Pokiston O‘zbekiston bilan bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi
29 avgust 2023, 12:21

Pokiston O‘zbekiston bilan bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi

Pokiston va O‘zbekiston bojxona ma’lumotlari almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Yil oxirigacha mamlakatlarning yagona darcha tizimlari o‘rtasida shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlar tasdiqlandi
29 avgust 2023, 11:41

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlar tasdiqlandi

Prezident O‘zbekistonning Qatar bilan investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish hamda daromad soliqlari bo‘yicha imzolangan iqtisodiy bitimlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

Qoraqalpog‘istonga adliya vaziri tayinlandi
29 avgust 2023, 11:23

Qoraqalpog‘istonga adliya vaziri tayinlandi

Qoraqalpog‘iston adliya vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Elmurod Tursunov ushbu vazirlikka rahbar bo‘ldi. Amangeldi Prenov esa unga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.

2024-yilda maktablarda 250 mingta o‘quvchi o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilmoqda
29 avgust 2023, 10:59

2024-yilda maktablarda 250 mingta o‘quvchi o‘rni tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

2024-yilda O‘zbekiston maktablarida 250 mingta o‘quvchi o‘rni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Investitsiya dasturida maktablar qurilishiga 3 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Yaqinda maktablarda 1,2 mln o‘quvchi o‘rni yetishmayotgani aytilgandi.

Maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshini oshirish rejalashtirilyapti — prezident
29 avgust 2023, 10:41

Maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari maoshini oshirish rejalashtirilyapti — prezident

2024-yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, ularning o‘rinbosarlari ish haqini esa 30 foizga oshirish reja qilinyapti, deya ma’lum qildi prezident. Og‘ir maktablar uchun davlat granti asosida maqsadli pedagoglarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
29 avgust 2023, 10:19

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

30−31-avgust kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli O‘zbekistonning 7 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Pxuketdan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi
29 avgust 2023, 09:40

Pxuketdan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi

Azur Air aviakompaniyasining Pxuketdan Moskvaga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘ldi. U shifoxonaga yotqizilganidan so‘ng samolyot Moskvaga jo‘nab ketdi.

O‘zbekistonda o‘qituvchilarga malaka toifasini berish 2 bosqichda amalga oshiriladi
29 avgust 2023, 09:24

O‘zbekistonda o‘qituvchilarga malaka toifasini berish 2 bosqichda amalga oshiriladi

O‘zbekistonda o‘qituvchilarga malaka toifasini berish ikki bosqichda — dastlab pedagogning bilimi, so‘ngra metodikasini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.

Qirg‘izistonda prokuratura Kloop nashrini tugatish bo‘yicha sudga da’vo kiritdi
28 avgust 2023, 22:38

Qirg‘izistonda prokuratura Kloop nashrini tugatish bo‘yicha sudga da’vo kiritdi

Bishkek prokuraturasi “Kloop Media” jamoat fondini (Kloop.kg sayti) tugatish to‘g‘risida sudga da’vo kiritdi. Da’vo arizasida aytilishicha, nashrning aksariyat materiallari “sof salbiy xarakterga ega” va “hozirgi hukumatning amaldagi siyosatini keskin tanqid qilishga” qaratilgan.

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBBga qaytdi
28 avgust 2023, 20:45

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBBga qaytdi

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bungacha Toshkent viloyati IIBda ishlagan, Farg‘ona viloyati IIBga rahbarlik qilgan, IIV rahbari o‘rinbosari va poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan edi.

Toshkentda restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasi 31-avgust kuni ochiladi
28 avgust 2023, 20:30

Toshkentda restavratsiyadan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasi 31-avgust kuni ochiladi

31-avgust kuni Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasining restavratsiyadan chiqqan tarixiy binosi ochiladi, poytaxt aholisi va mehmonlari ochiq eshiklar kuniga taklif etildi. Kitob fondi 21 ming jild bilan to‘ldirildi, kutubxonada kovorking maydoni va raqamli kontent bilan ishlash studiyasi paydo bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev: 10 mln so‘mdan yuqori oylik oluvchi o‘qituvchilar 1000 nafardan oshdi
28 avgust 2023, 18:51

Shavkat Mirziyoyev: 10 mln so‘mdan yuqori oylik oluvchi o‘qituvchilar 1000 nafardan oshdi

Prezident dushanba kungi videoselektorda 6 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha maosh oladigan o‘qituvchilar soni 23 mingga yetgani, 10 mln so‘mdan yuqori oylik olayotganlar soni esa ming nafardan oshganini ma’lum qildi. “Bu ham yaxshi, lekin bu juda kam”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Maktablarda yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi
28 avgust 2023, 18:48 3

Maktablarda yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston maktablarida yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishini ma’lum qildi. 10−11 sinf o‘quvchilari uchun esa qaysi oliygohga kirishiga qarab, tegishli fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladi. Kasb-hunar ham maktabning o‘zida o‘rgatila boshlanadi.

“Bu noto‘g‘ri ma’lumot”. “O‘zbekneftgaz” rahbari — gaz qazib olishning pasayishi haqida
28 avgust 2023, 17:17

“Bu noto‘g‘ri ma’lumot”. “O‘zbekneftgaz” rahbari — gaz qazib olishning pasayishi haqida

“O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov, mamlakat rasmiy statistikasida aks ettirilganiga qaramay, gaz qazib olish kamaymayapti, deb hisoblaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi haqida energetika vaziri gapirgan, “O‘zbekneftgaz” esa ishlab chiqarish prognozini pasaytirgandi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kuz-qish mavsumida o‘zaro elektr yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi
28 avgust 2023, 16:35

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kuz-qish mavsumida o‘zaro elektr yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlari kuz-qish mavsumida o‘zaro elektr yetkazib berish, uning soatlik hisobini yuritish mexanizmini joriy etish, rejadan tashqari oqimlarni hisoblash bo‘yicha shartnomalarning amaldagi shartlarini qayta ko‘rib chiqish va boshqalar bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

O‘zbekiston Afg‘oniston orqali Pokistonga tranzit yuk tashuvlarini kengaytirmoqchi
28 avgust 2023, 16:29

O‘zbekiston Afg‘oniston orqali Pokistonga tranzit yuk tashuvlarini kengaytirmoqchi

O‘zbekiston delegatsiyasi Kobulga tashrifi davomida Afg‘onistonga sarmoya kiritishni ko‘paytirish, bu mamlakat hududi orqali tranzitga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish va yuklarni Pokistonga olib o‘tishda tranzit to‘lovlarini kamaytirish, bojxona xizmatlari faoliyatini uzluksiz rejimga o‘tkazishni muhokama qildi.

Qozog‘iston rahbari qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “vaziyatni tartibga solish” bo‘yicha topshiriq berdi
28 avgust 2023, 15:54

Qozog‘iston rahbari qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “vaziyatni tartibga solish” bo‘yicha topshiriq berdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yuzlab yuk mashinalari to‘planib qolgan qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “vaziyatni tartibga solish” bo‘yicha topshiriq berdi. Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi avvalroq Qozog‘istonni tovarlar harakati erkinligini cheklayotganlikda ayblagandi.

Mustaqillik bayrami sababli pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi
28 avgust 2023, 15:24

Mustaqillik bayrami sababli pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentabr uchun pensiya va nafaqa to‘lovlari (naqdsiz shaklda) 29−31-avgust kunlari plastik kartalarga o‘tkazib beriladi. Pullar naqd shaklda oluvchilarga 4-sentabrdan yetkazib beriladi.

Yilning dastlabki 7 oyida elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshdi
28 avgust 2023, 15:17

Yilning dastlabki 7 oyida elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshdi

Statistika agentligi yanvar-iyul oylarida elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshganini ma’lum qildi. Mamlakatga bunday transport vositalari eng ko‘p Xitoy va Gonkongdan olib kelinyapti.

Shavkat Mirziyoyev mudofaa vazirini I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi
28 avgust 2023, 15:12

Shavkat Mirziyoyev mudofaa vazirini I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi

Prezident mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovni I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotladi. Shuningdek, bosh prokurorning 2 nafar o‘rinbosari, Oliy sud raisi o‘rinbosari, prokuratura, IIV va boshqa idoralar xodimlari ham taqdirlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting