Sanksiyalar ostidagi Rossiya qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekistondan tovarlar importini salkam 40 foizga oshirdi, deb yozmoqda The Bell. Bunga parallel tarzda Yevropaning mintaqaga eksporti, ayniqsa, mikroelektronika, transport uskunalari, kompyuter va boshqa elektron uskunalar eksporti o‘sdi.
Mirobod tumanida ayol farzandiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni kaltakladi. Ayol o‘sha vaqtda yaqinlaridan noxush xabar eshitib, asabiy holatda bo‘lganini aytdi. Tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlandi.
Yunusobod tumanida 82-sonli yo‘lovchi avtobusi Nexia-3 bilan to‘qnashib, xavfsizlik orolchasiga chiqib ketdi. “Toshshahartransxizmat” YTH asosiy yo‘ldan avtobus yo‘liga o‘tib ketgan yengil avtomobilning xatosi tufayli sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Jarohatlanganlar yo‘q.
Juma kuni O‘zbekiston prezidenti MDH sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonning Bishkek shahriga yetib bordi. Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokara o‘tkazdi. Ular savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirishni muhokama qildi.
Yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni shaftoli (nektarin), gilos, piyoz, uzum, mayiz, o‘rik, qovun, tarvuz hamda pomidor egalladi. Mamlakat meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozori Rossiya bo‘lib turibdi.
“O‘zbekneftgaz” konlarida quduqlarni qurish va undan foydalanish loyihasiga “Gazpromneft” operatorlik qiladi. Kompaniya texnologiyalari, tajribasi quduqlarni qurish vaqtini 20 foizdan ko‘proq muddatga qisqartirishga yordam berishi aytilmoqda. Bu bo‘yicha rus kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” shartnoma imzoladi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Ertalab harorat +3 darajagacha pasayadi, yakshanba kuni kunduzi +20 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
O‘zbekistonda Mehribonlik va “Muruvvat” uylari, tutingan oilalarda tarbiyalanayotgan 1,5 mingdan ortiq bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etish xavfi yuqori hisoblanadi. Bundan tashqari, so‘nggi 3 yilda 2072 nafar shaxs ota-onalik huquqidan mahrum qilindi, ularning 86 foizi ota-onalik majburiyatini bajarmagan.
Prezident farmoni bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ilgari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lgan vakolatlar berildi. Endi vazirlik davlat sanoat siyosati uchun mas’ul bo‘ladi, Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazini qaytarib oladi.
13-oktabrning erta tongidan Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining tog‘li hududlarida qor yog‘a boshladi. Qamchiq dovonida qorning yerga yuqishi tezlashgan. YHXX haydovchilardan oraliq masofani saqlab, tezlikni me’yoridan oshirmaslikni so‘radi.
Nurmat Otabekov SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Xizmat qo‘mitaga aylangani munosabati bilan Botirjon Qurbonov va Qobiljon Hayitov qo‘mita raisi o‘rinbosarlari lavozimiga qayta tayinladi.
Rossiyaning Saransk shahrida giyohvand modda savdosida gumonlangan 55 yoshli o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi. U ko‘p yillar avval O‘zbekiston ichki ishlar organlarida ishlagan va 2005-yilda ishdan bo‘shaganidan so‘ng oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan.
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov 2017-yilgacha Markaziy Osiyoda birlashish haqida gapirishning imkoni bo‘lmaganini ta’kidlab, mintaqada musodara va cheklovsiz to‘liq erkin savdo zonasini shakllantirishga chaqirdi.
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi, Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ning advokatlari ularga tergovchi tomonidan bosim bo‘layotganini aytib, suddan ularni himoyaga olishni so‘radi. S.K.ga uning himoya pozitsiyasiga ta’sir qiladigan holatlar bo‘lsa, murojaat qilishi mumkinligi bildirildi.
O‘zbekistonda endilikda kutib olish va kuzatib qo‘yishda fuqarolarga vokzallarga pasportsiz kirishga ruxsat etiladi. Perron va poyezdlar bundan mustasno.
O‘zbekistonning Londondagi elchisi Said Rustamov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U bu lavozimda 2019-yil oktabridan beri ishlab kelmoqda.
Kuzgi daraxt ekish mavsumini e’lon qilgan prezident, O‘zbekistonni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashga chaqirgan Yevroparlament, sobiq eri tomonidan 5 soat kaltaklangan ayol, 16-oktabrdan tiklanadigan shimoliy vokzal faoliyati va boshqalar — “Gazeta.uz”n ing kun dayjestida.
Qirg‘iziston Rossiya bilan birlashgan HHM tizimini yaratish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Hujjat “har ikki davlat havo hududining ishonchli himoyasini ta’minlaydi” va “Qirg‘izistonning RF bilan strategik munosabatlarni mustahkamlashga sodiqligini tasdiqlaydi”, — deya ta’kidladi Sadir Japarov matbuot xizmati.
Niderlandiya Yango taksi xizmatini (Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasiga tegishli) RF maxsus xizmatlari uning yordamida yevropalik foydalanuvchilar ma’lumotlarini yig‘ishi mumkinligi borasidagi xavotirlar sabab tekshirishni boshladi. Kompaniya regulyator bilan hamkorlik va YeI talablariga rioya qilayotgani bildirdi.
YeI va BMT Taraqqiyot dasturi amalga oshirgan O‘zbekistonda vaqtincha yashayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbga tayyorlash bo‘yicha loyihaning birinchi bosqichida 330 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Termizda loyihaning 400 nafar Afg‘oniston fuqarosini qamrab olgan ikkinchi bosqichi boshlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting