Surxondaryo viloyatida gaz ta’minoti xodimi ikki nafar tanishining uyiga gaz ballonlarini yashirib, noqonuniy ravishda mahalliy aholiga oshirilgan narxda sotib yurgani ma’lum bo‘ldi. Jami 120 ga yaqin ballon topildi.
Qozondagi BRIKS sammiti davomida 13 ta davlat birlashmaning hamkor davlatlari maqomini olishi haqida so‘z bordi. Ular qatorida O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Belarus bor.
Superliga 21-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Bunyodkor” bahsi tanaffusi vaqtida IIB xodimlari stadiondagi VAR mashinasi va avtomobillarni olib chiqishni buyurdi. Talabga qarshilik qilgan o‘yin komissarining telefoni olib qo‘yilib, o‘zi majburan bo‘linmaga olib ketildi. Xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Andijon tumanida transformator punktidagi qisqa tutashuv sabab 20 ta xonadon elektr energiyasidan favqulodda uzildi. Tarmoqda tarqalgan videoda hisoblagichlarda yong‘in chiqqanini ko‘rish mumkin. HET yangi hisoblagichlar o‘rnatish ishlarini boshladi.
Bir qator Britaniya hamdo‘stligi davlatlari 17−19 asrlardagi transatlantik qul savdosi uchun Britaniyadan kompensatsiya undirish masalasini ko‘tarishni rejalashtirmoqda.
Prezident Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV tizimidagi bir guruh xizmatchilarni mukofotladi. Xususan, sobiq vazir Zakirjon Almatov xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi unvonini oldi.
Bond Investments kompaniyasi (BAA) “Poytaxt bank” aksiyalarining 100% egasiga aylandi. Iyun oxirida Davaktiv shu investor bilan bankni 10 mln dollarga sotishga kelishilgani haqida xabar bergandi.
Turkiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, ayniqsa, odamlar gavjum joylarda ehtiyot bo‘lishga chaqirildi. Mamlakatdan ketayotganlardan aeroportlarga bir soat oldin yetib kelish so‘raldi. Terakt ortidan Anqarada xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Prezident farmoni bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi tashkil etildi. 2025-yildan tashkilot xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirishni boshlaydi.
“Kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” doirasida 2024-yilda magistral kanallarning 1 ming kilometr qismini betonlash reja qilinmoqda. Buning uchun davlat budjetidan 500 mlrd so‘m pul ajratilgan. Xorijiy investitsiyalar hisobidan esa 200 mln dollar mablag‘ jalb etilgan.
1-noyabrdan boshlab O‘zbekistonda avtotransport vositalari savdosi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar mashinalarini Piskent tumanidagi poligonda 3 oylik sinovdan o‘tkazadi.
O‘zbekiston prezidenti Qozonda o‘tkazilgan “BRIKS plyus” sammitida jahondagi boshqaruv institutlarini isloh qilishga, “Janub-Janub” va “Shimol-Janub” formatlaridagi muloqotni kengaytirishga chaqirdi. Shuningdek, G‘azo va Livandagi gumanitar fojiani hamda Afg‘onistondagi vaziyatni tilga oldi.
24-oktabr kuni Senatning to‘rtinchi chaqirig‘i o‘zining so‘nggi yalpi majlisini o‘tkazdi. Yuqori palata raisi Tanzila Narbayeva o‘tgan 5 yildagi faoliyatni sarhisob qilib, ularga bildirilgan ishonch uchun O‘zbekiston xalqiga va prezidentga minnatdorchilik bildirdi.
Turkiya harbiylari Anqaradagi Turkish Aerospace shtab-kvartirasiga qilingan hujumga javoban Iroq va Suriyadagi Kurdiston ishchi partiyasi obyektlariga zarbalar berdi. Turkiya hukumati KIP hujumga aloqadorligini aytmoqda.
Bosh prokuratura 22-oktabrdan Toshkent shahri va viloyatida atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalarni tekshirishni boshladi. Nazorat organi filtrlovchi uskunalarni o‘rnatish ishlari kechikayotganini ta’kidladi. Poytaxtda 31 ta korxonadan faqat 8 tasi bunday uskunalarni o‘rnatgan.
2022-yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tgan O‘zagroinspeksiya Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga qaytarildi. Unga import qilinadigan ekinlar urug‘ini GMO mavjudligi bo‘yicha tekshirish, tashkilotlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya, yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holatini nazorat qilish ham yuklatildi.
O‘zbekiston tomonidan 2014-yilda qidiruvga berilgan 73 yoshli ayol Turkiyada qo‘lga olindi. U jinoiy uyushma tashkil etish, o‘zgalarning mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish, firibgarlik, soxta tadbirkorlik kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.
Ukrainaning NATOga zudlik bilan taklif etilishiga AQSh va Germaniyadan tashqari, Vengriya, Slovakiya, Belgiya, Sloveniya va Ispaniya ham qarshi, deb yozmoqda Politico. Urush tugashidan oldin Ukrainaning NATOga rasman taklif qilinishi Zelenskiyning “g‘alaba rejasi”dagi birinchi banddir.
Poytaxt hokimi qarori bilan Toshkent shahrida yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlari bilan bog‘liq holatlarning oldini olish uchun 6 mlrd so‘m ajratildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida yana 2 pog‘ona yuqorilab, 58-o‘rinni egalladi. Jamoa oktabr oyidagi o‘yinlarda o‘z uyida Eron bilan durang o‘ynagan va BAAni mag‘lub etgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting