Xorazmda “shikoyatchi fuqarolar” ro‘yxati tuzildi — OAV
30 may 2024, 19:11

Xorazmda “shikoyatchi fuqarolar” ro‘yxati tuzildi — OAV

Xorazm viloyatida “shikoyatchilar” ro‘yxatlari shakllantirilib, unga “ariza tashkillashtirishni odat qilib olgan va norozi kayfiyatni kuchaytirishga harakat qiladigan” 44 nafar fuqaro kiritildi, deb yozdi Kun.uz. Bunday ro‘yxatlar qonunchilikka zid va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Toshkentdagi sobiq MXX binosidagi daraxtlarni ko‘chirishga mas’ul kompaniya rahbari fotografga to‘sqinlik qilib, energetik ichimlik sepdi
30 may 2024, 18:43

Toshkentdagi sobiq MXX binosidagi daraxtlarni ko‘chirishga mas’ul kompaniya rahbari fotografga to‘sqinlik qilib, energetik ichimlik sepdi

Ekologiya vazirligi sobiq MXX binosi hududidagi eman daraxtlarini Ulug‘bek qishlog‘iga ko‘chirishga ruxsat bermagan (bunday tartib yo‘q). Jarayonga mas’ul kompaniya rahbari ko‘chirilgan daraxtlarni suratga olmoqchi bo‘lgan fotografga to‘sqinlik qildi. U o‘zini agressiv tutib, fotografga energetik ichimlik sepdi.

Jahongir Azimov Mass-media fondi direktori bo‘ldi
30 may 2024, 17:25

Jahongir Azimov Mass-media fondi direktori bo‘ldi

Jahongir Azimov Milliy mass-media fondi direktori etib tayinlandi. U avval “Dunyo” axborot agentligi va “Gazeta.uz” nashrida ishlagan hamda Toshkentdagi Vebster universitetida dars bergan. Akramjon Fozilov mazkur fondning vasiylik kengashi raisi bo‘ldi.

YUNISEF Qashqadaryoga kislorod uskunalarining birinchi partiyasini yetkazib berdi
30 may 2024, 15:14

YUNISEF Qashqadaryoga kislorod uskunalarining birinchi partiyasini yetkazib berdi

YUNISEF Qashqadaryo viloyatiga 150 ming ona-bolaga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun kislorod uskunalarining birinchi partiyasini yetkazdi. Ular yordamida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko‘rsatkichlari oshishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston 2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘lmoqchi
30 may 2024, 13:38

O‘zbekiston 2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘lmoqchi

“O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha o‘z majburiyatlarida sobit, bunga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. JSTning rasmiyga tayanib bildirishicha, O‘zbekiston 2026-yilgacha tashkilotga a’zo bo‘lishni reja qilmoqda.

DXX Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan 78 kg giyohvandlik vositasini musodara qildi (video)
30 may 2024, 12:47

DXX Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingan 78 kg giyohvandlik vositasini musodara qildi (video)

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida jami 78 kg giyohvandlik vositalarini musodara qildi. Giyohvand moddalar Tojikiston va Afg‘onistondan olib kelingani aniqlandi. Video.

Issiqlik quvurini almashtirish ishlari tufayli Sergelidagi ayrim yo‘llar kamida bir oyga yopildi
30 may 2024, 11:40

Issiqlik quvurini almashtirish ishlari tufayli Sergelidagi ayrim yo‘llar kamida bir oyga yopildi

Toshkent shahri Sergeli tumanida uzunligi 510 metr bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurini yangilash ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan hududdagi ayrim yo‘llarda transport harakati kamida bir oyga cheklandi (xarita).

Prezident Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
30 may 2024, 10:56

Prezident Soliq kodeksining 227−1-moddasi bo‘yicha jarimani 98 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident Soliq kodeksining 227−1-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu modda bo‘yicha jarima choraklik sof tushumning 100 foizidan 2 foizigacha kamayadi.

Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi
30 may 2024, 10:06 1

Yangi o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi

2024−2025 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyunda boshlanib, 25-iyunga qadar davom etadi. Davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Toshkent viloyatida 6 kg sintetik narkotik modda aylanmasiga chek qo‘yildi (video)
30 may 2024, 09:34

Toshkent viloyatida 6 kg sintetik narkotik modda aylanmasiga chek qo‘yildi (video)

Bo‘stonliq tumanida avtomobil ehtiyot qismi ichidan taxminiy narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan 6 kg sintetik giyohvandlik vositasi topildi. Moddalar Telegram bot yordamida Qirg‘izistondan yetkazib berilgani aniqlandi.

“Asakabank” 2024-yilda tadbirkorlikni rivojlantirishga 2,1 mlrd dollar, BRB esa 1,5 mlrd dollar jalb qilmoqchi
30 may 2024, 09:28

“Asakabank” 2024-yilda tadbirkorlikni rivojlantirishga 2,1 mlrd dollar, BRB esa 1,5 mlrd dollar jalb qilmoqchi

“Asakabank” biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yilda 2,1 mlrd dollar jalb qilishni, “Biznesni rivojlantirish banki” esa investitsiya loyihalariga 1,5 mlrd dollar ajratishni reja qilmoqda. Bank faqat kredit beradigan markaz emas, zamonaviy investitsiya-tijorat tuzilmasi bo‘lishi kerak, dedi prezident.

IT`dagi qizlar: Toshkentdagi Women in Tech Talks uchrashuvlari qanday o‘tmoqda?
30 may 2024, 09:00

IT`dagi qizlar: Toshkentdagi Women in Tech Talks uchrashuvlari qanday o‘tmoqda?

Qizlarga texnologiya sohasida o‘z yo‘lini topishga yordam berish Women in Tech Tashkent jamiyatining asosiy maqsadidir.

Uchta davlat bankining Tashkent City`dagi ko‘p qavatli biznes markazlari sotiladi
30 may 2024, 00:09

Uchta davlat bankining Tashkent City`dagi ko‘p qavatli biznes markazlari sotiladi

Davaktivga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB), “Asakabank” va “Aloqabank"ning Tashkent City`dagi yangi binolari investorlarga sotiladi. Banklar ushbu “premium toifa"dagi loyihalarga kamida 339 mln dollar mablag‘ kiritgan. SQB filiallaridan biri o‘rnida 21 qavatli bino qurmoqchiligini ma’lum qilgandi.

Sirdaryoda mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchi qamoqqa olindi (+video)
29 may 2024, 23:41

Sirdaryoda mashinasini qasddan odamlar ustiga haydab borgan haydovchi qamoqqa olindi (+video)

Sirdaryoda Captiva haydovchisi mashinasini qasddan bir guruh odamlar orasida keskin boshqarib, ularni bosib ketishga harakat qildi. IIB unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

“Nasaf” O‘zbekiston Superkubogi g‘olibiga aylandi (+video)
29 may 2024, 22:58

“Nasaf” O‘zbekiston Superkubogi g‘olibiga aylandi (+video)

Qarshining “Nasaf” klubi poytaxtning “Paxtakor"ini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, uch karra O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi (video, foto).

Toshkentda avtobus va teplovoz to‘qnashdi
29 may 2024, 22:22

Toshkentda avtobus va teplovoz to‘qnashdi

Toshkent shahri Sergeli tumanida King Long avtobusi teplovoz bilan to‘qnashdi. Hodisada jarohatlanganlar yo‘q. YTHga temiryo‘l kesishmasining nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatildi.

Xalq bankining Qatortol bozori yonidagi bosh ofisi salkam 120 mlrd so‘mga sotildi
29 may 2024, 21:41

Xalq bankining Qatortol bozori yonidagi bosh ofisi salkam 120 mlrd so‘mga sotildi

Toshkentdagi Qatortol bozori yonida joylashgan Xalq banki bosh ofisi binosi salkam 120 milliard so‘mga sotildi. Auksionda yagona taklif Oazis Samarkand umumiy ovqatlanish korxonasi tomonidan taqdim etildi.

Namangandagi qamoqxonada mahkum o‘z joniga qasd qildi
29 may 2024, 21:03

Namangandagi qamoqxonada mahkum o‘z joniga qasd qildi

Namangandagi jazoni ijro etish muassasasida giyohvand moddalar savdosi sabab qamalgan 24 yoshli mahkum o‘zini osib, vafot etdi. Marhumning onasi o‘g‘lining tanasida qiynoq izlari borligini aytdi, Bosh prokuratura esa ma’lumotni rad etmoqda.

So‘m dollarga nisbatan ketma-ket beshinchi sessiyada mustahkamlanib bormoqda
29 may 2024, 20:44

So‘m dollarga nisbatan ketma-ket beshinchi sessiyada mustahkamlanib bormoqda

Markaziy bank e’lon qiladigan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket besh savdo kunidirki, pasaymoqda. 24-maydan buyon milliy valyuta qariyb 84 so‘mga mustahkamlanib, 12 640 so‘mni tashkil qildi.

Investor Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi uchun hali pul to‘lamagan — Davaktiv
29 may 2024, 20:07

Investor Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi uchun hali pul to‘lamagan — Davaktiv

2022-yilning may oyida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidagi 100 foiz davlat ulushi Saneg kompaniyasiga 100 mln dollarga sotilgani xabar qilingan edi. Ammo hozirda 58,5 foiz ulush davlat hisobida saqlanib qolmoqda. Davaktiv buni investor ko‘chmas mulk uchun mablag‘ni hali to‘liq to‘lamagani bilan izohladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting