2023-yilda “O‘zmilliybank” AJ ko‘plab ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirib, hududlarning xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda ishtirok etdi.
BMTga ko‘ra, 2024-yilda global iqtisodiyotning o‘sish sur’ati 2,4% gacha sekinlashadi. Hisobotda aytilishicha, to‘siqlar sirasiga yuqori foiz stavkalari, konfliktlarning kuchayishi, sust xalqaro savdo va iqlim falokatlari kabilar kiradi.
“O‘zbekiston shampani” aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushi 72 milliard so‘mga sotildi. Shampan, gazli va ko‘piklanadigan vinolar ishlab chiqaruvchi zavodning xaridori Euro Pack kompaniyasi bo‘ldi.
AQSh Mehnat munosabatlari kengashi SpaceX kompaniyasini Ilon Maskning ommaviy xatti-harakatlarini tanqid qilib xat yozgan bir qancha xodimlarni noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatishda aybladi.
O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlariga dekabr oyidagi maoshlarini to‘lash kechikmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi buni buxgalteriya hisobini yuritish yangi tizimiga o‘tgani bilan izohladi va besh ish kuni ichida ish haqini to‘liq moliyalashtirishga ishontirdi.
Turkiyada kuchli zilziladan deyarli bir yil o‘tib bino qulashi bo‘yicha birinchi sud jarayoni boshlandi. Adiyamandagi mehmonxona qurilishida sovuqqonlikka yo‘l qo‘yganlikda ayblangan 11 nafar shaxs sudlanmoqda. Mehmonxona vayron bo‘lishi oqibatida 72 kishi, jumladan, 24 bola halok bo‘lgan.
Toshkent shahri Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudining sobiq sudyasi harakatsizlik, dalillarni soxtalashtirish, tovlamachilik va adolatsiz hukm chiqarishda gumonlanmoqda.
Namangan viloyati Chortoq tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi. Dekabr oyi oxirida ham xuddi shu viloyatda kuchsiz zilzila qayd etilgandi.
“O‘zbekneftgaz” rahbari Bahodirjon Sidiqov kompaniyaning kredit reytingi pasaygani va S&P xalqaro reyting agentligi prognozi yomonlashgani haqidagi savolga javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniyaga “vaziyatni to‘g‘rilash” uchun signal bo‘ldi.
Toshkent shahrida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan kamida 4 nafar yigit mashinalarda xavfli harakatlar sodir etdi. Sud ularga nisbatan BHMning 1 baravari miqdorida jarima va 15 sutka qamoq jazosini tayinladi. Yigitlarning ota-onalariga ham chora ko‘rildi.
Toshkentning ikki tumanida iste’molchilar issiq suvda qora zarralar paydo bo‘lganidan shikoyat qildi. Veolia Energy Tashkent bunga 1-IM qozonxonasidagi suvni tozalash filtridan sulfatlangan ko‘mir chiqishi sabab bo‘lganini bildirdi. Kompaniya hisoblagichlarga texnik xizmat ko‘rsatishga tayyor.
Asialuxe Travel Turkiyadagi ilg‘or mehmonxonalarning eksklyuziv vakiliga aylandi. Turoperator mehmonxonalarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishishni va dam olishni maksimal darajada foyda bilan band qilishni taklif qilmoqda.
Toshkent shahri sudida bir oylik tanaffusdan so‘ng “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud qayta boshlandi. Unda Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi dorilari iste’moli oqibatida 18 bola nogironlik orttirib olgani, zaharlanish sabab yana 3 bola vafot etgani ma’lum qilindi. Sudlanuvchilar ikki nafarga ko‘paydi.
2023-yilda O‘zbekistonda 283 ming 788 ta nikoh qayd etilib, ularning 85 ming 279 tasida (30 foiz) ayol eriniing familiyasiga o‘tdi. 74 nafar erkak 70 yoshdan keyin, 4418 nafar erkak esa 20 yoshgacha farzandli bo‘ldi.
Adliya vazirligi 2023-yil O‘zbekistonda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Muhammadali, qizlarga esa Soliha ismi qo‘yilganini ma’lum qildi. Ushbu ismlar avvalgi yillarda ham yetakchilik qilgandi.
Markaziy bank 1-iyuldan qarz yuki hisobini barcha kreditlar kesimida joriy etishni rejalashtirmoqda. Regulyator bu sanadan boshlab ortiqcha qarz yukining oldini olish maqsadida qarz beruvchilarga mijozlarining qarz yuki 60 foizdan oshib ketmasligi bo‘yicha talab qo‘ymoqchi.
KXDR Janubiy Koreyaning Pengnyong va Yonpyong orollari tomon 200 ga yaqin snaryad uchirdi. Janubiy Koreya hukumati buni “provokatsiya” deb atadi va mahalliy aholi evakuatsiya qilinishini bildirdi.
Samarqandda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi fuqarodan 10 ming dollar olganlikda gumonlanmoqda. U fuqaroga AQSh elchixonasidagi tanishlari orqali viza olib berish va uni Qo‘shma Shtatlarga yuborishini aytgan. DXX bunday holatlarni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham aniqladi.
Elektr iste’moli (10−15 kVt) uchun quvvat chegarasining bekor qilinishi Toshkent elektr tarmoqlarida avariyalar sonini bir necha barobarga oshirdi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Vazirlik hisoblagichlarning dasturiy ta’minotini takomillashtirmoqda.
Namanganda may oyida sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirgan erkakka nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 17 yil 6 oyida qamoq jazosini oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting