Janubiy Koreya prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
7 iyun 2024, 14:33

Janubiy Koreya prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol keyingi haftada davlat tashrifi bilan O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmanistonga keladi. Tashriflar 10−15-iyun oralig‘ida bo‘lib o‘tadi va Koreya yetakchisiga mamlakat birinchi xonimi hamrohlik qiladi.

Qashqadaryoda 350 ming xonadonning chiqindidan asossiz qarzdorligi bo‘yicha to‘lovlari qayta hisoblandi
7 iyun 2024, 13:20

Qashqadaryoda 350 ming xonadonning chiqindidan asossiz qarzdorligi bo‘yicha to‘lovlari qayta hisoblandi

Qashqadaryoda yilning birinchi choragida 351 mingdan ortiq xonadondan chiqindi tashish bo‘yicha ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 15 mlrd so‘mdan ziyod to‘lov undirildi. Raqobatni riojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining aralashuvi bilan ular qayta hisob-kitob qilindi.

Jizzaxda daladan erkak murdasi topildi
7 iyun 2024, 12:49

Jizzaxda daladan erkak murdasi topildi

Forish tumanida daladan erkak kishining jasadi topildi. Jizzax viloyati IIBning ma’lum qilishicha, u mahalladoshining tosh bilan yetkazgan jarohati oqibatida vafot etgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

DXX to‘rtta hududda pora olishda gumonlanayotgan soliq inspeksiyasi xodimlarini ushladi
7 iyun 2024, 10:59

DXX to‘rtta hududda pora olishda gumonlanayotgan soliq inspeksiyasi xodimlarini ushladi

Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida pora olishda gumonlanayotgan soliq inspeksiyasi xodimlari qo‘lga olindi. Ular bir holatda tekshiruv o‘tkazmaslik uchun 2300 dollar, yana birida foyda solig‘ini kamaytirib berish evaziga 5 ming dollar olayotgan paytda ushlangan.

Dam olish kunlari havo 39 darajagacha isiydi
7 iyun 2024, 10:46

Dam olish kunlari havo 39 darajagacha isiydi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 34−39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi mumkin.

“G‘arb davlatlarining Falastin muammosiga munosabati qattiq xavotirga solmoqda” — Shavkat Mirziyoyev
7 iyun 2024, 10:27

“G‘arb davlatlarining Falastin muammosiga munosabati qattiq xavotirga solmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev G‘arb davlatlarining Falastin fojiasiga munosabati qattiq xavotirga solayotganini ta’kidladi. “Amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilmoqda. Demokratiya va inson huquqlarini keng targ‘ib qilgan davlatlar bu qotilliklarga ko‘z yummoqda”, — dedi prezident.

O‘zbekistonlik para velosportchilar Osiyo chempionatida 1-o‘rinni oldi
7 iyun 2024, 10:14

O‘zbekistonlik para velosportchilar Osiyo chempionatida 1-o‘rinni oldi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tgan para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston 19 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Tailand ikkinchi, mezbonlar esa uchinchi o‘rinni oldi.

JCH-2026 saralash: O‘zbekiston Turkmanistonni yana mag‘lub etdi (video)
7 iyun 2024, 09:52

JCH-2026 saralash: O‘zbekiston Turkmanistonni yana mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCH-2026 saralash turnirining beshinchi turida Turkmaniston terma jamoasini mag‘lub etdi (video, foto, statistika).

Shavkat Mirziyoyev “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirlandi
7 iyun 2024, 08:59

Shavkat Mirziyoyev “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirlandi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni mamlakatning oliy davlat mukofoti — “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirladi.

Rossiya Ukraina energetika tizimining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi — FT
7 iyun 2024, 00:12

Rossiya Ukraina energetika tizimining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi — FT

Rossiya 2022-yilda bosqin boshlanganidan beri Ukraina elektr stansiyalarining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi yoki egalladi va bu orqali mamlakat energiya ishlab chiqarish quvvati 20 GVt dan pastga tushib ketdi, deb yozdi Financial Times.

Qoraqalpog‘istonda tezlikni oshirish oqibatida pastlikka qulagan Cobalt haydovchisi halok bo‘ldi
6 iyun 2024, 23:52

Qoraqalpog‘istonda tezlikni oshirish oqibatida pastlikka qulagan Cobalt haydovchisi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida Cobalt haydovchisi tezlikni oshirish oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi pastlikka quladi. U voqea joyida halok bo‘ldi.

Anqarada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 20 ta hujjat imzolandi
6 iyun 2024, 22:56

Anqarada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 20 ta hujjat imzolandi

Anqara shahridagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakunida prezidentlar Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bundan tashqari, yana 19 ta hujjat imzolandi.

Anqarada O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
6 iyun 2024, 22:40

Anqarada O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Anqarada ikki davlat yetakchi kompaniyalari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Istiqbolli yo‘nalishlar sifatida investitsiyaviy sheriklik va sanoat kooperatsiyasi belgilandi. Yetakchilar kengash yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib turishga kelishib oldi.

Toshkent aholisi Do‘stlik bog‘ini ijaraga berish qarorlarini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi
6 iyun 2024, 21:08

Toshkent aholisi Do‘stlik bog‘ini ijaraga berish qarorlarini bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi

Toshkent aholisi Do‘stlik (Bobur) bog‘ini tadbirkorga ijaraga berish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilishni talab qilib, sudga ariza bilan murojaat qildi. Ariza beruvchilar jamoatchilikka ochiq bo‘lmagan hujjatlarda “aholining huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin”ligidan xavotirda.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 10 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi
6 iyun 2024, 20:17

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 10 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi

Anqarada O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bojxona tariflarini pasaytirish, Istanbulda O‘zbekiston savdo vakolatxonasini ochish bo‘yicha fikr almashdi. Tashrif doirasida 10 mlrd dollarlik yangi investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi.

So‘nggi 12 oy tarixdagi eng issiqlari bo‘ldi
6 iyun 2024, 19:56

So‘nggi 12 oy tarixdagi eng issiqlari bo‘ldi

Oxirgi 12 oy ichida global harorat kuzatuvlar tarixidagi eng yuqorisi bo‘ldi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatlarni shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. “Iqlim jahannamiga olib boradigan yo‘ldan chiqishimiz kerak”, — dedi u.

“Bu tarixiy voqea”. Shavkat Mirziyoyev — Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha bitim imzolangani haqida
6 iyun 2024, 19:48

“Bu tarixiy voqea”. Shavkat Mirziyoyev — Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha bitim imzolangani haqida

Pekinda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. “Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan an’anaviy yaqin va ko‘p qirrali hamkorlik rivojidagi chinakam tarixiy voqeadir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev ishtirokchilarni tabriklab.

O‘zbekiston va Turkiya xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi
6 iyun 2024, 19:04

O‘zbekiston va Turkiya xavfsizlik va mudofaa sohasida hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hukumatlar oldiga tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va raqamlashtirish, xavfsizlik va mudofaa sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.

“Bahodir Yalangto‘sh”ni suratga olishga salkam 30 mlrd so‘m sarflandi — film rejissyori
6 iyun 2024, 18:06

“Bahodir Yalangto‘sh”ni suratga olishga salkam 30 mlrd so‘m sarflandi — film rejissyori

“Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmini suratga olishga 30 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan. Film rejissyori Jahongir Ahmedovning aytishicha, bu pulning teng yarmiga “O‘zbekfilm” paviloniga eng oxirgi texnologiyalar olib kelingan. Kartina to‘laligicha pavilonda suratga olingan.

Anqarada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi
6 iyun 2024, 18:05

Anqarada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi

Turkiya poytaxti Anqarada O‘zbekiston rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘anning tor doiradagi muzokaralari boshlandi. Foto.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting