Hukumat sobiq rahbari Navaz Sharifning ukasi Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri etib saylandi. Uning nomzodi sakkiz partiyadan iborat koalitsiya tomonidan ilgari surilgandi.
O‘zbekistonning 17 nafar muvaffaqiyatli ayoli haqidagi fotoko‘rgazma Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan mahalliy Teplo brendlari do‘konini ochib berdi. Qahramonlar barcha ayollar uchun ovozli tilaklar va xayrlashuv so‘zlarini yozib qoldirdi.
Navro‘z bayrami va Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida 22−24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni bo‘ladi, kirish bepul. Tomoshabinlar italyan musiqasi kechasiga tashrif buyurishi va opera tinglashi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan 28 nafar xotin-qizni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Freedom House`ning yangi erkinlik reytingida O‘zbekiston 100 balldan 12 ball to‘pladi — mamlakat hali ham “erkin emas” maqomida. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham shu toifada qolmoqda. Finlyandiya eng yuqori o‘rinni oldi.
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Chexiyada o‘tkazilayotgan superturnirda uchta g‘alaba qayd etganidan so‘ng onlayn reytingda dunyoning eng kuchli besh shaxmatchisidan biriga aylandi.
O‘zbekistonda 3-mart kuni ish faoliyatidagi AGTKSHlar soni kamaydi. Elektr ta’minoti cheklovlari 960 MVtga yetdi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, benzin va dizel yoqilg‘isi talabga mos hajmda yetkazib berilmoqda.
Prezident qarori bilan Shovot tumanida 3,1 gektar yerda “O‘zbekiston-Turkmaniston” savdo zonasi tashkil qilinadi. Unda faqat 2 mamlakat mahsulotlari sotiladi. Mahsulotlarni kiritishda bojxona to‘lovi to‘lanmaydi. Turkmaniston orqali keluvchi chet elliklar vizasiz, pasport bilan 15 kun hududda bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda 1-sentabrdan barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi.
Apreldan Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent-Praga yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishdagi parvoz oxirgi marta 2014-yilda amalga oshirilgandi.
AQShga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan 74 nafar O‘zbekiston fuqarosi 3-mart kuni vatanga qaytarilgandi. Ulardan ba’zilari yo‘l va qamoqxonalardagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berishdi.
Olmaota yaqinida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi, shaharda zilzila kuchi 5 ballni tashkil etdi. Metro faoliyati to‘xtatildi, politsiya kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazildi. Ko‘plab shaharliklar vahima ichida ko‘chaga chiqdi.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Qo‘shma Shtatlarga xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali safar qilishga chaqirdi. Elchixona Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish ishlari davom ettirilishini bildirgan.
3-mart kuni ertalab Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi erkak va uning turmush o‘rtog‘i o‘z xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etdi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga kadar tekshiruv ketmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi.
Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning o‘g‘li Daniyar Kamilovning kompaniyasi Chinoz neftni qayta ishlash zavodi egasiga aylandi. Avvalroq UNG Petro yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i “O‘zbekneftgaz”dan ushbu kompaniya tarkibiga o‘tkazilgan edi.
O‘zbekistonda hafta davomida harorat jadal ravishda ko‘tarilib boradi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechalari −2…+5, kunduz kunlari +4…+18 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. 8-martda ba’zi joylarda shamol kuchayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxodjayev va komissiya vakillari AQShda prezidentlik praymerizlarida ovoz berishga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bilan tanishish maqsadida Kaliforniya shtatida bo‘ldi. Tashrif davomida ular AQShda qo‘llaniladigan zamonaviy saylov texnologiyalarini ham o‘rganadilar.
Toshkentda o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonliklar avvalgiga qaraganda kattaroq natijaga erishdi. Ular 6 ta medal olib, Fransiya va Yaponiyadan keyin umumhisobda 3-o‘rinda bo‘ldi. Doston Ro‘ziyev va Muzaffarbek To‘raboyev oltin medal oldi, Davlat Bobonov bronza bilan turnirni yakunladi.
Yuqori Chirchiq tumanida 12 yoshli qizga SMS xabarlar yozib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan 59 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting