Bloger Otabek Sattoriy bahorda ozodlikka chiqishi mumkin
24 yanvar 2024, 17:23

Bloger Otabek Sattoriy bahorda ozodlikka chiqishi mumkin

Qarshidagi manzil koloniyada Otabek Sattoriy bilan uchrashgan “Ezgulik” jamiyati a’zosi Abdurahmon Tashanov bloger “aprel oxiri, mayning boshlarida” ozodlikka chiqishi mumkinligini ma’lum qildi. Bloger ozodlikka chiqqach, “tinchgina axborot texnologiyalari sohasida ishlamoqchi” ekanini aytgan.

Xitoyda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto
24 yanvar 2024, 17:19

Xitoyda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto

Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘sha yerda Xitoy raisi Si Szinpin va Shavkat Mirziyoyevning muzokaralari boshlandi. Foto.

Korean Air aviakompaniyasi Seul va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni to‘xtatadi
24 yanvar 2024, 16:47

Korean Air aviakompaniyasi Seul va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni to‘xtatadi

Janubiy Koreyaning Korean Air aviakompaniyasi 1-martdan Seul — Toshkent — Seul yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni to‘xtatadi. Parvozlar 2008-yilda boshlangandi. Kompaniya vakolatxonasining xabar berishicha, bunga yo‘lovchilar oqimining kamligi sabab bo‘lgan.

Xitoy Eksimbanki Toshkentda mintaqaviy ofis ochishni rejalashtirmoqda
24 yanvar 2024, 16:22

Xitoy Eksimbanki Toshkentda mintaqaviy ofis ochishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Eksport-import banki raisi o‘rtasidagi uchrashuvda bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish va boshqa rejalari ko‘rib chiqildi. Bu bank O‘zbekistonga qarz bergan eng yirik kreditorlardan biri hisoblanadi.

Samarqand shahri uchun 94 ta elektrobus 2024-yilning birinchi yarmida keltiriladi
24 yanvar 2024, 16:14

Samarqand shahri uchun 94 ta elektrobus 2024-yilning birinchi yarmida keltiriladi

2024-yilda Samarqandga 94 ta — birinchi chorakda 30 ta, ikkinchi chorakda 64 ta elektrobus keltiriladi. 6 ta elektrobus o‘tgan yilning mayida kelgan, qolganlari yil oxirigacha yetkazib berilishi kutilgandi. Shaharda avtobus saroyi rekonstruksiya qilinib, haydovchilar malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.

“Rus propaganda telekanallarini O‘zbekistonda cheklash kerak”. Faollar rossiyalik tarixchining o‘zbek millati haqidagi fikriga munosabat bildirdi
24 yanvar 2024, 15:39

“Rus propaganda telekanallarini O‘zbekistonda cheklash kerak”. Faollar rossiyalik tarixchining o‘zbek millati haqidagi fikriga munosabat bildirdi

Rossiyalik tarixchi Mixail Smolin NTV telekanalida “1917-yilgacha o‘zbek millati bo‘lmagan” deya ta’kidladi. O‘zbek jamoatchiligi bunga javoban Rossiyaning propaganda telekanallarini cheklash va qarshi chora ko‘rish kerakligini aytmoqda. Rossiya TIV Mixail Smolin fikrini “g‘alati” deb atadi.

O‘zbek-qirg‘iz avtozavodining ishga tushirilishi yana ortga surilmoqda
24 yanvar 2024, 14:39

O‘zbek-qirg‘iz avtozavodining ishga tushirilishi yana ortga surilmoqda

O‘zbek-qirg‘iz qo‘shma avtomobil zavodini ishga tushirish yana ortga surildi. Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vazirining so‘zlariga ko‘ra, bunga ob-havo sharoiti sabab bo‘lmoqda. Ishga tushirishning yangi muddati 2024-yilning birinchi yarmi bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Xitoyning CNPC korporatsiyasini yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etishga jalb qilishi mumkin
24 yanvar 2024, 13:27

O‘zbekiston Xitoyning CNPC korporatsiyasini yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etishga jalb qilishi mumkin

Prezident Xitoyning CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi bilan O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy burg‘ilash texnologiyalarini joriy qilish kabi masalalarni muhokama qildi.

O‘zbekiston strategik xomashyoni qayta ishlash loyihalarida OIIBdan ko‘mak kutmoqda
24 yanvar 2024, 12:56

O‘zbekiston strategik xomashyoni qayta ishlash loyihalarida OIIBdan ko‘mak kutmoqda

Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki rahbari bilan uchrashuvda strategik xomashyoni chuqur qayta ishlash loyihalari va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni moliyalashtirish hajmini oshirish muhimligini qayd etdi.

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1-fevraldan joriy etiladi
24 yanvar 2024, 12:38

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1-fevraldan joriy etiladi

Qonunchilikka amal qilib ishlayotgan tadbirkorlarni aniqlash va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi 1-martdan emas, 1-fevraldan joriy etilishi belgilandi. Tadbirkorlar reyting doirasida 4 ta toifaga ajratiladi va shunga mos ravishda rag‘batlantiriladi.

Namanganda xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan bog‘cha direktori jarimaga tortildi
24 yanvar 2024, 12:33

Namanganda xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan bog‘cha direktori jarimaga tortildi

Pop tumanidagi bog‘chada muassasa direktori xodimlarni xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb qilgani aniqlandi. Unga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Respublika bo‘ylab jami 18 ming dollarning noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
24 yanvar 2024, 11:43

Respublika bo‘ylab jami 18 ming dollarning noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan reydlar davomida noqonuniy ravishda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular jami 18 ming AQSh dollarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan.

“Undan voz kechilsa, havo toza bo‘lib qolmasa kerak?” Haydovchilar Ai-80 benzini taqiqlanishi bo‘yicha qanday fikrda?
24 yanvar 2024, 11:41

“Undan voz kechilsa, havo toza bo‘lib qolmasa kerak?” Haydovchilar Ai-80 benzini taqiqlanishi bo‘yicha qanday fikrda?

Toshkent havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha berilgan takliflar orasida Ai-80 benzinini taqiqlash ham bor. Bu markadagi benzin boshqalariga qaraganda arzonligi sababli ommabop. Xo‘sh, bu o‘zgarishga haydovchilarning munosabati qanday? “Gazeta.uz” bu bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.

Rossiyada migrantlar o‘tirib yurishga majburlangani holati nazoratga olindi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
24 yanvar 2024, 10:43

Rossiyada migrantlar o‘tirib yurishga majburlangani holati nazoratga olindi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Yekaterinburgdagi qurilish obyektlaridan birida o‘tkazilgan reyd chog‘ida mehnat patentiga ega bo‘lmagan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Ularga huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatilishi qayd etildi.

O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi yozuvlarida nega o‘zbek tilidan foydalanilmadi? Vazirlik izohi
24 yanvar 2024, 10:25

O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi yozuvlarida nega o‘zbek tilidan foydalanilmadi? Vazirlik izohi

Pekinda o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumidagi ekran va banner yozuvlarida o‘zbek emas, balki rus tilidan foydalanilgani jamoatchilikda savol uyg‘otdi. Oliy ta’lim vazirligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, “qulaylik nuqtai nazaridan forumning rasmiy tili xitoy va rus tillari etib belgilangan”.

Andijon tumani sobiq hokimining jazosi yengillashtirildi
24 yanvar 2024, 09:49

Andijon tumani sobiq hokimining jazosi yengillashtirildi

Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev bir yil avval 2 yilga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi. Bir hafta oldin sud uni muddatidan ilgari (1 yildan ortiq) mas’ul lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan shartli ozod qildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy hukumati rahbari bilan uchrashdi
24 yanvar 2024, 09:24

Shavkat Mirziyoyev Xitoy hukumati rahbari bilan uchrashdi

Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan uchrashdi. Ular infratuzilmani modernizatsiya qilish, “yashil” energetika, aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish kabilarni muhokama qildi.

“Odamlar aniq qo‘rqib ketgandi”. Olmaota tungi zilziladan qanday omon qoldi? Guvohning kechinmalari
24 yanvar 2024, 01:31

“Odamlar aniq qo‘rqib ketgandi”. Olmaota tungi zilziladan qanday omon qoldi? Guvohning kechinmalari

Kecha tunda Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Olmaotada 5 ballni tashkil qildi. Shahar aholisi vahima ichida ko‘chalarga yugurib chiqdi, yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi. Olmaotaliklar tunda qanday omon qolgani — “Gazeta.uz” materialida. Biz voqea guvohi bilan suhbatlashdik.

Toshkentdagi bog‘chada qizlarga tegajog‘lik qilgan direktorning o‘g‘li 6 yilga qamaldi
24 yanvar 2024, 00:18

Toshkentdagi bog‘chada qizlarga tegajog‘lik qilgan direktorning o‘g‘li 6 yilga qamaldi

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 230-sonli bog‘cha direktorining o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani aytilayotgandi. Sud unga nisbatan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jazo tarbiya koloniyalarida o‘taladi.

“Sobiq MXX binosidagi holat takrorlanmaydi” — Madaniy meros agentligi direktori “Sharq” nashriyoti binosi sotuvi haqida
23 yanvar 2024, 23:20

“Sobiq MXX binosidagi holat takrorlanmaydi” — Madaniy meros agentligi direktori “Sharq” nashriyoti binosi sotuvi haqida

“Sharq” nashriyoti binosi xususiylashtirilishi tufayli madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarildi. Xususiylashtirish ishi tugagach, madaniy ahamiyatini saqlab qolgan binolar (O‘zA ham) muhofaza qilinadi. “Sharq” binosi taqdiri unga yaqin joydagi buzib tashlangan sobiq MXX binosi kabi bo‘lmasligi aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting