Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Natalya Germanni qabul qildi
14 fevral 2023, 18:13

Shavkat Mirziyoyev BMT vakili Natalya Germanni qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari lavozimidagi missiyasini yakunlayotgan Natalya Germanni qabul qildi.

Yoshlar nima xohlaydi?
14 fevral 2023, 17:43

Yoshlar nima xohlaydi?

Yoshlar davlat va jamiyatdan nima istaydi? YouTube’dagi «Ular» loyihasining yangi soni shu mavzudagi muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik davlatdan erkinlik va qonun ustuvorligini ta’minlashni, jamiyatdan esa shaxsiy hayotga «burun suqmaslik»ni so‘ragan. «Gazeta.uz» yoshlarning fikrlarini bir sahifaga jamladi.

Qoraqalpog‘iston investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Azamat Oteuliyev tayinlandi
14 fevral 2023, 17:36

Qoraqalpog‘iston investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Azamat Oteuliyev tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo vaziri lavozimiga Oteuliyev Azamat Abilkasimovich tayinlandi.

Oliy ta’lim vaziri ishsiz bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan universitetlar yopilishini bildirdi. Munosabatlar
14 fevral 2023, 16:54

Oliy ta’lim vaziri ishsiz bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan universitetlar yopilishini bildirdi. Munosabatlar

“Ishga joylashmagan bitiruvchilari ko‘p bo‘lgan nodavlat oliy o‘quv yurtlari sifatsiz ta’lim beruvchi muassasa sifatida tan olinadi va ularning faoliyati tugatilishi mumkin”, — dedi O‘zbekiston oliy ta’lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov. Bayonot tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘ldi. Vazirlik bunga javob qaytardi.

Toshkentda aholidan kommunal xizmatlar uchun yig‘ilgan 158,5 mln so‘mni o‘zlashtirgan shirkat aniqlandi
14 fevral 2023, 16:33

Toshkentda aholidan kommunal xizmatlar uchun yig‘ilgan 158,5 mln so‘mni o‘zlashtirgan shirkat aniqlandi

Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqarolardan kommunal to‘lovlar uchun yig‘ilgan 158,5 million so‘mni o‘zlashtirgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Farg‘onada Nexia-2 kanalga tushib ketdi
14 fevral 2023, 16:05

Farg‘onada Nexia-2 kanalga tushib ketdi

Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi «Baziquvur» kanaliga Nexia-2 avtomobili tushib ketdi. Voqeaga haydovchining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan. Mashina FVBning maxsus texnika va asbob-anjomlari yordamida chiqarib olindi.

O‘zbekistonning uch viloyatida 460 mln so‘mdan ortiq qalbaki pullar musodara qilindi
14 fevral 2023, 14:56

O‘zbekistonning uch viloyatida 460 mln so‘mdan ortiq qalbaki pullar musodara qilindi

Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida qalbaki banknotlarni tayyorlash va sotish bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar qo‘lga olinib, ulardan jami 462,4 million so‘mlik qalbaki pullar olib qo‘yildi.

Farg‘onada turk kompaniyasi 1000 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi qurishi mumkin
14 fevral 2023, 14:52

Farg‘onada turk kompaniyasi 1000 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasi qurishi mumkin

Turkiya kompaniyasi Farg‘ona viloyatida 1000 MVt quvvatga ega fotoelektr stansiyasini qurishi mumkin. Investorlarga ularni qurish uchun uchta tumanda joy tanlash taklif qilindi.

Toshkentda enaga 6 yoshli nogiron bolani kaltakladi
14 fevral 2023, 14:46

Toshkentda enaga 6 yoshli nogiron bolani kaltakladi

Tarmoqlarda Chilonzor tumanida enaga 6 yoshli nogiron bolani kaltaklagani aks etgan vider tarqaldi. Uni bolaning onasi fuqarolarni ogohlikka chaqirish uchun tarqatgani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan tuman IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Harbiy prokuratura Toshkent viloyatida harbiy xizmatchining o‘limida jinoyat tarkibini aniqlamadi
14 fevral 2023, 13:23

Harbiy prokuratura Toshkent viloyatida harbiy xizmatchining o‘limida jinoyat tarkibini aniqlamadi

Toshkent shahri harbiy prokuraturasi harbiy xizmatchi Mirjalol Imomovning o‘lim holatini o‘rganib, unda biror shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibini aniqlamadi. Tergovgacha tekshiruv materiallariga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan. Shu bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilishi rad etildi.

Surxondaryoda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi
14 fevral 2023, 11:24

Surxondaryoda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlarga sud hukmi o‘qildi

Termiz tumanida giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullangan 4 nafar shaxsga hukm o‘qildi. Ularga 12 yildan 14 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston barcha neft va gaz konlarini Rossiyaga bermagan — energetika vaziri
14 fevral 2023, 11:21

O‘zbekiston barcha neft va gaz konlarini Rossiyaga bermagan — energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston barcha gaz va neftga oid eksklyuziv huquqni Rossiyaga qarashli kompaniyaga 35 yilga bergani haqidagi ma’lumotni rad etdi. «Ekspluatatsiyada bo‘lgan konlarning asosiy qismi «O‘zbekneftgaz»ga tegishli», — dedi u.

2023-yilda Orol dengizining 100 ming gektar qurigan maydonida o‘rmonzorlar barpo etiladi
14 fevral 2023, 11:00

2023-yilda Orol dengizining 100 ming gektar qurigan maydonida o‘rmonzorlar barpo etiladi

Joriy yilda Orol dengizining qurigan 100 ming gektar maydonida himoya o‘rmonzorlari tashkil etiladi. Hukumat farmoyishiga ko‘ra, buning uchun bir qancha jamg‘armalar, tijorat banklari hamda Qoraqalpog‘iston budjetining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 25 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Chirchiq shahrida maktab binosining tashqi devori yorilgani sabab poydevor cho‘kdi
14 fevral 2023, 10:56

Chirchiq shahrida maktab binosining tashqi devori yorilgani sabab poydevor cho‘kdi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida maktab binosining tashqi devori yorilib, yomg‘ir suvlari bino poydevorining biroz cho‘kishiga sabab bo‘ldi. Qurilish vazirligining ma’lum qilishicha, yoriqlar ta’mirlangan. Pudratchiga bahorgi ta’tilda binoni qayta to‘liq ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

«Yer usti halqa yo‘li» metro yo‘nalishi bir kunga yopiladi
14 fevral 2023, 10:27

«Yer usti halqa yo‘li» metro yo‘nalishi bir kunga yopiladi

18 fevral kuni Toshkent metropolitenining «Do‘stlik-2» bekatidan to «Qo‘yliq» bekatigacha bo‘lgan qismi texnik ishlar sabab ishlamaydi. Harakat 19 fevraldan yana tiklanadi.

Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi
14 fevral 2023, 10:25

Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi

Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi. U 2017−2020-yillarda O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

Banklarda dollar kursi yana ko‘tarildi
14 fevral 2023, 09:58

Banklarda dollar kursi yana ko‘tarildi

Tijorat banklari 14 fevral kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 275 — 11 345 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 385 so‘m.

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi
14 fevral 2023, 09:39

Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

Seshanba kuni ertalab O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi. Epitsentr Dehqonobod tumani bo‘lib, uning magnitudasi 3,6 ni tashkil etdi.

O‘zbekiston energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
14 fevral 2023, 09:26

O‘zbekiston energetika vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston hukumati departamentini boshqargan Akmal Jumanazarov energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.

13 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 fevral 2023, 22:00

13 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda yomg‘irli hafta, rektorlarga xodimlarning bolalari bilan maktub yozishish tavsiya qilingani, Turkiya vayronalaridan topilgan yana o‘zbekistonlikning jasadi, Andijonda qulayotgan 5 qavatli bino plitalari, 265 mlrd so‘mga sotilgan «Kvars» kompaniyasi va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting