O‘zbekistonda 300 tadan ortiq avtobus 2018-yildan beri texnik sinovdan o‘tkazilmagan holda odam tashib yurgani ma’lum bo‘ldi. Shu yuzasidan Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbitdin Burxonov bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatovga senator so‘rovini yubordi.
IT Park University abituriyentlarga “Dasturiy ta’minot muhandisligi” sohasida o‘qishni hamda qo‘shimcha beshta amaliy mutaxassislikdan birini o‘zlashtirishni taklif qilmoqda.
Mart oyida oltin narxining ko‘tarilishi fonida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiradagi oltin miqdori salkam 1,3 mlrd dollarga oshganiga qaramay, uning fizik hajmi 12 tonnaga kamaygan.
Musulmonlar idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Odil Musanov Jizzax viloyati Arnasoy tumaniga hokim etib tayinlandi. U shu paytgacha viloyatning Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida ishlab kelayotgandi.
O‘zbekistonda 1-iyundan mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lanadi. Shuningdek, ushbu shaxslarni hamda ularning oila a’zolarini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
2024-yilda nominal kurs nisbatan tez qadrsizlanmoqda (2023-yil bilan taqqoslaganda ham). “Lekin, menimcha, bu hali real kursning to‘g‘rilanishi emas. Nominal kursning hozirgi qadrsizlanishi asosiy hamkorlarimizda kuzatilayotgan tendensiyaga monand kechmoqda”, — deb yozadi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.
O‘zbekistonda seshanba kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi. 10−11-aprelda esa respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +22…+27 darajagacha, janubda +30 darajagacha ko‘tariladi. 12−14-aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Dushanba kuni prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Unda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari muhokama qilinadi. Shuningdek, yangi korxonalar qurilishiga start beriladi.
7-iyulgacha ANORBANK`da yangi omonat ochgan mijozlar Bayramona aksiyasi doirasida uchta BYD E2 elektromobilidan birini yutib olishlari mumkin.
1-iyundan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish, “ishchi viza”ni rasmiylashtirish va yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qisman qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.
Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi tug‘uruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bor ayolning ahvoli og‘irlashib, vafot etdi. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.
Toshkent metrosi tarkibiga to‘rt vagonli yana 2 ta metro poyezdi qo‘shildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach yo‘nalishlarga chiqariladi. May oyida yana shunday 3 ta metro poyezdi olib kelish reja qilingan.
Toshkent shahrida mahallalar faoliyatining yagona mexanizmi joriy etiladi. Ularning infratuzilmasi va tashqi ko‘rinishi yagona standartga keltiriladi, shaffof monitoring tizimi yaratiladi. “Mahallalarning asl boshqaruvi fuqarolar qo‘liga, qulayligi va xavfsizligini ta’minlash esa mas’ullarga yuklatiladi”.
Toshkent shahrida Bekobod tumanlararo sudining sobiq sudyasi va firma yuristi fuqarodan 75 ming dollar, boshqa holatda yana bir adkovat 17 ming dollar olishda gumonlanib ushlandi. Samarqandda esa shahar advokatlik hay’ati advokati 1,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlari Nodir Abduvaliyev va Sardor G‘iyosov vazirlik va idoralarni tejamkorlikka chaqirdi. Ular budjet taqchilligi fonida tashkilotlar tomonidan qimmatbaho avtotransportlar xarid qilinishi holatlarini qoraladi.
Toshkent shahri IIBBning ma’lum qilishicha, yanvar-mart oylarida 1068 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olindi. 209 kishiga nisbatan qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Birinchi chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston budjeti defitsiti 19,8 trln so‘m (1,56 mlrd dollar)ni tashkil etdi. Bu kamida oxirgi 12 yildagi rekord ko‘rsatkichdir. budjet daromadlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga, xarajatlari esa 19,3 foizga o‘sdi.
O‘zbekistonda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi.
Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Ulardan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting