“Gazeta.uz” e’tibor qaratgan Qashqadaryodan 60 tonna chigit olib chiqishda taqiqqa uchragan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi. Bu haqda Biznes ombudsman ma’lum qildi. Avvalroq deputatlar shu masala yuzasidan viloyat hokimligi va IIVga so‘rov yuborgandi.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket oltinchi oyda kamayib, 2020-yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichga — 31,04 milliard dollarga yetdi. sentabr oyida zaxiralar 1,65 milliard dollarga kamaydi, yil boshidan esa mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 4,7 milliard dollarga kamaydi.
Huquq-tartibot idoralari iyul oyi oxirida tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan bloger Olimjon Haydarov ustidan tergovni yakunlab, ishni sudga yuborgan. Unga tuhmat va haqorat kabi yangi ayblovlari qo‘yilgan.
Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida 18 yoshli Spark haydovchisi Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi. Piyodalar turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.
UzAuto Motors Chevrolet Captiva 5 avtomobili narxlarini e’lon qildi. Avtomobil LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida taqdim etiladi.
Sosiska va pishloqli yoki pomidor va mol go‘shtidan qilingan vetchinali pitsa, yopiq “Salzone”, “Sezar”, “Margarita” hamda “Pepperoni” va boshqalar — ZIra.uz mazali pitsa tayyorlash retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchragani haqida yozgandik. Holat yuzasidan O‘zLiDeP deputatlari To‘lqinjon Karimov va Batirbek To‘razoda Qashqadaryo viloyati hokimligi va Ichki ishlar vazirligiga deputatlik so‘rovi yubordi.
Toshkentning Yunusobod tumanida Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 70 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.
Antarktidagi shelf muzliklari so‘nggi 25 yil ichida 40 foiz hajmini yo‘qotdi va ularning qariyb yarmida “qayta tiklanish alomatlari yo‘q”. Tadqiqotchilar buni iqlim inqirozining natijasi deb hisoblamoqda.
2021-yildan 2023-yilgacha AQSh hukumati tomonidan “alohida qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar” sifatida tasniflangan o‘n minglab muhojirlar Meksika orqali AQShga noqonuniy kirishga harakat qilishgan. Qo‘lga olinganlarning 13 mingdan ortig‘i O‘zbekiston fuqarolaridir.
Qashqadaryoning Mirishkor tumanida bir erkak baliq ovlash vaqtida cho‘kib ketdi. Uning jasadi Sechanko‘l sun’iy suv omboridan topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Poytaxtda havo harorati keskin pasayib, +10 darajagacha tushdi. 13-oktabrga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘ib, kunduzi tomchilab turdi. Salqin tushishi bilan haqiqiy kuz kirib kelganini his qilish mumkin. Toshkentning kuzgi ko‘chalari — “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin obyektivida.
Bishkekdagi MDH sammitida qatnashgan Shavkat Mirziyoyev, tog‘larda yog‘gan qor, metroda o‘zini relsga tashlagan talaba qiz, yana avtobus bilan to‘qnashuv, O‘zbekiston konlarida quduqlarni burg‘ilashda ko‘maklashuvchi Rossiya kompaniyasi, bolalarni himoyalovchi qonun loyihasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.
Sakkizta kinopremera, Welcome to Dreamsland ko‘rgazmasi, Mirshakar Fayzulloyev shousi, “Bravo” konserti, teatrlardagi spektakllar, ijodiy mahorat darslari, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
“Alisher Navoiy” metro bekatida poytaxtdagi OTMlardan birida o‘qiydigan 18 yoshli talaba qiz poyezd yaqinlashib kelayotgan vaqtda o‘zini rels ustiga tashladi. Mashinist poyezdni to‘xtata oldi, IIO xodimlari qizni platforma ustiga olib chiqishdi. Qiz jarohat olmadi.
O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekgidroenergo” GESlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun 2022-yildan boshlab amalda bo‘lgan tariflarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Tariflar ushbu kompaniyaning investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun yetarli darajada bo‘lishi kerak.
MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni MDH Faxriy nishoni bilan taqdirladi. Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevning do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi.
Bishkekdagi MDH majlisida qatnashgan Shavkat Mirziyoyev hamdo‘stlik mamlakatlarida cheklovlarsiz erkin savdo hududini shakllantirish uchun shartnoma qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi va iqlim o‘zgarishi kabi yo‘nalishlarda ham taklif bildirdi.
Marg‘ilon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga 431,7 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan fuqaro aniqlandi.
Lenovo Day Tashkent sanoat forumida IDC, Intel hamda Veeam kompaniyalari vakillari ishtirok etib, Markaziy Osiyodagi IT-bozorining tendensiyalari va mavjud muammolarinini muhokama qildilar.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting