O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroilda yashovchi fuqarolardan shaxsiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish uchun yashab turgan joyini zaruratsiz tark etmaslikni so‘radi. Avvalroq OAV ikki kun ichida Isroilga Erondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum kutilayotgani haqida yozgandi.
NeftGazMontaj kompaniyasi o‘z tarixidagi muhim sana — asos solinganiga 20 yil to‘lganini nishonlamoqda. Ikkita 10 yillik davomida tashkilot O‘zbekiston neft va gaz sanoati obyektlarini qurishda yetakchi ishtirokchilardan biriga aylandi.
Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun qabul qilindi. Hujjat kaltaklash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi, badanga o‘rtacha va og‘ir shikast yetkazish uchun javobgarlikni kuchaytiradi. Endi qonunni prezident imzolashi kerak.
Yangihayot tumanida Bestune, Cobalt va Damas avtomashinalari to‘qnashdi. Oqibatda uchala haydovchi ham olgan jarohati sababli shifoxonaga olib ketildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minskda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Belarus rahbari tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma korxonalar tashkil etish, xususan, BelAZ bilan kelishuvlarni bajarishga tayyorligini ma’lum qildi.
Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida uch kishi, jumladan, 5 yoshli bola va uning onasi cho‘kib ketdi. Ikki qurbonning jasadi topilgan, uchinchisini qidirish ishlari davom etmoqda.
Yil davomida Dubayda turli-tuman festivallar bo‘lib o‘tadi. Amirlikning Iqtisodiyot va turizm departamenti bahor-yoz mavsumida tashkil qidinadigan beshta festival haqida ma’lumot berdi.
Tailandning Pxuket shahrida o‘tgan Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari: Akbar Jo‘rayev va Sharofiddin Amriddinov 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Huquq-tartibot idoralari Andijonda tadbirkorga 42 mlrd so‘mlik yo‘l qurilishi loyihasini olib berishni va’da qilgan ikki shaxsni qo‘lga oldi.
15−19-aprel kunlari Toshkent shahri va viloyatlarda Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali bo‘lib o‘tadi. Dasturdan mahalliy va xorijiy rassomlarning ko‘rgazmalari, rassomlik va amaliy san’at bo‘yicha mahorat darslari, tarixiy, milliy va zamonaviy liboslar namoyishi o‘rin olgan.
15-aprelga qadar VI Toshkent xalqaro BYD marafonida ishtirok etishni istaganlar hali ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Asosiy tadbir 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistondagi Chery brendi avtomobillarga gaz ballonli uskunalar o‘rnatilgandan so‘ng ham texnik xizmat ko‘rsatish kafolati uzaytirilishini e’lon qildi.
2024-yilning iyun oyida Jizzax viloyatidagi BYD avtomobil zavodini ishga tushirish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda ushbu brend ostida ikkita model ishlab chiqarish mo‘ljallangan.
O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi etib tayinlangan Farrux Tursunov qirol Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirdi.
2024-yilning dastlabki 3 oyi davomida “Tez yordam” xizmatiga 3,1 millionta murojaat kelib tushgan. Ularning 812 247 tasi surunkali kasalliklar, 19 114 tasi esa tug‘ruqlar uchun chaqirilgan.
Toshkent tumanida oilaviy janjal bo‘yicha chaqiruv olgan IIB xodimi pichoqlandi. U oshxona pichog‘i ushlagan shaxsdan qurolsizlanishni so‘ragan, ammo 56 yoshli fuqaro unga faol qarshilik ko‘rsatib, chap bel qismini jarohatlagan. Xodim IIV markaziy gospitaliga yotqizildi, fuqaro esa besh yilgacha qamalishi mumkin.
Bolalar ombudsmaniga kelgan murojaat o‘rganilganda Jizzax viloyati Zomin tumanida maktab o‘qituvchisi voyaga yetmagan o‘quvchining yuziga bir necha bor tarsaki urib, uni haqorat qilgani ma’lum bo‘ldi. Maktab direktori buyrug‘iga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Shveysariyaning keksa aholisi mamlakat hukumatining iqlim bo‘yicha harakatsizligiga doir inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi ishida g‘olib chiqdi. Haddan tashqari issiq havo ularning sog‘lig‘iga ziyon yetkazib, o‘lim xavfini yuzaga keltirmoqda. Bu — iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tarixdagi birinchi qaror.
O‘tgan mart oyi butun dunyo bo‘ylab kuzatuvlar tarixidagi eng issiq mart bo‘ldi. Meteorologlar ketma-ket o‘ninchi oy oylik harorat rekordini qayd etmoqda.
Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi islohotlar islom dinining mohiyati va g‘oyalari bilan uyg‘un ekanini aytdi. U vijdon erkinligini ta’minlash, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi ishlar davom etishini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting