Venetsiyadagi Ka Foskari universitetida “Shakl va ramz” ko‘rgazmasi ochildi. “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining ikkinchi bo‘limi hisoblangan namoyishda Turkiston avangardining evolyutsiyasi haqida so‘z boradi.
BAAda so‘nggi 75 yil ichida rekord darajada yog‘ingarchilik kuzatildi. Dubay bundan eng ko‘p zarar ko‘rdi — ko‘cha, uylar, savdo markazlari va aeroport suv ostida qoldi. Hodisani hukumat qurg‘oqchil iqlimda yomg‘ir chaqirish uchun foydalanadigan bulut ekish ishlari keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin, deb yozdi Bloomberg.
Prezident bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, seysmik xavf monitoringi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qurilishda davlat nazorati sifatini kuchaytirish, aholini zilzilaga tayyorlash va yangi ko‘p qavatli binolarni aktiv seysmik himolash rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda yozda biznesga tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun 100 foiz oldindan to‘lov tizimi qaytariladi. Energetika vazirligi avvalroq energiya resurslarini avanssiz yetkazib beruvchi ta’minot korxonalariga katta zarar yetkazilgani haqida xabar bergan edi.
BMTTD va IMV O‘zbekiston qishloq hududlarini rivojlantirish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida 2024−2028-yillarda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryoning 21 tumanidagi 157 ta mahallada ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish va kapital ta’mirlashni rejalashtirgan. Loyiha qiymati — 293,5 mln dollar.
Mamlakatning xomashyo bazasi kamida 15 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, 500 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini bermoqda, dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportni an’anaviy arzon bozorlardan (Rossiya, Xitoy, Turkiya) “yangi, qimmatroq"lariga yo‘naltirish zarur.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk uchrashuvida Malayziyani mag‘lub etdi (statistika, video, foto).
O‘zbekistonda aholi tomonidan energiya tejamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan dasturlar qabul qilish rejalashtirilmoqda. Yoqilg‘i-energetika resurslaridan nooqilona (noqonuniy) foydalanganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston va Eron hukumatlari vakillari Xorazmda Eron kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etish va 23 ta investitsiyaviy loyiha bo‘yicha hamkorlar topish istiqbollarini muhokama qildi.
Sanepidqo‘mita ovqatdan zaharlanish holatlarini kelib chiqishining oldini olish maqsadida “Rinotin kids” biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnomalarni bekor qildi. Respublika hududlaridagi barcha savdo tarmoqlari hamda dorixonalardan siropni qaytarib olish topshirig‘i berildi.
Fevraldagi kichik o‘sishdan so‘ng mart oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida sezilarli pasayish qayd etildi. Xususan, Toshkent ko‘chmas mulk bozorida faollik 20,7 foizga pasaydi. Ikkilamchi bozor pasayishni boshladi, oyiga o‘rtacha narx atigi 0,5 foizga oshdi. Poytaxt ijara bozoridagi faollik ham yanada kamaydi.
Yangihayot tumanida janjal bo‘layotgan xonadonga borgan profilaktika inspektorini mast holdagi uy egasi pichoqladi. IIB xodimiga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Holat bo‘yicha uy egasiga jinoyat ishi ochildi.
Rossiya Ukrainaning Chernigov shahri markaziga raketa hujumini uyushtirdi, oqibatda kamida 13 kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq kishi jarohatlandi. Rasmiylar turar joy binolari va fuqarolik infratuzilmasi zarar ko‘rganini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasi va universiteti hamda Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani markazida muzey qurilishi loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Uzbekistan Airways endi xalqaro aviaqatnovlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov jo‘nashiga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatilishini e’lon qildi.
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi “Turk dunyosi rassomlari uchrashuvi” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. 20-aprelga qadar ko‘rgazma zallarida TURKSOY tashkilotiga a’zo mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston rassomlarining 70 dan ortiq asarlarini tomosha qilishingiz mumkin.
Termiz shahridagi Bolajon madaniyat va istirohat bog‘ida attraksion trosi uzilib ketishi sababli 2 qiz va 2 ayol jarohatlandi. Ulardan 2 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi attraksion mavsum oldidan sinovdan o‘tkazilmaganini bildirdi.
18−19-aprel kunlari Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ladi. Dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Yunusobod tumanida kechasi bir guruh niqobli shaxslar davlat raqami bo‘lmagan ekskavator yordamida bir tup safora daraxtini qo‘porib oldi. Ekologiya vazirligi ularning shaxsini aniqlashtirish ishlari ketayotgani, daraxt esa to‘yintirilgan tuproq qoplamasi yotqizilgan holda qayta ekilganini bildirdi.
Davlat ko‘mirning Tariflar bo‘yicha idoralararo komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladigan va tasdiqlanadigan ulgurji va chakana narxlarni tartibga solishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda hukumat qarorida keltirib o‘tilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting