Turkiyadagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 66 taga yetdi
21 yanvar 2025, 18:42

Turkiyadagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 66 taga yetdi

Turkiyada tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada chiqqan yong‘in qurbonlari soni 66 taga yetdi, 51 kishi jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. Tergov doirasida 4 kishi, jumladan, biznes egasi ham qo‘lga olingan.

Sotuvchilar tovarni yetkazib berish muddatidan kechiktirgani uchun penya to‘lashi mumkin
21 yanvar 2025, 18:08

Sotuvchilar tovarni yetkazib berish muddatidan kechiktirgani uchun penya to‘lashi mumkin

Tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermagani uchun sotuvchilarga penya joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi. “Milliy tiklanish” fraksiyasi a’zosi bu me’yor elektr, gaz va suv ta’minotidagi uzilishlarga ham tatbiq etiladimi, deya so‘radi.

Buxoroda saksovul kesib, uni olib qochib ketayotganlar inspektorlar mashinasiga zarar yetkazdi
21 yanvar 2025, 17:43

Buxoroda saksovul kesib, uni olib qochib ketayotganlar inspektorlar mashinasiga zarar yetkazdi

Olot tumanida noqonuniy saksovul kesib, olib qochmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Ta’qib qilish vaqtida ular inspektorlarning mashinasiga qasddan shikast yetkazgan. Sud ularga 41,6 mln so‘m jarima jazosi tayinladi. Mashinaga yetkazilgan zarar ham qoplandi.

Milliy gvardiya xodimlari fuqarolarga o‘zini tanishtirishi majburiy bo‘lishi belgilanmoqda
21 yanvar 2025, 17:22

Milliy gvardiya xodimlari fuqarolarga o‘zini tanishtirishi majburiy bo‘lishi belgilanmoqda

Deputatlar birinchi o‘qishda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari fuqaroga murojaat qilganda o‘zini tanishtirishi, shuningdek, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi shartligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif qildi
21 yanvar 2025, 16:54

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif qildi

O‘zbekiston prezidenti Donald Trampni AQSh prezidenti lavozimga kirishgani bilan tabriklab, maktub yo‘lladi. Maktubda Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Turkiyadagi tog‘-chang‘i kurorti mehmonxonasida chiqqan yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi
21 yanvar 2025, 16:41

Turkiyadagi tog‘-chang‘i kurorti mehmonxonasida chiqqan yong‘inda 10 kishi halok bo‘ldi

Turkiyadagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida mehmonxonada yong‘in chiqishi oqibatda 10 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohatlandi. Hodisa vaqtida binoda 234 nafar mehmon bo‘lgan. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.

1-martdan aholini kasb-hunarga o‘qitishni onlayn nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
21 yanvar 2025, 15:58

1-martdan aholini kasb-hunarga o‘qitishni onlayn nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida 2025-yil 1-martdan aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash jarayonlarini raqamli nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 1-apreldan esa 12 ta yangi kasb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Toshkentdagi “Yangi Qo‘yliq” bozorida kartoshka oy boshidan buyon 37−85 foizga qimmatladi. Vazirlik izoh berdi
21 yanvar 2025, 15:42

Toshkentdagi “Yangi Qo‘yliq” bozorida kartoshka oy boshidan buyon 37−85 foizga qimmatladi. Vazirlik izoh berdi

3−21-yanvar kunlari Toshkentdagi “Yangi Qo‘yliq” (Food City) bozorida kartoshka 37−85 foizga qimmatladi. Narxlarning oshishi Qozog‘istonning ushbu mahsulot eksportini taqiqlashi fonida ro‘y bermoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi zarur kartoshka zaxirasi shakllantirilib, ichki bozorga chiqarilayotganini ma’lum qildi.

Sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash tartibi belgilandi
21 yanvar 2025, 15:19

Sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash tartibi belgilandi

Adliya vazirligida sug‘urtalovchilar reytingini aniqlash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mazkur sohada vakolatli davlat organi etib belgilandi.

O‘zbekistonda daraxtlar ekkan ayrim fuqarolarga subsidiya beriladi
21 yanvar 2025, 14:53

O‘zbekistonda daraxtlar ekkan ayrim fuqarolarga subsidiya beriladi

O‘zbekistonda 1-iyuldan “Ekofaol fuqaro” platformasiga o‘zi ekkan daraxti to‘g‘risida ma’lumotlar kiritgan kambag‘al oilalar a’zolariga o‘rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi
21 yanvar 2025, 12:28

Shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish majburiy bo‘ladi

Qonunchilik palatasi deputatlari jinoyat ishini yuritish chog‘ida shaxsni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Unga ko‘ra, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining o‘zida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.

Kambag‘al oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratiladi
21 yanvar 2025, 11:57

Kambag‘al oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun subsidiya ajratiladi

Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun BHMning 10 baravarigacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi
21 yanvar 2025, 11:42

Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy etiladi

Samarqand viloyati va Toshkent shahrida 2025-yil 1-fevraldan sinov tariqasida kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi. Loyiha 1-maygacha butun respublika bo‘ylab tatbiq etilishi rejalashtirilgan.

Toshkent aeroportida ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi (video)
21 yanvar 2025, 11:37

Toshkent aeroportida ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi (video)

Toshkent xalqaro aeroportida ikki qizni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi. U 21 yoshli qizlarni aldab, katta pul topishga ishontirgan.

“Biz dunyoning eng yaxshi murabbiyini tanladik”. Abduqodir Husanovning agenti “Manchester Siti”ga o‘tish haqida
21 yanvar 2025, 11:34

“Biz dunyoning eng yaxshi murabbiyini tanladik”. Abduqodir Husanovning agenti “Manchester Siti"ga o‘tish haqida

Futbol agenti G‘ayrat Xasbiullin “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida Abduqodir Husanovga “Manchester Siti"ga o‘tishdan oldin ko‘plab klublar, jumladan, Angliyaning 12 jamoasi qiziqish bildirganini aytdi. U futbolchi nima uchun “Siti"ni tanlagani va uning rivojlanishiga kim hissa qo‘shgani haqida gapirib berdi.

Farg‘onada mast haydovchi boshqaruvidagi Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etdi
21 yanvar 2025, 11:20

Farg‘onada mast haydovchi boshqaruvidagi Damas urib yuborgan ikki kishi vafot etdi

Toshloq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan mast Damas haydovchisi velosipedda ketayotgan fuqaro va 5 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda 71 yoshli erkak voqea joyida, bola esa shifoxonada vafot etdi.

Artel Technical School o‘quvchisi Ostonada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
21 yanvar 2025, 11:00

Artel Technical School o‘quvchisi Ostonada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi

13−17-yanvar kunlari Ostona shahrida ta’lim sohasidagi muhim tadbirlardan biri — XXI Xalqaro Jautikov olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Xitoy, Turkiya kabi 20 ta davlatdan 700 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Namangan va Samarqandda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
21 yanvar 2025, 10:35

Namangan va Samarqandda 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Toyloq tumanida fuqaro o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish orqali 1,3 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qildi. Namangan shahrida esa fuqaro novvoyxonasini gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab, 362 mln so‘mlik zarar yetkazdi.

Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ravishda baliq ovlaganlar tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazdi
21 yanvar 2025, 10:27

Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ravishda baliq ovlaganlar tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazdi

Jizzax viloyatidagi Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ravishda 145 kilogramm baliq ovlagan ikki shaxs tabiatga 487 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.

“Amerikaning oltin asri hozirning o‘zidayoq boshlanadi”. Tramp inauguratsiyada nimalar dedi?
21 yanvar 2025, 03:07

“Amerikaning oltin asri hozirning o‘zidayoq boshlanadi”. Tramp inauguratsiyada nimalar dedi?

Prezidentlikka kirishgan Donald Tramp “Amerikaning oltin asri” boshlanganini ta’kidladi, avvalgi hukumatni tanqid qildi, inflyatsiyani yengishga, “so‘z erkinligi va qonunni qaytarishga”, “tinchlikparvar va birlashtiruvchi meros” qoldirishga, faqat ikki: erkak va ayol jinsini mustahkamlashga va’da berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting