Namangandagi jazoni ijro etish muassasasida giyohvand moddalar savdosi sabab qamalgan 24 yoshli mahkum o‘zini osib, vafot etdi. Marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligini aytdi, Bosh prokuratura esa ma’lumotni rad etmoqda.
Markaziy bank e’lon qiladigan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket besh savdo kunidirki, pasaymoqda. 24-maydan buyon milliy valyuta qariyb 84 so‘mga mustahkamlanib, 12 640 so‘mni tashkil qildi.
2022-yilning may oyida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi 100 foiz davlat ulushi Saneg kompaniyasiga 100 mln dollarga sotilgani xabar qilingan edi. Ammo hozirda 58,5 foiz ulush davlat hisobida saqlanib qolmoqda. Davaktiv buni investor ko‘chmas mulk uchun mablag‘ni hali to‘liq to‘lamagani bilan izohladi.
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i 1-iyun kuni plyajiga 10 mingta o‘yinchoq o‘rdak tushirmoqchi. Ekologiya vazirligi bu kabi holatlar javobgarlikka sabab bo‘lishini bildirib, yangilikni “keskin qoraladi”.
Oxirgi 5 yilda Rossiya rublining O‘zbekiston eksportdagi ulushi 0,8 foizdan 5,3 foizgacha, importdagi ulushi esa 4,2 foizdan 7,6 foizgacha oshdi. 2023-yilda eksportning 79,5 foizi dollarda, 9,9 foizi yevroda amalga oshirilgan. So‘mdagi eksport va import ulushi mos ravishda 0,2 va 0,3 foizni tashkil etdi.
O‘zbekiston va YXHT DIIHB mamlakatning 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini kuzatish zaruriyatini baholashni boshladi. Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari YXHT DIIHB tavsiyalarini saylov qonunchiligi va amaliyotiga tatbiq etish choralari ishlab chiqilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Jizzax viloyati Zarbdor tumanida “KamAZ” haydovchisi do‘kon yonida turgan Spark mashinasining orqasiga kelib urgan. Oqibatda mashinaga ham, do‘konga ham jiddiy zarar yetgan. Holat viloyat IIB tomonidan o‘rganilmoqda.
Prezident farmoni bilan subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni maqbullashtirish hamda ularning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi. U imtiyozlarning iqtisodiyotga va sog‘lom raqobat muhitiga ta’sirini tahlil qilib, takliflar tayyorlashi kerak.
Poytaxtdagi turli sayyohlik firmalari xodimlari fuqarolarni soxta hujjatlar orqali Haj safariga yuborish evaziga ulardan pul olgan vaqtda ushlandi. Qo‘qon shahrida kuzatilgan ikkita holatda ham bunday xizmat uchun fuqarolardan 6000 dollardan so‘ralgani aniqlandi.
Uzum Market milliy marketpleysi mijozlarga buyurtmalarni UzPost bo‘limlaridan olish imkoniyatini taqdim qildi. Bugungi kunda xizmat Toshkent va Samarqand shaharlarida mavjud.
Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga plastik butilkalardan tortib go‘nggacha bo‘lgan turli xil axlatlarga to‘ldirilgan 200 dan ortiq sharni uchirdi. KXDR buni janubiy koreyalik faollar tomonidan Pxenyanga qarshi qaratilgan varaqalarga javob deya atadi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Monza va Nexia-1 avtomobillari to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi jarohat oldi.
Gruziya parlamenti mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilining “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi rezonansli qonunga qo‘ygan vetosini chetlab o‘tdi. Hukmron partiya ommaviy noroziliklarga qaramay, hujjatni qabul qildi. Yevropa Ittifoqi bundan “chuqur afsusdaligini” bildirdi.
Tailand 1-iyundan mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar sonini 57 dan 93 taga oshirmoqda, ular orasida O‘zbekiston ham bor. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning qolish muddati 60 kungacha uzaytirilmoqda.
O‘zbekistonda 14-sentabr — 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptasi bor muxlislar temiryo‘ldan 50 foizli chegirma bilan foydalanadi. Shuningdek, ular uchun jamoat transportidan bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Xorazm viloyatida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari narxi oshirildi. Endilikda Urganch shahri va Urganch tumani aholisi xizmat uchun bir oyda 5880 so‘m, Xiva shahri va viloyatning boshqa tumanlari aholisi esa 4592 so‘m to‘laydi.
Toshkent metrosiga to‘rt vagonli 3 ta metro poyezdi olib kelindi. Ular 7−10 kun sinovdan o‘tkazilgach, “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida harakatga chiqariladi. Bungacha shunday poyezdlardan 5 tasi keltirilgandi.
Jizzax viloyati G‘allorol tumanida Nexia-2 mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi, oqibatda uning ichidagi 4 kishi voqea joyida halok bo‘ldi.
Isroil tanklari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahri markaziga kirib bordi, shahar bo‘ylab havo hujumlari ham uyushtirilmoqda. BMT Xalqaro sudi mamlakatga hujumni zudlik bilan to‘xtatishni buyurganiga qaramay, Isroil Rafahdagi harbiy amaliyotini davom ettirmoqda.
Dunyoga mashhur katta kompaniya, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining hamkori bo‘lgan Procter & Gamble O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting