Prezidentga iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Energiya auditini o‘tkazishning yangi tartibi yo‘lga qo‘yiladi, rahbarlarga energiya samaradorligi bo‘yicha KPI`lar o‘rnatiladi, tashkilotlar, hududlar va binolar uchun energiya iste’moli reytingi joriy etiladi.
Davlat organlari turli sohalar bo‘yicha 50 dan ortiq xorijiy konsultantlarni jalb qilgan. Tahlilga ko‘ra, odatda ular uchun KPI belgilanmaydi, tizimli tahlil, tavsiyalarni amalga oshirish tartibi va ochiq hisobot mavjud emas. Prezidentning yangi qarori mana shu muammolarni hal etishga qaratilgan.
2023-yilda O‘zbekistonga 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi. U asosan Germaniya, Xitoy, Shveysariya, AQSh va Belgiyadan yuborilgan va katta qismi sog‘liqni saqlash sohasiga to‘g‘ri keladi.
Xorazm viloyatida “shikoyatchilar” ro‘yxatlari shakllantirilib, unga “ariza tashkillashtirishni odat qilib olgan va norozi kayfiyatni kuchaytirishga harakat qiladigan” 44 nafar fuqaro kiritildi, deb yozdi Kun.uz. Bunday ro‘yxatlar qonunchilikka zid va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ekologiya vazirligi sobiq MXX binosi hududidagi eman daraxtlarini Ulug‘bek qishlog‘iga ko‘chirishga ruxsat bermagan (bunday tartib yo‘q). Jarayonga mas’ul kompaniya rahbari ko‘chirilgan daraxtlarni suratga olmoqchi bo‘lgan fotografga to‘sqinlik qildi. U o‘zini agressiv tutib, fotografga energetik ichimlik sepdi.
Jahongir Azimov Milliy mass-media fondi direktori etib tayinlandi. U avval “Dunyo” axborot agentligi va “Gazeta.uz” nashrida ishlagan hamda Toshkentdagi Vebster universitetida dars bergan. Akramjon Fozilov mazkur fondning vasiylik kengashi raisi bo‘ldi.
YUNISEF Qashqadaryo viloyatiga 150 ming ona-bolaga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun kislorod uskunalarining birinchi partiyasini yetkazdi. Ular yordamida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko‘rsatkichlari oshishi ta’kidlandi.
“O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha o‘z majburiyatlarida sobit, bunga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. JSTning rasmiyga tayanib bildirishicha, O‘zbekiston 2026-yilgacha tashkilotga a’zo bo‘lishni reja qilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida jami 78 kg giyohvandlik vositalarini musodara qildi. Giyohvand moddalar Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingani aniqlandi. Video.
Toshkent shahri Sergeli tumanida uzunligi 510 metr bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurini yangilash ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan hududdagi ayrim yo‘llarda transport harakati kamida bir oyga cheklandi (xarita).
Prezident Soliq kodeksining 227−1-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu modda bo‘yicha jarima choraklik sof tushumning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi.
2024−2025 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyunda boshlanib, 25-iyunga qadar davom etadi. Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
Bo‘stonliq tumanida avtomobil ehtiyot qismi ichidan taxminiy narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi topildi. Moddalar Telegram bot yordamida Qirg‘izistondan yetkazib berilgani aniqlandi.
“Asakabank” biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yilda 2,1 mlrd dollar jalb qilishni, “Biznesni rivojlantirish banki” esa investitsiya loyihalariga 1,5 mlrd dollar ajratishni reja qilmoqda. Bank faqat kredit beradigan markaz emas, zamonaviy investitsiya-tijorat tuzilmasi bo‘lishi kerak, dedi prezident.
Qizlarga texnologiya sohasida o‘z yo‘lini topishga yordam berish Women in Tech Tashkent jamiyatining asosiy maqsadidir.
Davaktivga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB), “Asakabank” va “Aloqabank"ning Tashkent City`dagi yangi binolari investorlarga sotiladi. Banklar ushbu “premium toifa"dagi loyihalarga kamida 339 mln dollar mablag‘ kiritgan. SQB filiallaridan biri o‘rnida 21 qavatli bino qurmoqchiligini ma’lum qilgandi.
Sirdaryoda Captiva haydovchisi mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qildi. IIB unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Qarshining “Nasaf” klubi poytaxtning “Paxtakor"ini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, uch karra O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi (video, foto).
Toshkent shahri Sergeli tumanida King Long avtobusi teplovoz bilan to‘qnashdi. Hodisada jarohatlanganlar yo‘q. YTHga temiryo‘l kesishmasining nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatildi.
Toshkentdagi Qatortol bozori yonida joylashgan Xalq banki bosh ofisi binosi salkam 120 milliard so‘mga sotildi. Auksionda yagona taklif Oazis Samarkand umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan taqdim etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting