Video: Nukus voqealari bo‘yicha sud yakunida kimga qanday hukm o‘qildi?
31 yanvar 2023, 11:15

Video: Nukus voqealari bo‘yicha sud yakunida kimga qanday hukm o‘qildi?

Buxoro viloyati sudida Nukusdagi iyul voqealarini sodir etganlikda ayblangan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi. «Gazeta.uz» barcha gumondorlarga nisbatan o‘qilgan hukmning to‘liq ro‘yxatini e’lon qilmoqda.

Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi
31 yanvar 2023, 11:08

Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan asosiy ayblanuvchi Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada o‘tash, shuningdek, undan 228 mln so‘m zararni undirish belgilandi.

Kallixanova, Turdanov, Smetullayev va Nuratdinov sud zalidan ozod qilindi
31 yanvar 2023, 10:41

Kallixanova, Turdanov, Smetullayev va Nuratdinov sud zalidan ozod qilindi

Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmida Lolagul Kallixanova, Azamat Turdanov, Axmet Smetullayev va Azamat Nuratdinovlarga nisbatan ozodlikni cheklash va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilindi. Ular sud zalidan shartli ravishda ozodlikka chiqarildi.

Shaharlararo avtobus qatnovlariga onlayn chipta olish uchun «UzBus» mobil ilovasi ishga tushdi
31 yanvar 2023, 10:19

Shaharlararo avtobus qatnovlariga onlayn chipta olish uchun «UzBus» mobil ilovasi ishga tushdi

Transport vazirligi Toshkent avtovokzalidan shaharlararo qatnovchi avtobuslarga onlayn chipta xarid qilish uchun «UzBus» mobil ilovasini ishga tushirdi. Shu vaqtgacha onlayn chipta faqat Avtoticket.uz sayti orqali olinayotgan edi.

Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi
31 yanvar 2023, 10:13

Jahongir Ortiqxo‘jayevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi

Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni Oliy Majlis Senati a’zolari ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Banklarda dollar kursi arzonladi
31 yanvar 2023, 09:51

Banklarda dollar kursi arzonladi

Tijorat banklari 31 yanvar kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 270 — 11 310 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 360 so‘m.

Uchta viloyatda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi
31 yanvar 2023, 09:44

Uchta viloyatda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi

1−2 fevral kunlari Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. 9 ta viloyatda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim viloyatlarda kuchli shamollar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

LIVE: Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmi
31 yanvar 2023, 09:37

LIVE: Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmi

Ayni daqiqalarda Buxoro viloyati sudi binosida 1−2 iyuldagi Nukus voqealarida ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qib eshittirilishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari sud zalidan jarayonni onlayn yoritib boradi, shunga ko‘ra mazkur material vaqti-vaqti bilan yangilanadi.

Chorvoqdagi uyda portlash sodir bo‘lib, 4 kishi shifoxonaga olib ketildi
31 yanvar 2023, 08:49

Chorvoqdagi uyda portlash sodir bo‘lib, 4 kishi shifoxonaga olib ketildi

Bo‘stonliq tumani Chorvoq qo‘rg‘onida uy portladi. Hodisa oqibatida 4 fuqaro turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Yosh qizga yuragini sug‘urib olish bilan tahdid qilgan imom-xatib 3 sutkaga qamaldi
31 yanvar 2023, 08:33

Yosh qizga yuragini sug‘urib olish bilan tahdid qilgan imom-xatib 3 sutkaga qamaldi

Arab tili kursidagi xatti-harakatlari uchun ishdan olingan Toshkent tumanidagi «Eshonxo‘ja ota» masjidi imom-xatibi Avazxo‘ja Bahromov 3 sutkaga qamaldi. U 27 yanvar kuni o‘quv markazida fuqaro M.A.ni so‘kib, mayda bezorilik sodir etgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
30 yanvar 2023, 23:12

Jahon yangiliklari dayjesti

Pokistonda masjiddagi portlashda 44 kishining halok bo‘lgani, Yaponiyadagi «Takaxama» AES reaktori ishida nosozlik qayd etilgani, dunyoda neft narxining pasaygani, AQShda yanvar oyida qurolli zo‘ravonlik bo‘yicha antirekord qayd etilgani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Bandlik vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva hibsga olindi
30 yanvar 2023, 22:37

Bandlik vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva hibsga olindi

Huquqni muhofaza qilish organlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayevani hibsga oldi. Uning qizi Zarina Mirzayevaga ko‘ra, onasi bilan uch kundan beri aloqa yo‘q. Jurnalist Kompromatuzb Telegram-kanali ishi doirasida DXX tergov hibsxonasida tergov qilinmoqda.

30 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
30 yanvar 2023, 22:28

30 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ygan Shavkat Mirziyoyev, «Spetsiya» futbol klubiga o‘tgan Eldor Shomurodov, iliq ob-havo prognozi, ishga tushishni boshlagan metan «zapravka»lar, Nukusda portlagan ko‘p qavatli uy, Rossiyadan AI-80 benzin importi boshlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Metan «zapravka»lar bosqichma-bosqich ishga tushishni boshladi
30 yanvar 2023, 20:45

Metan «zapravka»lar bosqichma-bosqich ishga tushishni boshladi

O‘zbekistonda 30 yanvardan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyati qayta tiklanishni boshladi. Gaz bosimi me’yoriga kelishiga qarab taxminan 2−3 kunda barcha metan «zapravka»lar odatdagi rejimda faoliyat yuritishni boshlaydi.

O‘zbekiston Rossiyadan AI-80 benzinini import qilishni boshladi
30 yanvar 2023, 19:05

O‘zbekiston Rossiyadan AI-80 benzinini import qilishni boshladi

28 yanvardan «O‘zbekneftgaz» kompaniyasining UNG Petro AYOQSHlarida Rossiyaning AI-80 benzini sotuvi boshlandi. RFda bunday yoqilg‘i tadbirkorlarning maxsus buyurtmasi bilan ishlab chiqariladi.

Soxta SES xodimlari noma’lum dorilarni sotishmoqda — Sanitariya epidemiologiya xizmati ogohlantirdi
30 yanvar 2023, 18:42

Soxta SES xodimlari noma’lum dorilarni sotishmoqda — Sanitariya epidemiologiya xizmati ogohlantirdi

Sanitariya epidemiologiya xizmati o‘zini SES xodimlari deya tanishtirib, kelib chiqishi noma’lum dorilarni sotayotgan firibgarlardan ogohlantirdi. Shunday holatlar yuz bersa, fuqarolar ulardan xizmat guvohnomasi, ish joyi va dorini sotishga asos so‘rashga haqli, deyiladi SES xabarida.

O‘zbekiston va Tojikiston chegarani demarkatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda
30 yanvar 2023, 18:13

O‘zbekiston va Tojikiston chegarani demarkatsiya qilish ishlarini davom ettirmoqda

O‘zbekiston va Tojikistondan ishchi guruhlar davlat chegaralarining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tkazish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, chegaralarning alohida uchastkalarida dala o‘rganish ishlari ham o‘tkazildi.

Navoiyda kamyob qirg‘ovulni ovlagan brakoner jarimaga tortildi
30 yanvar 2023, 17:51

Navoiyda kamyob qirg‘ovulni ovlagan brakoner jarimaga tortildi

Qizil kitobga kiritilgan Zarafshon qirg‘ovulini ovlagan brakoner aniqlandi. Undan 3,6 mln miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar undirildi va BHMning 5 baravari miqdorida jarimaga solindi.

Surxondaryoda 46 nafar afg‘onistonlik haydovchilikka o‘qitildi
30 yanvar 2023, 17:19

Surxondaryoda 46 nafar afg‘onistonlik haydovchilikka o‘qitildi

Termizda 46 nafar Afg‘oniston fuqarosi Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi bo‘yicha haydovchilikka o‘qitildi. Shuningdek, yana 35 nafari tikuvchilikka tayyorlandi.

Rasman: Eldor Shomurodov «Spetsiya» futbol klubiga o‘tdi
30 yanvar 2023, 16:43

Rasman: Eldor Shomurodov «Spetsiya» futbol klubiga o‘tdi

Italiyaning «Roma» klubi hujumchisi bo‘lgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ijara asosida «Spetsiya» klubiga o‘tdi. Rimliklar transferdan 1,5 mln yevro ishlab olishi kutilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting