AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining Falastinning tashkilotga to‘laqonli a’zoligiga oid rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ydi. Falastin ayni damda BMTda kuzatuvchi davlat maqomiga ega.
Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-sinf o‘quvchilari qo‘llariga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgan sinf rahbari voyaga yetmaganlarni qiynoqqa solishda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Yettita kinopremyera, “Teplo” ko‘rgazma-yarmarkasi, poytaxt markazidagi ikkita marafon, “Million” jamoasi konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi yangi qurilgan vakolatxonasi ochilish marosimida qatnashdi. Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda ketma-ket uchinchi oy avtomobil bozorida faollikning pasayishi kuzatilganini ma’lum qildi. Bozor mart oyi davomida 5,8 foizga qisqardi. Oy davomida faqat yengil elektromobillar segmentida biroz o‘sish qayd etildi.
19−21-aprel kunlari Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida bolalar inklyuziyasi mavzusiga bag‘ishlangan “His-tuyg‘ular muzeyi 0+” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar o‘qiladi, so‘nggi kuni esa mahorat darslari, o‘yinlar, kitobxonlik o‘tkaziladi.
DXX Farg‘ona viloyatining Quva, Uchko‘prik, Toshloq va Rishton tumanlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish bilan bog‘liq bir necha holatlarni aniqladi (video).
O‘zbekistonda fuqarolarni chet tillariga o‘qitish va xorijiy davlatlarda ishlashga maqsadli tayyorlash markazi tashkil etiladi. O‘quv kurslari doirasida ta’lim oluvchilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boshqa talab yuqori bo‘lgan chet tillariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qarshi shahrida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari oshirildi. Narxlar 1200−2000 co‘m oralig‘ida ko‘tarildi.
Isroil dronlar orqali, Eron rasmiylariga ko‘ra, Isfahon shahri yaqinidagi harbiy havo bazasiga zarba berdi. Hujum paytida portlash ovozlari eshitilgan, hududdagi yadroviy inshootlarga zarar yetmagan. Isroil mudofaa kuchlari bu zarbaga izoh bermadi.
Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlaridagina kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat +22…+27, ba’zi joylarda +29 darajagacha bo‘ladi. Poytaxtda esa yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
O‘zgidromet 20−23-aprel kunlari O‘zbekistonning to‘qqizta viloyatida sel va suv toshqinlari sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishi ehtimoli bor.
Ijtimoiy tarmoqlarda Macan konserti bo‘lib o‘tayotgan Humo Arena’ga soxta chiptalar sabab odamlar kiritilmayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Milliy gvardiya holatga izoh berib, ba’zi fuqarolar konsertga avval saroyga kirib bo‘lgan tanishlarining chiptalari bilan takroran kirishga uringanini ma’lum qildi.
Juma kunidan 7 kunga Yunusobod tumanidan o‘tgan Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu paytda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun eskirgan issiq suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
G‘allaorol tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi ikki o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida bolalar vafot etdi, shuningdek, mashina urib ketgan qoramol ham nobud bo‘ldi. Surishtiruv davomida haydovchi 4 oyda 11 marotaba qoida buzgani aniqlandi.
Juma kuni ertalab Qashqadaryoning Mirishkor tumanida zilzila qayd etildi. Zilzila magnitudasi — 3.
Rossiyaning raketa hujumlari oqibatida Ukraina deyarli barcha issiqlik elektr stansiyalarini yo‘qotdi, atom elektr stansiyalari esa o‘qqa tutilish xavfi ostida, dedi prezident Vladimir Zelenskiy. U yana ittifoqchilarni mamlakatni havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlashga chaqirdi.
Toshkent shahrida 21-aprel kuni ikkita marafon o‘tkazilishi munosabati bilan bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi.
“Gazeta.uz” oshirilgan tariflar bo‘yicha gaz va elektr energiyasi xarajatlari qanday o‘zgarishini hisoblab chiqdi. Shuningdek, hukumat qanday cheklovlarni ko‘rib chiqayotgani, limit doirasida ishlatilmagan svet va gazni jamg‘arish hamda eski tariflar bo‘yicha oldindan to‘lov qilish mumkin yoki yo‘qligini bilib oldi.
Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanali qirg‘oqbo‘yi hududida sayilgoh tashkil etish va obodonlashtirish ishlarini olib borish rejalashtirilmoqda. Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov daraxtlar kesilishining oldini olish maqsadida loyihaga tuzatishlar kiritish topshirig‘ini berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting