Toshkentda pochtachi bo‘lib ishlagan 32 yoshli Olga Leonteva 24-iyul kuni xatlarni o‘z manziliga yuborganidan so‘ng uyiga qaytmagan. Uning jasadi 28-iyulga o‘tar kechasi yangi binolardan birining liftidan topildi. Bosh prokuratura holatni o‘rganmoqda.
Bunyodkor shohko‘chasidagi 16 qatordan iborat yo‘ldan o‘tkazilgan xavfli piyodalar o‘tish joyi 250 metr uzoqroqqa ko‘chirildi. Mutasaddilar uning o‘rnida yerusti piyodalar o‘tish joyini qurishni taklif qilmoqda.
Yarim yil davomida Toshkent viloyatida OIV infeksiyasi bilan kasallangan shaxslar infeksiyani qasddan o‘zga shaxsga yuqtirish bilan bog‘liq 20 ta holat aniqlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIBB.
Toshkent shahrining Istirohat ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan 147-yo‘nalishdagi Yutong avtobusiga “ZIL” haydovchisi uni o‘ng tomondan quvib o‘tmoqchi bo‘lganida shikast yetdi.
Prezident Farg‘onada ishlab chiqarish bo‘lgan davlat obyektlari xususiylashtirilib, o‘rnida yakka tartibdagi uy-joylar qurilayotganini tanqid qildi. Shu sababdan endi sanoat maqsadlari uchun mo‘ljallangan yerlar toifasi faqat Hukumat komissiyasi roziligi bilan o‘zgaradi.
Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi O‘zbekistonda 2,3 milliondan ziyod it va 46 mingdan ortiq mushuk yashashini ma’lum qildi.
Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda 50−70 ming atrofida daraxtni kesishga ruxsat berish bo‘yicha murojaat kelib tushgani, biroq bunga rad javobi berilganini ma’lum qildi. Hokimliklarga yuborilgan javoblardan so‘ng Buxorodagi qurilish kompaniyasi vakillari loyihani o‘zgartirishlarini bildirdi.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha kuzatilgan juda issiq ob-havodan so‘ng, payshanba kuni nisbatan salqin havo kirib kela boshladi. Dam olish kunlarida Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Tolimarjon IESda umumiy quvvati 1 GVt dan ortiq bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi qurilishi boshlandi. Ularni ishga tushirish 2025-yil oxirigacha rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 771,8 mln dollarga baholanmoqda.
Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi temir yo‘l kesishmasida elektrovoz yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
Tijorat banklari 28-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 540−11 590 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650−11 660 so‘m.
“Roma” Eldor Shomurodovni A Seriyaning boshqa klubi — “Kalyari”ga keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga berdi. Shomurodov klubdagi birinchi o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisining yangi jamoasi quyi ligada bir mavsum o‘tkazib, Italiyaning yuqori divizioniga qaytgandi.
2023−2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlari 1-avgustdan boshlanib, 13-avgustda to‘liq yakunlanadi. Imtihonlar kuniga 2 smenada o‘tkaziladi.
JPMorgan oltin narxi 2024-yilda rekord darajaga — bir unsiyasi 2175 dollargacha ko‘tarilishini kutmoqda. Bu, ekspertlarning fikriga ko‘ra, yaqinda asosiy stavkani 22 yil ichida maksimal darajaga ko‘targan AQSh Federal zaxira tizimining pul-kredit siyosatini yumshatishi fonida sodir bo‘ladi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Azizbek Ikramov Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Avgustdan alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etiladi. Eski namunadagi aksiz markalaridagi mahsulotlarni 5 oy mobaynida sotishga ruxsat beriladi. 2024-yil 1-noyabrdan eski namunadagi aksiz markasidagi mahsulotlar savdosiga qarshi kurashish boshlanadi.
Termizning sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U Jinoyat kodeksining 7 ta moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Shuningdek, 17 nafar sudlanuvchiga ham turli darajada jazolar tayinlandi.
O‘zbekistonning kambag‘allik yuqori nuqtalari, svetofor o‘rnatmaslikni ma’qul ko‘rayotgan hukumat, Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi ehtimoli, rekonstruksiyasi 2024-yil oxirida tugaydigan Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat IIB va soliq boshqarmasi boshliqlari, Rishton tumani va Marg‘ilon shahar hokimlari ishdan olindi. Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, Bag‘dod, Quva va Buvayda tumanlari hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.
Markaziy bank raisi O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda budjet xarajatlari ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Yanvarning 8 kunida budjet taqchilligi yillik kutilmaning 20 foiziga yetgandi. Shundan so‘ng Iqtisodiyot vazirligi daromad va xarajat bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting