Jizzax viloyati Zarbdor tumanida “KamAZ” haydovchisi do‘kon yonida turgan Spark mashinasining orqasiga kelib urgan. Oqibatda mashinaga ham, do‘konga ham jiddiy zarar yetgan. Holat viloyat IIB tomonidan o‘rganilmoqda.
Prezident farmoni bilan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. U imtiyozlarning iqtisodiyotga va sog‘lom raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilib, takliflar tayyorlashi kerak.
Poytaxtdagi turli sayyohlik firmalari xodimlari fuqarolarni soxta hujjatlar orqali Haj safariga yuborish evaziga ulardan pul olgan vaqtda ushlandi. Qo‘qon shahrida kuzatilgan ikkita holatda ham bunday xizmat uchun fuqarolardan 6000 dollardan so‘ralgani aniqlandi.
Uzum Market milliy marketpleysi mijozlarga buyurtmalarni UzPost bo‘limlaridan olish imkoniyatini taqdim qildi. Bugungi kunda xizmat Toshkent va Samarqand shaharlarida mavjud.
Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga plastik butilkalardan tortib go‘nggacha bo‘lgan turli xil axlatlarga to‘ldirilgan 200 dan ortiq sharni uchirdi. KXDR buni janubiy koreyalik faollar tomonidan Pxenyanga qarshi qaratilgan varaqalarga javob deya atadi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Monza va Nexia-1 avtomobillari to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi jarohat oldi.
Gruziya parlamenti mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilining “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi rezonansli qonunga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tdi. Hukmron partiya ommaviy noroziliklarga qaramay, hujjatni qabul qildi. Yevropa Ittifoqi bundan “chuqur afsusdaligini” bildirdi.
Tailand 1-iyundan mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar sonini 57 dan 93 taga oshirmoqda, ular orasida O‘zbekiston ham bor. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning qolish muddati 60 kungacha uzaytirilmoqda.
O‘zbekistonda 14-sentabr — 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptasi bor muxlislar temiryo‘ldan 50 foizli chegirma bilan foydalanadi. Shuningdek, ular uchun jamoat transportidan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Xorazm viloyatida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari narxi oshirildi. Endilikda Urganch shahri va Urganch tumani aholisi xizmat uchun bir oyda 5880 so‘m, Xiva shahri va viloyatning boshqa tumanlari aholisi esa 4592 so‘m to‘laydi.
Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi olib kelindi. Ular 7−10 kun sinovdan o‘tkazilgach, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida harakatga chiqariladi. Bungacha shunday poyezdlardan 5 tasi keltirilgandi.
Jizzax viloyati G‘allorol tumanida Nexia-2 mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi, oqibatda uning ichidagi 4 kishi voqea joyida halok bo‘ldi.
Isroil tanklari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahri markaziga kirib bordi, shahar bo‘ylab havo hujumlari ham uyushtirilmoqda. BMT Xalqaro sudi mamlakatga hujumni zudlik bilan to‘xtatishni buyurganiga qaramay, Isroil Rafahdagi harbiy amaliyotini davom ettirmoqda.
Dunyoga mashhur katta kompaniya, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining hamkori bo‘lgan Procter & Gamble O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari muzokaralar hamda hududlar kengashi yig‘ilishidan so‘ng tonggi soat uchgacha muloqotni davom ettirdi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov. Kreml vakili Dmitriy Peskov Shavkat Mirziyoyev rossiyalik hamkasbini uyiga taklif qilganini bildirdi.
O‘zbekistonda iyun oyining birinchi besh kunligi yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda. Oy davomida harorat kunduzi +28…+40, kechalari +14…+20 daraja atrofida bo‘ladi. Sinoptiklarga ko‘ra, oyning ikkinchi o‘n kunligida qisqa muddatli yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli katta.
Yaponiyaning Kobe shahrida o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar tarixiy natija qayd etdi. 7 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 13 ta medal olgan jamoa Xitoy va Braziliyadan so‘ng 3-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiya a’zolari Uzun tumanida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlarini topdi. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, topilmalar miloddan avvalgi II — milodiy III asrlarga tegishli ekani aytilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kun tartibida O‘zbekiston ko‘llarida quvvati 1 GVt bo‘lgan gidro to‘plash elektr stansiyalarini (GTES) qurish bo‘yicha ikkita yirik loyiha turganini ma’lum qildi.
2025-yilda Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazi yetkazib berish hajmini 11 mlrd kub metrgacha oshirish rejalashtirilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentda. Rossiya energetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, nafaqat gaz, balki elektr yetkazib berish masalasi ham muhokama qilinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting