Prezident Buxoroda gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi
31 may 2024, 19:48

Prezident Buxoroda gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi

Prezident tomonidan Buxoro viloyatida uchta yirik obyekt — MTO gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi boshlandi.

Birinchi chorakda gazni subsidiyalash uchun 8,1 trln so‘m yo‘naltirildi. Bu yillik umumiy hajmning 85 foizini tashkil etadi
31 may 2024, 19:20

Birinchi chorakda gazni subsidiyalash uchun 8,1 trln so‘m yo‘naltirildi. Bu yillik umumiy hajmning 85 foizini tashkil etadi

Birinchi chorakda gaz sotib olish va sotish o‘rtasidagi farqni qoplash uchun davlat budjetidan 8,1 trln so‘m subsidiya ajratildi. Bu butun 2024-yil uchun rejalashtirilgan subsidiyalar umumiy hajmining 85 foizini tashkil etadi.

Surxondaryodagi mahalla aholisi stadionning bir qismida bog‘cha qurilayotganidan norozi. Hokimlik hammasi qonuniy ekanini bildirdi
31 may 2024, 17:54

Surxondaryodagi mahalla aholisi stadionning bir qismida bog‘cha qurilayotganidan norozi. Hokimlik hammasi qonuniy ekanini bildirdi

Qumqo‘rg‘on tumani Yangiyer mahallasi aholisi stadion o‘rnida bog‘cha qurilayotganidan shikoyat qildi. Hokimlikning “Gazeta.uz”ga bildirishicha, ishlar qonuniy va 115 sotix stadionning 35 sotixidagina davlat bog‘chasi qurilyapti. Bu mahallada 150 nafar bola bog‘cha ta’limi bilan qamrab olinmagani aytildi.

Majburiy avtosug‘urta tariflarini oshirish taklif etilmoqda
31 may 2024, 17:37

Majburiy avtosug‘urta tariflarini oshirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (OSAGO) bo‘yicha tariflarni oshirish rejalashtirilmoqda. ILMA 2019-yilda tasdiqlangan sug‘urta tarifi miqdorini qayta ko‘rib chiqmoqda. Amaldagi tariflar zararlarni qoplashga yetmayotgani aytildi.

Samarqandda 30 bosh toshbaqa yovvoyi tabiatga qaytarildi
31 may 2024, 16:28

Samarqandda 30 bosh toshbaqa yovvoyi tabiatga qaytarildi

Samarqand shahrida 30 bosh Markaziy Osiyo toshbaqasi bolalari noqonuniy sotuvdan olib qo‘yildi va yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash ishlari ketmoqda.

Yoz quruq va juda iliq havo bilan boshlanadi
31 may 2024, 16:13

Yoz quruq va juda iliq havo bilan boshlanadi

O‘zbekistonda yoz fasli quruq va juda iliq ob-havo bilan boshlanadi. Shanba, yakshanba kunlari harorat kechalari 14−19 daraja iliq, kunduzi 31−34 daraja issiq bo‘ladi.

Jahongir Azimov: “O‘sha kungi voqealar rivojini to‘liq o‘rganish kerak”
31 may 2024, 15:58

Jahongir Azimov: “O‘sha kungi voqealar rivojini to‘liq o‘rganish kerak”

Mass-media fondi yangi direktori Jahongir Azimov o‘zining Telegram kanalida Muna Mug kompaniyasi rahbari Farrux Hakimovning fotograf Kamil Yenikeyevga qilgan tajovuzkor harakatlariga munosabat bildirdi. U harakatni nomaqbul deb atadi va bu qonun bilan jazolanishi kerakligini ta’kidladi.

Iste’mol limitdan 10 foizdan ko‘proqqa oshsa, biznes gaz va elektr uchun 2 baravarlik tarifda to‘laydi — energetika vaziri
31 may 2024, 15:10

Iste’mol limitdan 10 foizdan ko‘proqqa oshsa, biznes gaz va elektr uchun 2 baravarlik tarifda to‘laydi — energetika vaziri

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslar uchun belgilangan limitning 10 foizidan ortig‘i miqdorida gaz yoki elektr energiyasi iste’moli uchun oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanadi, dedi energetika vaziri. Iste’molchilar energoauditi bo‘yicha ham yangi tartib joriy etiladi.

Karine Agavelyan tojikistonlik va qozog‘istonlik tadbirkor ayollar uchun treninglar o‘tkazdi
31 may 2024, 13:00

Karine Agavelyan tojikistonlik va qozog‘istonlik tadbirkor ayollar uchun treninglar o‘tkazdi

WeFintech dasturi doirasida Uzum Academy rahbari Karine Agavelyan tojikistonlik va qozog‘istonlik tadbirkor ayollar uchun mahorat darsi o‘tkazdi.

Sloveniya Falastinni mustaqil davlat deb tan olishga qaror qildi
31 may 2024, 12:33

Sloveniya Falastinni mustaqil davlat deb tan olishga qaror qildi

Sloveniya hukumati Falastinning mustaqilligi va suverenitetini tan olmoqchi. “Falastinni tan olish ikki davlat va xalqning tinch-totuv yashashi uchun yagona yo‘ldir”, — dedi Sloveniya tashqi ishlar vaziri. Bir necha kun avval Yevropaning uchta davlati ham Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgandi.

Buxoroda jadidlar merosi muzeyi ochiladi
31 may 2024, 11:40

Buxoroda jadidlar merosi muzeyi ochiladi

Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi ochiladi. U Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tizimiga kiritiladi.

Xitoy do‘stlik elchilari bo‘lmish pandalarni AQShga qaytarmoqda
31 may 2024, 11:24

Xitoy do‘stlik elchilari bo‘lmish pandalarni AQShga qaytarmoqda

Xitoy yirik pandalarni Vashington hayvonot bog‘iga qaytaradi — yil oxirigacha u yerga pandalar juftligi yetkaziladi: Bao Li va Sin Bao. AQShning birinchi xonimi buni tarixiy lahza deb atadi. AQSh OAV Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi taranglikni inobatga olib, bu kutilmagan yangilik bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Hakamlar hay’ati Trampni noqonuniy to‘lovlar bo‘yicha aybdor deb topdi
31 may 2024, 10:48

Hakamlar hay’ati Trampni noqonuniy to‘lovlar bo‘yicha aybdor deb topdi

Nyu-York hakamlar hay’ati Donald Trampni pornoaktrisaga to‘langan pulni yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topdi. Shu tariqa, u jinoiy ishda aybdor deb topilgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. Hukm 11-iyul kuni e’lon qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga boradi
31 may 2024, 10:04

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga boradi

Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga boradi. Tashrifda loyihalar bilan tanishish, yangi obyektlarni ishga tushirish va viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish reja qilinmoqda.

Tariflar oshirilgach, elektr va gaz iste’moli kamaydi — energetika vaziri
31 may 2024, 09:43

Tariflar oshirilgach, elektr va gaz iste’moli kamaydi — energetika vaziri

Tariflar oshirilganidan so‘ng may oyida O‘zbekistonda 2023-yilning shu davriga nisbatan elektr iste’moli 324 mln kVt/soatga, gazniki 125 mln kub metrga kamaydi, dedi energetika vaziri. Uning aytishicha, abonentlar va korxonalar soni ko‘payishi bilan iste’molning kamayishi energiya tejamkorligidan dalolatdir.

1-iyundan Toshkent shahri va viloyatida tezkor murojaatlar uchun 112 raqami ishga tushadi
31 may 2024, 00:04

1-iyundan Toshkent shahri va viloyatida tezkor murojaatlar uchun 112 raqami ishga tushadi

112 yagona dispetcherlik xizmati 1-iyundan boshlab Toshkent shahri va viloyatida, keyinchalik bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ishga tushiriladi. Bu raqam favqulodda vaziyatlar vaqtida shoshilinch yordam olishga mo‘ljallangan bo‘lib, AQShdagi 911 xizmatining analogi hisoblanadi.

Iqlim inqirozi sabab 2023-yilda bir oylik anomal issiqlik kuzatildi — tadqiqot
30 may 2024, 23:30

Iqlim inqirozi sabab 2023-yilda bir oylik anomal issiqlik kuzatildi — tadqiqot

Dunyo aholisining deyarli 80 foizi 2023-yilda kamida 31 kun davomida anomal issiqlikni boshdan kechirdi. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, antropogen omillar ta’sirida yuzaga kelgan iqlim inqirozi bo‘lmaganda, bu kunlar ancha kam bo‘lar edi.

O‘zbekistonda ICESCO mintaqaviy vakolatxonasini ochilishi rejalashtirilmoqda
30 may 2024, 22:10

O‘zbekistonda ICESCO mintaqaviy vakolatxonasini ochilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin. Qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha tajriba almashish, arab tili o‘qituvchilarini tayyorlash ham ko‘zda tutilgan. Prezident tashkilot bosh direktori bilan shu masalalarni muhokama qildi.

AQSh va Ukraina xavfsizlik shartnomasini imzolashga yaqin — FT
30 may 2024, 21:51

AQSh va Ukraina xavfsizlik shartnomasini imzolashga yaqin — FT

AQSh va Ukraina iyun oyida Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti doirasida xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolashi kutilmoqda. Bu Kiyevning NATO davlatlari bilan tuzgan ikki tomonlama kelishuvlari ichida eng muhimiga aylanadi, deb yozmoqda Financial Times.

O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 35 mlrd dollarga yetdi
30 may 2024, 21:18

O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 35 mlrd dollarga yetdi

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bir yil davomida 5,7 mlrd dollarga o‘sib (reja qilingan 2,9 mlrd dollar o‘rniga), 34,9 mlrd dollarga yetdi. Olti yil ichida qarz 3 baravar oshdi. O‘tgan yili davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari keskin ortdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting