Toshkent shahrida 21-aprel kuni ikkita marafon o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi.
“Gazeta.uz” oshirilgan tariflar bo‘yicha gaz va elektr energiyasi xarajatlari qanday o‘zgarishini hisoblab chiqdi. Shuningdek, hukumat qanday cheklovlarni ko‘rib chiqayotgani, limit doirasida ishlatilmagan svet va gazni jamg‘arish hamda eski tariflar bo‘yicha oldindan to‘lov qilish mumkin yoki yo‘qligini bilib oldi.
Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanali qirg‘oqbo‘yi hududida sayilgoh tashkil etish va obodonlashtirish ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov daraxtlar kesilishining oldini olish maqsadida loyihaga tuzatishlar kiritish topshirig‘ini berdi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Dushanbedagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida ikki davlat san’at ustalari ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsertini birgalikda tomosha qildi. Foto va video.
Qirg‘izistonda soat 20:15 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezildi (2 ball).
Toshkentning Yunusobod tumanida 16-aprelga o‘tar kechasi niqob taqqan noma’lum shaxslar 1 tup safora daraxtini ekskavator yordamida qo‘porib olib, voqea joyidan qochib ketgan edi. Bosh prokuratura ularning shaxsiga aniqlik kiritilganini ma’lum qildi.
Bo‘stonliq tumanida 29 yoshli ayol va uning 7,5 oylik homilasi antibiotik in’eksiya qabuli ortidan nobud bo‘lgani aytilmoqda. Marhumaning eri ayoliga ruxsat etilmagan allergiya beruvchi dori yozib berilganini ta’kidladi. U “ayolning sog‘lig‘iga bee’tibor bo‘lganlarga” qonuniy chora ko‘rishni so‘ramoqda.
Prezident Tojikiston bilan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani haqida shunday dedi: “Bu qadam bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga qat’iy intilishimizni tasdiqladik”.
Optimo kompaniyasi kichik va o‘rta biznes uchun 14 kun davomida Optimo dasturi bilan bepul foydalanishni taklif qilmoqda. Do‘konlar uchun dastur biznesni boshqarishda yaxshi yordamchi bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari muzokaralar yakunida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi doirasida jami 28 ta hujjat imzolandi.
Emomali Rahmonning farmoni bilan Ozodbek Nazarbekov, Munojatxon Yo‘lchiyeva, Og‘abek Sobirov va Yulduz Usmonovaga “Tojikiston xalq hofizi”, Yodgor Sadiyevga esa “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni berildi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor hamda kengaytirilgan doirada uchrashib, hukumatlar oldiga tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Transport va tranzit tashish sohasidagi hamkorlik strategik yo‘nalish sifatida ko‘rildi.
Toyloq tumanidagi “Darg‘om” kanalidan 4 yoshli qiz va 1 yoshli bolaning jasadi topildi. Bir kun avval fuqaro IIBga murojaat qilib, 24 yoshli kelini o‘g‘li va qizi bilan uydan noma’lum tomonga chiqib ketganini ma’lum qilgan. Hozirda ayolni izlab topish choralari ko‘rilmoqda.
Prezidentga 2024-yilgi xususiylashtirishning yangi dasturi taqdim etildi. Unda 250 ga yaqin obyektning davlat ulushlari, mingga yaqin ko‘chmas mulk obyektlari va 12 ta korxonaning ommaviy savdolarga chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Sotilmay qolgan yer uchastkalarining narxi bosqichma-bosqich pasaytiriladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida odamlar va kontrabanda tovarlarni qo‘shni davlatga noqonuniy olib o‘tishda foydalanilgan yerosti tunneli aniqlandi. U yerdan o‘tayotgan ikki davlat fuqarolari qo‘lga olindi.
“Yuksalish” harakati rahbariga ko‘ra, elektr energiyasiga yangi tariflarni joriy etish bilan bir paytda sohadagi muammolarni hal etish zarur. Isitish, gaz tizimi yo‘q hududlarni hisobga olish, shuningdek, tizimni rivojlantirishda xarajatlar shaffofligini ta’minlash va differensiyalangan tariflarni kiritish muhim.
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbega bordi. Uni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. Davlat rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Foto, video.
Gruziya parlamenti mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Prezident Salome Zurabishvili veto qo‘yishga va’da berdi, ammo hukmron partiya uni chetlab o‘tishi mumkin.
“Fayzobod GAI”da ta’mirlash ishlari sabab Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlaridagi YHXBning vaqtincha ochilgan Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalarining ish faoliyati to‘xtatildi. Fuqarolar endi zamonaviy sharoitlar yaratilgan Mirobod tumanidagi bo‘limga kelishi mumkin.
Sirdaryo tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan MCHJ binosida mayning ferma tashkil qilingani va 34,3 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. MCHJ mansabdorlariga nisbatan juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting