O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Pokiston Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Saxir Shamshad Mirza boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.
Xitoyning BYD kompaniyasi Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, uning quvvatini 300 ming donaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonga elektrobuslarini yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhandislik-servis markazlarini ochish ko‘zda tutilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) chigirtkaga qarshi kurashishni yanada yaxshilash uchun O‘zbekistonga Toyota Hilux avtomobillarini topshirdi.
Tog‘li Qorabog‘dagi Stepanakert shahri yaqinida yonilg‘i omborining portlashi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 290 kishi jarohatlandi, ularning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda. Tan olinmagan respublika vakillarining xabar berishicha, ombor Qorabog‘dan Armanistonga ketayotganlarni benzin bilan ta’minlagan.
Kompromatuzb Telegram kanaliga aloqador jurnalistlar — Human.uz direktori Xurshid Daliyev va “O‘zbekneftgaz” sobiq matbuot kotibi Siyovush Hoshimov 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bandlik vazirligining sobiq matbuot kotibi Mavjuda Mirzayevaga esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Namanganda jurnalistlar shifoxonaga yotqizilgan bolalar bilan bog‘liq vaziyatni yoritish bo‘yicha rasmiylar bilan tortishdi. O‘zini SSV rahbari yordamchisi sifatida tanishtirgan shaxs vazirga intervyu berish taqiqlanganini aytdi. “Bolalar kasallanayotgan paytda sukut saqlab bo‘lmaydi”, deb javob berdi jurnalistlar.
Geosiyosiy vaziyat shuni ko‘rsatmoqdaki, savdo hamkorligida faqat bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi — bu ishonchli emas, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston savdo sheriklari va investitsiyalarini, jumladan, “iqtisodning nozik tarmoqlarida” diversifikatsiya qilishga intiladi.
Moddiy madaniy meros obyekti joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni olib kirish, sotish va ishlab chiqarishni taqiqlovchi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bu huquqbuzarlikni ko‘p miqdorda sodir etish fuqarolarga BHMning 25 baravarigacha (hozirda 8,25 mln so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Toshkentda o‘nlab bolalar RSHTYOIM toksikologiya bo‘limiga zaharlanish alomatlari, isitma, oshqozon buzilishi bilan yotqizildi. Ota-onalar ular yod ichganidan so‘ng xastalanganini ma’lum qilmoqda. Shifokorlar esa holatning preparat bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini aytdi. “Gazeta.uz” vaziyatni o‘rgandi.
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri mamlakatda 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga energetik ichimliklar sotish taqiqlanishi haqidagi qonun ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Vazirning ta’kidlashicha, qonun loyihasi yaqin kunlarda Senatga yuboriladi.
Toshkent shahrining Sergeli tumanida MAN va HOWO yukmashinalari hamda Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda yuk mashinalari haydovchilari jarohat oldi.
“O‘zbekenergota’mir” AJ AQShning General Electric Global Parts and Products GmbH korporatsiyasi bilan 60 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Shartnoma doirasida O‘zbekistondagi elektrostansiyalarning energobloklari modernizatsiya qilinadi va yangi ehtiyot qismlari yetkazib beriladi.
Farg‘onada “Qizil kitob”ga kiritilgan 83 dona toshbaqani chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Ulardan 5 donasi noto‘g‘ri tashilganligi sababli zararlangan. Jonzotlar sud qarori chiqquniga qadar hayvonot bog‘iga topshirildi.
O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurilla bilan uchrashdi. Tomonlar harbiy sohada hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidovani uzun kesmali libosda sahnaga chiqqani litsenziya talablarini buzish deb baholangani uchun ogohlantirdi. Tashkilot aktrisaning fotosuratlarida oyoq va ko‘ylakning tepa qismini xiralashtirdi.
Belarus fuqarolariga mamlakatga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish, saqlash, sotish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlandi. Endi dronlarni faqat yuridik shaxslar va tashkilotlar tadbirkorlik hamda professional faoliyat maqsadida ishlatishi mumkin.
Xitoyning King Long kompaniyasi “Toshshahartransxizmat”ga 18 metrli elektrobusni topshirdi. Xabar qilinishicha, u yaqin kunlarda yo‘nalishlardan birida harakatlana boshlaydi.
26-sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Qo‘shtepa tumanida maktab o‘quvchisi 5 yoshli bolani pnevmatik qurol bilan otib qo‘ydi. 5 soat davom etgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng bolaning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonda “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Nishon har yili 16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni arafasida topshiriladi. U bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari miqdorida pul beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting