O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda chet tilini bilish bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan fanlarni chet tilida o‘qitish amaliyoti joriy etiladi. Buning uchun ularga har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
O‘zbekistonda umumfoydalanishdagi yo‘llarni ta’mirlash ishlariga xususiy sektor autsorsing asosida jalb qilinadi, deya ta’kidladi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov. “Ekspluatatsiya bo‘yicha standartlarimiz eskirib ketgan. Bu esa mablag‘larning samarasiz ishlatilishiga yo‘l ochadi”, — dedi u.
Dunyodagi murakkab vaziyat, Yaqin Sharq va O‘zbekistonning “asosiy hamkorlari” o‘rtasidagi mojaro munosabati bilan iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi, dedi prezident. Uning qayd etishicha, Moskva viloyatidagi teraktdan so‘ng global vaziyat yanada jiddiylashdi.
Prezident viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasining 86 ta tumanidagi 841 kilometr yo‘llar sement-beton qoplama bilan yangidan qurilishi bo‘yicha loyihani ma’qulladi. Bunga Osiyo taraqqiyot bankidan 240 mln dollarlik qarz mablag‘i yo‘naltiriladi.
2023-yilning martidan buyon Toshkent shahri hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Umurzoqov hokim etib tasdiqlandi.
O‘zbekistonda tadbirkorlarga tashkil etgan yangi ish o‘rinlariga qarab ayrim soliq imtiyozlari beriladi. Bunda “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston TIV Isroil tomonidan Eronning Suriyadagi konsulligiga qilingan va bir necha kishining o‘limiga sabab bo‘lgan aviazarbani keskin qoraladi. “Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi vazirlik.
Yunusobod tumanidagi bog‘chada yig‘lagan bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uning qo‘llarini qo‘kartirgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi. Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi ayolning harakatlarini “nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan” deya atadi. Ishni prokuratura o‘rganmoqda.
Tayvanning sharqiy qirg‘og‘ida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Birozdan so‘ng 6,5 magnitudali yana bir zilzila qayd etildi. Zilzila Tayvandagi so‘nggi 25 yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchlisi ekani ma’lum qilindi. Video.
Poytaxtdagi masjidlarda pul va telefonlar o‘g‘irlab yurgan erkak 6 yilga qamaldi. U pulni o‘z ehtiyojiga ishlatib, telefonlarni sotib yuborgan.
Brand Finance tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekistondagi eng qimmat brendlar” reytingida ANORBANK 16 mln AQSh dollari qiymati bilan yettinchi o‘rinni egalladi.
Urganch tumanida ikki shaxs o‘zaro nizoni guruh-guruh bo‘lib janjallashish orqali hal qilishga uringani aniqlandi. DXX va IIB tadbirida to‘qnashuv to‘xtatib qolindi. 9 kishi JK, 6 kishi MJTK moddalari bo‘yicha qamoqqa olindi.
O‘zbekistonda tashqi mehnat bozoriga kirishni osonlashtirish va o‘z vataniga qaytgan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bunda mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe lavozimi joriy qilinadi, 24 soatlik Call-markazlar ochiladi, shuningdek, xarajatlarning bir qismi qoplanadi.
Qarshi shahrida 9-sinf o‘quvchisi uyidagi gaz trubasiga o‘zini osib, vafot etdi. Uning onasi o‘g‘li besabab o‘z joniga qasd qilganini, hech kimga nisbatan da’vosi yo‘qligini aytgan. Hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shahnoza Sultanova Toshkent shahri hokimining yangi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
“Avtomobilsiz kun”da “Gazeta.uz” jurnalisti RTV rahbari Sherzod Shermatov bilan uning ish joyigacha piyoda bordi. Vazir ko‘proq piyoda yurishni xohlashini aytdi. Toshkentni “zo‘r shahar” deb atagan vazir muammolarni tez sur’atlardagi rivojlanish bilan bog‘ladi va ularni birgalikda hal qilishga chaqirdi.
Toshkent viloyati Bekobod tumanida 28 yoshli ayol 5-qavatdan qulab vafot etgandi. U eri tomonidan muntazam zo‘ravonlikka uchragani aytilgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan JKning “homilador ayolni o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash” qismi bilan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.
Istanbulda ko‘p qavatli uyning yerto‘lasida joylashgan tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlandi. Yong‘in ta’mirlash ishlari vaqtida yuz bergan, hozirda uning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z balansiga O‘zbekistondagi eng yirik kompaniya — Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2 foiz aksiyasini oldi. O‘tgan yillarda kompaniyani qisman xususiylashtirish rejalari haqida xabar berilgan edi.
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkent jamoat transportida naqd pul bilan to‘lov narxini 3000 so‘mgacha oshirish rejasi borligini aytdi. Bunda naqdsiz to‘lovlar miqdori 1700 so‘m holida o‘zgarishsiz qoladi. “Elektron to‘lovga o‘tishga harakat qilyapmiz. Aholini shu narsaga qiziqtiryapmiz”, — dedi vazir.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting