«Urush Putinning birgina qarori bilan bugunoq tugashi mumkin» — AQSh davlat kotibi
2 mart 2023, 11:26

«Urush Putinning birgina qarori bilan bugunoq tugashi mumkin» — AQSh davlat kotibi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya-Ukraina urushi Putinning birgina qarori bilan yakunlanishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, Xitoyni Rossiya tashviqotini ilgari surib, xalqaro tashkilotlarda uning manfaatlarini himoya qilishda aybladi.

«Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik qancha ko‘p bo‘lsa, bozor shuncha kuchli bo‘ladi» — Entoni Blinken
2 mart 2023, 11:10

«Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlik qancha ko‘p bo‘lsa, bozor shuncha kuchli bo‘ladi» — Entoni Blinken

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdoni diversifikatsiya qilish va hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi. U, shuningdek, mintaqa davlatlari Rossiyaning sanksiyalarni aylanib o‘tishi borasidagi harakatlarini oldini olish borasidagi faoliyatini e’tirof etdi.

Mart oyi iliq va yomg‘irli o‘tadi
2 mart 2023, 10:48

Mart oyi iliq va yomg‘irli o‘tadi

O‘zbekistonda mart oyi iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari +5…+12 daraja, kunduzi +10…+25 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Banklarda dollar kursi yana oshdi
2 mart 2023, 10:06

Banklarda dollar kursi yana oshdi

Tijorat banklari 2 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 280 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 405 so‘m.

Surxondaryoda yuk mashinasi kanalga tushib ketdi
2 mart 2023, 09:58

Surxondaryoda yuk mashinasi kanalga tushib ketdi

Jarqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga yuk mashinasi tushib ketdi. Mashina FVBning yong‘in qutqaruv otiryadi yordamida chiqarib olindi.

QQS stavkasining 12% ga tushirilishi narxlar pasayishiga olib kelmadi — PMTI
2 mart 2023, 09:41

QQS stavkasining 12% ga tushirilishi narxlar pasayishiga olib kelmadi — PMTI

«O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15% dan 12% ga tushirilishi narxlarning tegishli ravishda tushishiga olib kelmagan», — demoqda PMTI ekspertlari. Bunga yashirin iqtisodiyot ulushi kattaligi, raqobat shakllanib ulgurmagani va boshqa omillar sabab sifatida keltirildi.

1 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 mart 2023, 22:00

1 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

1 martdan nimalar o‘zgarishi, bankrot bo‘lgan «Turkistonbank», piyodalar uchun sariq jilet haqidagi yolg‘on xabarlar, Nukus voqealarining navbatdagi figurantlariga qo‘yilgan ayblar, Toshkentga kelgan AQSh davlat kotibi, tezlik 60 km/soatga tushiriladigan hududlar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

DXXning Toshkentdagi sobiq binosi o‘rnida 22 qavatli Radisson mehmonxonasi quriladi
1 mart 2023, 21:08

DXXning Toshkentdagi sobiq binosi o‘rnida 22 qavatli Radisson mehmonxonasi quriladi

Radisson Hotel Group kompaniyasi Metropol Group bilan Toshkentda o‘z mehmonxonasini qurish bo‘yicha bitim imzoladi. 22 qavatli majmua «Brodvey»da, DXXning sobiq binosi o‘rnida barpo etiladi.

YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish tizimini yaxshilashga kredit ajratdi
1 mart 2023, 20:29

YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish tizimini yaxshilashga kredit ajratdi

YTTB Farg‘ona vodiysida sug‘orish samaradorligini oshirish uchun qariyb 200 mln dollar miqdorida kredit ajratdi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 118 ta eskirgan nasos stansiyalari yangi jihozlar o‘rnatgan holda modernizatsiya qilinadi.

Toshkentda «Yashil makon» loyihasining bahorgi mavsumida 625 ming dona daraxt va buta ekiladi
1 mart 2023, 20:27

Toshkentda «Yashil makon» loyihasining bahorgi mavsumida 625 ming dona daraxt va buta ekiladi

«Yashil makon» loyihasining bahorgi mavsumi boshlandi. Bu davrda poytaxtda 625 ming dona manzarali, mevali va boshqa turdagi daraxt hamda buta ko‘chatlarini ekish belgilangan. Shuningdek, yil davomida 100 gektar maydonda yangi bog‘ tashkil qilinadi.

«Qozog‘iston ayni paytda Rossiyadan hech qanday xavf yoki tahdid ko‘rayotgani yo‘q» — Qozog‘iston TIV rahbari
1 mart 2023, 20:06

«Qozog‘iston ayni paytda Rossiyadan hech qanday xavf yoki tahdid ko‘rayotgani yo‘q» — Qozog‘iston TIV rahbari

Qozog‘iston o‘z hududidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi, deya ma’lum qildi mamlakat TIV rahbari Muxtar Tleuberdi. Qozog‘iston hozircha Rossiyadan xavf yoki tahdidni sezayotgani yo‘q, dedi u Ostonada AQSh davlat kotibi bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha.

«Erkin OAV uchun shart-sharoit yaratish — propagandaga eng yaxshi javobdir» — AQSh davlat kotibi
1 mart 2023, 19:51

«Erkin OAV uchun shart-sharoit yaratish — propagandaga eng yaxshi javobdir» — AQSh davlat kotibi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Toshkentda jurnalistlarga bergan intervyusida tashqi propaganda va dezinformatsiyaga qarshi kurashishda mustaqil va ochiq OAV uchun sharoit yaratish zarur ekanini qayd etdi. «Odamlarga nima to‘g‘ri va nima noto‘g‘riligini o‘zlari hal qilish imkoniyatini berish kerak», — dedi u.

Sirdaryoda elektr qarmoqda baliq ovlab, tabiatga 86 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan brakonerlar aniqlandi
1 mart 2023, 18:10

Sirdaryoda elektr qarmoqda baliq ovlab, tabiatga 86 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan brakonerlar aniqlandi

Xovos tumani va Yangiyer shahrida baliq ovlashga qarshi o‘tkazilgan reydda hayvonot dunyosiga 80 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgan brakonerlar ushlandi. Ular elektr qarmoq bilan 8 turdagi 104 dona baliqlarni ovlagan.

AQSh davlat kotibining O‘zbekistonga tashrifi qanday o‘tdi?
1 mart 2023, 18:01

AQSh davlat kotibining O‘zbekistonga tashrifi qanday o‘tdi?

AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning O‘zbekistonga tashrifi TIV rahbari v.b. Baxtiyor Saidov bilan uchrashishdan boshlandi. U «Hast Imom» majmuasiga bordi va Access dasturi talabalari bilan ko‘rishdi. Qolaversa, Blinken Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ldi, keyin esa OAV vakillari bilan uchrashdi.

«Turkistonbank» bankrot deb e’lon qilindi
1 mart 2023, 17:38

«Turkistonbank» bankrot deb e’lon qilindi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi qarori bilan «Turkistonbank» bankrot deb topildi. Bankni tugatish komissiyasi ham o‘z faoliyatini yakunladi.

O‘zbekiston prezidenti AQSh davlat kotibini qabul qildi
1 mart 2023, 17:34

O‘zbekiston prezidenti AQSh davlat kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion va innovatsion hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Amerika yetakchi kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Piyodalar sariq jiletdan foydalanishi kerakligi haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — IIV
1 mart 2023, 17:25

Piyodalar sariq jiletdan foydalanishi kerakligi haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi — IIV

Tarmoqlarda piyodalar uchun sariq jiletlardan foydalanish tartibi joriy etilishi haqida xabarlar tarqaldi. IIV bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, tartib tavsiyaviy ahamiyatga egaligini bildirdi.

Nukus voqealari bo‘yicha yangi ish figurantlariga 5 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi berish so‘raldi
1 mart 2023, 17:14

Nukus voqealari bo‘yicha yangi ish figurantlariga 5 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi berish so‘raldi

Prokuror suddan Nukus voqealari bo‘yicha sudlanayotgan 37 nafar shaxsga 5 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 2 nafariga esa ozodlikni cheklash jazosi berishni so‘radi. Advokatlardan biri prokuraturaning ayblovlaridagi barcha moddalar ularni rad etuvchi dalillarga qaramay o‘zgarishsiz qolganini aytdi.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 1-martdan boshlamaydi — Energetika vazirligi
1 mart 2023, 15:09

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini 1-martdan boshlamaydi — Energetika vazirligi

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importi 1-martdan boshlanmaydi, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Ishchi guruhlar imzolangan “yo‘l xaritasi” doirasida o‘rganishni davom ettirmoqda. Hozircha aniq kelishuvga erishilmagan.

Gretsiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi
1 mart 2023, 14:48

Gretsiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi

Gretsiyada yo‘lovchi va yuk poyezdlarining to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 85 kishi jarohat oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting