishlari agentligi jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Beshta viloyatda tarixiy yodgorliklar qisman buzilib, hojatxona, hammom va issiqxona qurilgani aniqlandi
25 iyun 2024, 10:13

Beshta viloyatda tarixiy yodgorliklar qisman buzilib, hojatxona, hammom va issiqxona qurilgani aniqlandi

Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridagi tarixiy yodgorliklar qisman buzilib, o‘rniga uy-joy, hojatxona, hammom, issiqxona va mobil kompaniya antennasi qurilgani aniqlandi. Oqibatda 12 ta yodgorlikka 8,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan

Denovdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi
25 iyun 2024, 09:30

Denovdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Tunda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 12 ta savdo do‘konidagi buyum va kiyim-kechaklar zararlandi. 5 ta tuman FVBdan yetib kelgan jami 9 ta ekipaj yong‘inni 1,5 soatda o‘chirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting