Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi
4 avgust 2023, 14:04

Chiroqchi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Chiroqchi tumaniga Fayzulla Yusupov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi rahbari bo‘lgan.

Jamoatchilik fikri: “Surxondaryo hokimi mansab vakolatini suiiste’mol qilgan”
4 avgust 2023, 12:36

Jamoatchilik fikri: “Surxondaryo hokimi mansab vakolatini suiiste’mol qilgan”

Surxondaryo hokimi va maktab direktori janjali tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Huquqshunos va ekspertlar “hokim pedagogni ishdan olishga haqqi yo‘q”, “hokimlarni ta’limga umuman yaqinlashtirmaslik kerak” demoqda. “Hokim qamab, vazir ozod qilsa, sudning nima keragi bor?” degan savol ham berildi.

Freedom Payments davlat idoralari tomonidan tekshiruv o‘tkazilganiga izoh berdi
4 avgust 2023, 12:08

Freedom Payments davlat idoralari tomonidan tekshiruv o‘tkazilganiga izoh berdi

“Gazeta.uz” kecha xabar bergan Freedom Payments kompaniyasi xodimlarining tekshiruvdan o‘tkazilishi bo‘yicha holat “mamlakatdan kapital olib chiqib ketilishining oldini olish bo‘yicha standart jarayon bilan bog‘liq”, deya xabar berdi kompaniya. Bunday tekshiruvlar bir qator boshqa to‘lov tashkilotlarida ham o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda 400 ga yaqin liftdan nosoz holatida foydalanib kelinmoqda — senator
4 avgust 2023, 11:56

O‘zbekistonda 400 ga yaqin liftdan nosoz holatida foydalanib kelinmoqda — senator

O‘zbekistonda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan 400 ga yaqin liftdan hamon foydalanib kelinmoqda. Bu haqda Senat yalpi majlisida ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati asta-sekin pasayadi
4 avgust 2023, 11:37

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati asta-sekin pasayadi

Shanba kuni O‘zbekistonga Janubiy Ural hududlaridan nisbatan nam va salqin havo massalari kirib keladi. Kunduzi harorat barcha joylarda +35 darajagacha, janubda +38 darajagacha pasayadi.

O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
4 avgust 2023, 10:55

O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

6−8-avgust kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 8 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekistondan 80 ta davlatga 180 xil meva-sabzavot eksport qilinmoqda
4 avgust 2023, 10:44

O‘zbekistondan 80 ta davlatga 180 xil meva-sabzavot eksport qilinmoqda

Farg‘onada Jahon banki, YeI va boshqalar hamkorligida tashkil etilgan Meva-sabzavotchilik II forumida O‘zbekistondan 80 ta davlatga 180 xil meva-sabzavot eksport qilinayotgani aytildi. Forum davomida bu ro‘yxatni kengaytirish imkoniyatlari, mavjud muammolarga yechimlar muhokama qilindi.

Farg‘onada bank g‘aznachisi bankomatdagi 212,8 mln so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda
4 avgust 2023, 10:11

Farg‘onada bank g‘aznachisi bankomatdagi 212,8 mln so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda

“Xalq banki” Quvasoy filiali g‘aznachisi o‘ziga biriktirilgan bankomatdan 212,8 mln so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Banklarda dollar kursi 11 680−11 710 so‘m etib belgilandi
4 avgust 2023, 10:08

Banklarda dollar kursi 11 680−11 710 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 4-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 590−11 650 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 680−11 710 so‘m.

O‘zbekistonda chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida foydalaniladi — Senat
4 avgust 2023, 09:39

O‘zbekistonda chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida foydalaniladi — Senat

O‘zbekistonda chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida foydalanilib, har gektarga suv sarfi texnologik ilg‘or davlatlarga nisbatan 2−2,5 barobar ko‘p. Bu haqda Senati Kengashining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.

Namanganda oilaviy bog‘cha bolalari tortdan zaharlandi
4 avgust 2023, 09:18

Namanganda oilaviy bog‘cha bolalari tortdan zaharlandi

Uychi tumanidagi “Gulshan” oilaviy bog‘chasida 15 nafar bola tug‘ilgan kun uchun olib kelingan tortdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining xabar berishicha, hozirda bolalarning hammasi sog‘lom va ular yana bog‘chaga qaytarilgan.

Tahlil: Yo‘l o‘tkazgichlar qancha ko‘p joy egallab, shaharni qanchalik yomonlashtiradi va qashshoqlashtiradi?
4 avgust 2023, 09:10

Tahlil: Yo‘l o‘tkazgichlar qancha ko‘p joy egallab, shaharni qanchalik yomonlashtiradi va qashshoqlashtiradi?

Toshkentda 12 ta yangi yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. Bunga xalqning o‘nlab trillion so‘m mablag‘lari sarflanadi. Ko‘prik va tunnellar ulkan maydonlarni egallab, shaharni parchalab tashlaydi va kattaroq transport muammolarini keltirib chiqaradi. Buni yangi qurilgan yo‘l o‘tkazgichlar misolida ko‘rsatamiz.

Mirishkor tumaniga yangi hokim tayinlandi
4 avgust 2023, 09:02

Mirishkor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumaniga Fayzullo G‘ulomov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar Agrosanoat inspeksiyasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Surxondaryoda maktab direktori viloyat hokimi bilan tortishdi
4 avgust 2023, 00:57

Surxondaryoda maktab direktori viloyat hokimi bilan tortishdi

Sariosiyo tumanidagi maktab direktori ishdan bo‘shatilganini e’lon qilgan Surxondaryo hokimi bilan tortishdi. OAV uning 10 kunga qamoqqa olingani, chiqqanidan keyin yana ushlangani haqida xabar berdi. Maktab ta’limi vaziri direktor hibsdan ozod etilgani va o‘z lavozimida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
3 avgust 2023, 23:57

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Xabib Sirojitdinov yaqinda prezident tomonidan ishdan bo‘shatilgan Avaz O‘rinboyev o‘rniga Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Reuters: Rossiya armiyasiga Qozog‘istondan ko‘ngillilarni jalb qilishni boshladi
3 avgust 2023, 23:04

Reuters: Rossiya armiyasiga Qozog‘istondan ko‘ngillilarni jalb qilishni boshladi

Ukrainadagi urush avj olishi fonida Rossiya o‘z armiyasi uchun Qozog‘istondan ko‘ngillilarni yollashni boshladi, deb yozmoqda Reuters. Internetdagi reklama mamlakat aholisiga “aniq yo‘naltirilgan” va shartnoma imzolangandan keyin 5000 dollardan ortiq to‘lov taklif qilinmoqda.

Freedom Payments ofisiga niqobli odamlar kelgani aytilmoqda
3 avgust 2023, 22:52

Freedom Payments ofisiga niqobli odamlar kelgani aytilmoqda

Toshkentdagi Freedom Payments (Freedom Pay) xorijiy kompaniyasi ofisiga niqob taqqan shaxslar kelgani aytilmoqda. Bir necha xodim hibsga olingan. Sabablari hozircha noma’lum.

3-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
3 avgust 2023, 22:00

3-avgust kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Turkmanistonga boradigan Shavkat Mirziyoyev, Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira oshishi, avtobus bilan to‘qnashib ketgan Malibu, Chotqol qo‘riqxonasidan yangi kadrlar, yana lavozimi o‘zgargan vazirlar, 5,5 yil ichida ko‘pxotinlilik uchun sudlangan 38 kishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Xitoy bolalarning smartfonlarda internetdan foydalanish vaqtini cheklamoqchi
3 avgust 2023, 20:15

Xitoy bolalarning smartfonlarda internetdan foydalanish vaqtini cheklamoqchi

Xitoy hukumati “voyaga yetmaganlar uchun xavfsiz va sog‘lom internet muhitini yaratish” maqsadida 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning mobil qurilmalarda internetdan foydalanish vaqtini cheklashni rejalashtirmoqda.

Toshkent aeroportida yangi taksi xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
3 avgust 2023, 20:06

Toshkent aeroportida yangi taksi xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airports Toshkent aeroporti uchun yana uchta taksi operatorini jalb qilmoqchi — xalqaro terminalning umumiy zali va CIP-zal hamda mahalliy terminal uchun. Hozirda xalqaro terminalning uchib kelish zaliga birgina aeroport taksi operatori xizmat ko‘rsatmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting