Tadqiqotchilar yonuvchanlikni kamaytirish uchun turli xil iste’mol mahsulotlariga qo‘shiladigan yonishdan saqlaydigan moddalar — antipirenlar saraton kasalligidan o‘lim xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini aniqladi.
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahridagi ilk inshootlar qurilishini boshlab berdi. Bu yerda, xususan, “Yangi O‘zbekiston” universiteti, Milliy kutubxona, Milliy teatr, Adabiyot muzeyi quriladi. Davlat rahbari o‘z nutqida: “Bular ma’rifatli jamiyat barpo etish g‘oyamizning asosi va namunasi bo‘ladi”, — dedi.
Texnik xatolik tufayli pensiya oluvchilarning 3 foizi kartalariga pensiya o‘tkazish bekor qilingani haqida bildirishnoma olgan. Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki pullar qaytarilishiga ishontirdi. Barcha pensionerlar 5-aprelgacha pensiyasini oladi.
Rossiya IIV xorijliklarning mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini yil davomida 90 kungacha qisqartirishni, shuningdek, kirishda majburiy barmoq izlari va barcha migratsiya hujjatlari o‘rnini bosuvchi yagona shaxsiy guvohnoma joriy etishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi bilan tanishdi. U o‘tgan yili respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan edi. Joriy o‘quv yilida 145 nafar bola birinchi sinfga qabul qilingan. Foto.
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Toyota mikroavtobusi haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston fuqarolari — halok bo‘ldi.
“Krokus siti holl"dagi teraktdan kamida ikki hafta oldin AQSh Rossiyani aynan shu konsert zali hujum uchun potensial nishon ekani haqida ogohlantirgan, deb yozdi Washington Post. Avvalroq Rossiya razvedka idoralari olingan ma’lumotlar juda umumiy bo‘lganini aytgan edi.
IIV noma’lum shaxslar tomonidan teraktlar uyushtirish uchun pul taklif etilayotgani haqida ogohlantirdi. Aholidan ularga hech qanday munosabat bildirmaslik, xabar yuboruvchilarni bloklash va 102 raqamiga xabar berish so‘raladi.
Fevral oyida O‘zbekiston 12 tonna qimmatbaho metall sotgan holda dunyoda eng ko‘p oltin sotuvchiga aylandi. 2023-yilda mamlakat oltin sotish bo‘yicha ikkinchi bo‘lgandi.
2022-yilda Toshkent shahrida terakt sodir etmoqchi bo‘lgan jinoiy guruhning 4 a’zosi ushlanib, 10 yildan 15 yilgacha qamalgan. Ular xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik vakili bilan tanishib, Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, shuningdek, aeroportda terakt qilmoqchi bo‘lgan.
O‘zbekistonda bahorning birinchi oyida ob-havo ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi. Bir nechta sovuq to‘lqinlar ham kuzatildi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor darajasida, ba’zan undan ortib ketdi. Aynan mart oyida balandligi 4−25 smgacha yetgan qor yog‘di, ayrim joylarga sel kelib, hududlarni suv bosdi.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi O‘zbekistonga avtomobillar olib kirishni cheklash rejasiga izoh berdi. Agentlikning tushuntirishicha, “butun dunyoda shu narsa bor, faqat O‘zbekistonda ishlamayotgandi”. O‘zgarishlarni 1-apreldan joriy etish reja qilingandi, lekin ayni paytda hujjat loyiha holatida.
Jondor tumanida ustidan yuk mashinasi o‘tib ketayotgan ko‘prik qulab tushdi. Hokimlik holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Universal sug‘urta kompaniyasining ixtiyoriy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan litsenziyasi 2-aprelda bekor qilindi. Sug‘urta tashkiloti ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajaradi.
Shavkat Mirziyoyev Yunusobod misolida aholi daromadini oshirish bo‘yicha qanday ishlash zarurligini tushuntirdi. Toshkent shahri markazi va uning chekkasidagi mahallalar rivoji hamda aholi daromadlari o‘rtasidagi tafovut katta ekanini ta’kidlab, hududga 600 mln dollar investitsiya jalb etish mumkinligini qayd etdi.
O‘zbekistonda har yili o‘quvchilar o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy sport musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqa “Temur tuzuklari” bilimdoni, kamondan o‘q otish, qurolni to‘liq bo‘lmagan qismlarga ajratish va yig‘ish, sport qurolidan o‘q otish, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish kabi shartlarni o‘z ichiga oladi.
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 2024−2025 o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini boshladi. Universitetda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish imkoniyati mavjud.
Sergeli tuman sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanmoqda. Sudyalar oliy kengashi uning vakolatini tugatdi va jinoiy javobgarlikka tortishni tasdiqladi.
“Toshkentning yer o‘ta cheklangan sharoitida bor infratuzilmani vertikal o‘stirish orqali sanoat va savdoni rivojlantirish zarur”, — dedi prezident. U yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish imkoniyatlari haqida gapirdi.
Prezident tadbirkorlarga Yunusobod tumanida loyihalar uchun bo‘sh joy topish qiyinligini aytdi. U Amir Temur shoh ko‘chasidagi sakkizta davlat idorasining eski binolarini rekonstruksiya qilish va savdo obyektlari, ofis va yerosti avtoturargohiga ega mehmonxonalar qurish uchun tadbirkorlarga berishni taklif etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting