Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi
23 fevral 2021, 17:40

Uychi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Muhammadzokir Mamatxonov Uychi tumani hokimi etib tayinlandi.

Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi
23 fevral 2021, 17:00

Qonunchilik palatasi spikeriga yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida spikerga raqamli rivojlanish va axborot siyosati masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi. Deputatlar mazkur lavozimga Odiljon Tojiyevni saylashdi. U parlament imidji masalalariga mas’ul bo‘ladi.

Tez yordam mashinasining bitta chaqirig‘iga 150 ming so‘m ketadi — sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari
23 fevral 2021, 16:36

Tez yordam mashinasining bitta chaqirig‘iga 150 ming so‘m ketadi — sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari

O‘zbekistonda tez yordam mashinasining bir xonadonga borib kelishi uchun 150 ming so‘m miqdorida mablag‘ talab etiladi. Murojaatlarning 40 foizi surunkali kasalliklari bor bemorlar tomonidan amalga oshirilishi, chaqiriqlar qanchalik noto‘g‘ri ekanligidan dalolat beradi, deya ta’kidladi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.

Dollarning rasmiy kursi arzonladi
23 fevral 2021, 16:23

Dollarning rasmiy kursi arzonladi

Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga arzonladi va jami 10 542 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz qimmatladi.

Xitoy-o‘zbek vaksinasi parlamentga taqdim etildi
23 fevral 2021, 16:01

Xitoy-o‘zbek vaksinasi parlamentga taqdim etildi

Xitoyning Zhifei Longcom kompaniyasi tomonidan yaratilgan va O‘zbekistonga hammualliflik huquqi berilgan vaksina Oliy Majlisga taqdim etildi. Ma’lum qilinishicha, ushbu vaksinaning xavfsizlik darajasi 99% ni, immunogenlik esa 97% ni tashkil etadi.

«Lotin alifbosiga o‘tishga siyosiy motivlar sabab bo‘lgan» — adliya vaziri maslahatchisi
23 fevral 2021, 15:21

«Lotin alifbosiga o‘tishga siyosiy motivlar sabab bo‘lgan» — adliya vaziri maslahatchisi

Adliya vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, bloger Shahnoza Soatova o‘zbek tili yozuvining lotin alifbosiga o‘tish siyosiy motivlar sababli ro‘y berganini aytdi. «Buni hech kim rad eta olmaydi. Bugun ham o‘sha motivlar turibdi», — dedi u. Bundan tashqari, u lotin alifbosidagi 4 ta harfning o‘zgarishi texnik muammoni hal qilishini va savodga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.

Toshkentda vaksinalarni tashish uchun mo‘ljallangan bir nechta Miniven-Labo avtomobillari to‘qnashdi
23 fevral 2021, 15:05

Toshkentda vaksinalarni tashish uchun mo‘ljallangan bir nechta Miniven-Labo avtomobillari to‘qnashdi

Toshkent shahrida YUNISEF tomonidan vaksinalarni tashish uchun ajratilgan mashinalar YTHga uchradi. 2 ta mashinaga texnik shikast yetgan va ularda vaksina bo‘lmagani ma’lum qilindi.

AQSHda koronavirusdan vafot etgan 500 ming fuqaro xotirasiga bag‘ishlab besh kunlik motam e’lon qilindi
23 fevral 2021, 13:01

AQSHda koronavirusdan vafot etgan 500 ming fuqaro xotirasiga bag‘ishlab besh kunlik motam e’lon qilindi

Jo Bayden AQSHda COVID-19 asoratlaridan vafot etgan 500 ming fuqaro xotirlash munosabati bilan besh kunlik motam e’lon qildi. U amerikaliklarni masofa saqlashga, niqob taqishga, shuningdek, vaksina bilan emlanishga chaqirdi.

Emlanishdan bosh torganlarga hech qanday chora ko‘rilmaydi — bosh vazir o‘rinbosari
23 fevral 2021, 12:57

Emlanishdan bosh torganlarga hech qanday chora ko‘rilmaydi — bosh vazir o‘rinbosari

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadiganlar ro‘yxatida bo‘lgan shaxslar vaksinatsiya jarayonidan voz kechsa, ularga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmaydi. «Faqatgina emlashning afzalligi tushuntiriladi. Lekin emlanish niyatida bo‘lmagan odamga ish faoliyatida hech qanday ta’sir choralari ko‘rilmaydi», — dedi bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.

Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati qayta tashkil qilinadi
23 fevral 2021, 11:59

Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati qayta tashkil qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etildi. Boshqarma mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanib, o‘z vakolatlari doirasida qo‘riqlash xizmatlari uchun tushadigan mablag‘lar hisobiga, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash tamoyili asosida amalga oshiradi.

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan shaxslar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi
23 fevral 2021, 11:34

Koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan shaxslar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanadigan fuqarolar ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi. Bunga bolgerlar, OAV, transport xodimlari, mehnat migrantlari va xorijda tahsil olayotgan talabalar ham ushbu ro‘yxatga kiritilganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar sabab bo‘ldi.

Spotify O‘zbekistonga kirib kelayotganini ma’lum qildi
23 fevral 2021, 10:49

Spotify O‘zbekistonga kirib kelayotganini ma’lum qildi

Spotify musiqiy striming xizmati 85 ta yangi mamlakatga, shu jumladan O‘zbekistonga kirib kelishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida noqonuniy qurilayotgan ob’ektlar aniqlandi
23 fevral 2021, 10:32

Toshkent viloyatida noqonuniy qurilayotgan ob’ektlar aniqlandi

Qurilish vazirligi Toshkent viloyatida turar-joy binolari, savdo majmuasi va bojxona terminalini noqonuniy qurayotgan kompaniyalar to‘g‘risida xabar berdi. Barcha ishlar bo‘yicha materiallar sudga yuborilganiga va ishlab chiquvchilar ma’muriy javobgarlikka tortilganiga qaramay, qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Noqonuniy boyish uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi
23 fevral 2021, 10:25

Noqonuniy boyish uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi

Jinoyat kodeksining yangi tahririda korrupsiyaviy jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Jumladan, davlat xizmatchilarining noqonuniy boyishi to‘g‘risida modda va nomoddiy foyda to‘g‘risida norma paydo bo‘ladi.

Rulda uxlab qolgan haydovchi YTH sodir etdi. 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi
23 fevral 2021, 10:17

Rulda uxlab qolgan haydovchi YTH sodir etdi. 2 nafar fuqaro halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida «MAN Trailer» avtomashinasi haydovchisi uxlab qolib, bir yo‘nalishda harakatlanayotgan «Nexia-2» bilan to‘qnashadi. YTH oqibatida 2 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Yana biri tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

DSQ qariyb 500 mlrd so‘mlik «soxta» operatsiyalarni aniqladi
22 fevral 2021, 23:38

DSQ qariyb 500 mlrd so‘mlik «soxta» operatsiyalarni aniqladi

«Naqdlashtiruvchi firmalar» bilan vaziyatni o‘rganish doirasida soliq organlari mamlakat bo‘ylab 2534 ta korxonada kameral tekshiruvlarini o‘tkazdi. Natijada 2238 ta korxonada 498,9 mlrd so‘m miqdoridagi «soxta» operatsiyalar aniqlandi.

O‘zbekiston 2022 yilgi U-23 Osiyo kubogi mezbonligini qo‘lga kiritdi
22 fevral 2021, 21:40

O‘zbekiston 2022 yilgi U-23 Osiyo kubogi mezbonligini qo‘lga kiritdi

2022 yilda O‘zbekistonda U-23 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Avval bu musobaqani Xitoy o‘tkazishi kerak edi, ammo turli muammolarga ko‘ra bundan voz kechdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 fevral 2021, 21:27

Jahon yangiliklari dayjesti

Yaponiya bosh vazirining o‘g‘li rasmiylar bilan ovqatlangani uchun kechirim so‘ragani, Boeing’ning aviakompaniyalarga 777 laynerida parvozlarni to‘xtatib qo‘yishni maslahat bergani, AQSHda koronavirusdan vafot etganlar soni 500 mingdan oshgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports`ga yangi rahbarlar tayinlandi
22 fevral 2021, 19:22

Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports`ga yangi rahbarlar tayinlandi

Uzbekistan Airways kompaniyasiga transport vaziri Ilhom Mahkamov rahbarlik qiladi. Uzbekistan Airports kompaniyasi boshqaruv raisligiga esa Ra’no Jo‘rayeva tayinlandi. U bunga qadar turli yillarda S7 Space hamda «Roskosmos»ning Yer usti kosmik infratuzilmasi ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish markazini boshqargan.

JSST COVID-19' dan tuzalganlarga ham vaksina bilan emlanishni tavsiya qildi
22 fevral 2021, 19:14

JSST COVID-19' dan tuzalganlarga ham vaksina bilan emlanishni tavsiya qildi

JSST koronavirus bilan kasallanib, uni yengib o‘tganlarga ham vaksina bilan emlanishni tavsiya qildi. Ta’kidlanishicha, bemor agar ushbu virus bilan oldin to‘qnash kelgan bo‘lsa, vaqsina immun tizimi javobini yanada kuchaytiradi. Shuningdek ta’kidlanishicha, hatto emlangandan so‘ng ham ehtiyot choralariga amal qilishda davom etish lozim.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting