AQShga asosan Meksika orqali noqonuniy ravishda ketgan 74 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi. “Bu shunchaki reklama. Kasallik orttirib qaytasiz. Hammasi yolg‘on”, — dedi qaytganlardan biri.
Amerikaning “Nobel Systems” kompaniyasi va “O‘zsuvta’minot” hamkorligidagi “Digital Twin” raqamli loyihasi yakunlandi. Buning uchun AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi 430 ming dollar grant mablag‘i ajratgan. Raqamli suv boshqaruvi loyihasi ikki yil davomida Jizzax shahrining uchta mahallasida amalga oshirildi.
Zangiota tumani 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan janjalni bartaraf etmoqchi bo‘lgan Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazildi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Shavkat Mirziyoyev daraxtlarni kesish uchun jarima miqdorini 5 barobarga oshiruvchi qonunni imzoladi. Har bir kesilgan daraxt o‘rniga 100 tupdan ko‘chat ekish majburiyati, yuridik shaxslarga 102 million so‘mgacha alohida jarimalar belgilandi. Prezident avvalroq jarima miqdori pastligi sababli qonunni rad etgan edi.
Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berildi. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ldi.
O‘zbekiston hukumati Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasida 11 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 9 tasi bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollarni imzoladi.
O‘zbekistonda fevralda so‘nggi sakkiz yildagi eng past — 0,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya 8,35 foizgacha sekinlashdi. Statistika agentligiga ko‘ra, deyarli barcha asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi arzonlashdi, benzin o‘rtacha 1,1 foizga qimmatladi, maishiy texnika narxlari oshdi.
O‘zbekistonda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko‘magida Yashil vodorod xabi tashkil etiladi. Loyiha doirasida Delaver universiteti bilan birgalikda TDTU magistratura bosqichida yashil vodorod bo‘yicha yangi o‘quv dasturi joriy etiladi.
Beshariq tumanida erkak hamda uning 12 yoshli qizi va 11 yoshli o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ko‘zdan kechirish davomida xonadonda nostandart qo‘lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlandi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, 2022-yilda 1 milliarddan ortiq odam yoki har sakkiz kishidan biri semizlikdan aziyat chekkan. 1990-yildan beri kattalar orasida semizlik bo‘yicha global ko‘rsatkich ikki baravar, bolalar va o‘smirlar orasida esa to‘rt baravar ko‘paydi.
Sakkizta kinopremera, spektakllar, ijodiy ishlar yarmarkalari, qoraqalpoq musiqasi kechasi, bolalar shoulari, chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Daniyar Kamilovga (prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilovning o‘g‘li) tegishli kompaniya UNG Petro kompaniyasi — “O‘zbekneftgaz”ning 78 ta AYOQSHlaridan iborat tarmoq egasiga aylandi.
1-martdan boshlab Qozog‘istonda hukumat qaroriga binoan rasman yagona UTC+5 vaqti o‘rnatildi (avval UTC+5 va UTC+6 vaqt zonasi bor edi). Mintaqada soat millari bir soat ortga surilib, O‘zbekiston bilan bir xil bo‘ldi. Yevropaga bir soat yaqinlashdi.
Statistika agentligi direktori Bahodir Begalov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Nyu-York shahrida o‘tkazilgan BMT Statistika komissiyasining 55-sessiyasida qatnashdi. Unda agentlik rahbari nomzodi komissiya a’zoligiga ilgari surildi.
Shavkat Mirziyoyev va Fransiyaning Voltalia kompaniyasi bosh direktori To‘proqqal’a tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishini boshladi. Yiliga 254 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, bu esa viloyatdagi elektr energiyasining 11 foizini qoplaydi.
Xorazmda tadbirkorlarga imtiyozlar belgilanmoqda. Xususan, davlat mulki va yerini xususiylashtirishda 5 yilga bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi. Sanoat binolari qurilib, tadbirkorlarga topshiriladi. Sotilgan ko‘chmas mulk uchun to‘lov 3 oyda amalga oshirilganda 25 foiz chegirma beriladi.
Tojikiston energetika tizimida yirik nosozlik yuz berdi, Dushanbe va bir qator viloyatlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Mamlakat poytaxtida issiqlik ta’minoti o‘chib, ichimlik suvi ta’minoti ham to‘xtadi.
Xorazmda yuk elektromobillari, akkumulyatorlar uchun nikel sulfat, arxitektura oynalari, shisha idishlar, qurilish materiallari, lak-bo‘yoqlar va mato ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Umumiy qiymati 660 mln dollardan ziyod loyihalar Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.
Shavkat Mirziyoyev Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.
Shavkat Mirziyoyev sayyohlar 1 yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirishi uchun “O‘zbekiston — mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinishini ma’lum qildi. Viloyatda turizmni rivojlantirishning 3 yillik dasturi qabul qilinadi, imtiyozli kreditlar beriladi, “Lazgi” va “Avesto” muzeylari tashkil qilinishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting