Toshkent viloyatida bemor tez tibbiy yordam shifokorini urdi
4 iyun 2024, 19:45

Toshkent viloyatida bemor tez tibbiy yordam shifokorini urdi

Toshkent viloyatida bemor kasalliklar tarixi haqida so‘ragan tez tibbiy yordam shifokorining yuziga musht tushirdi. Jabrlanuvchida bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi va o‘ng tomon pastki lab sohasi jarohati aniqlangan.

Olmaliqda 16-qavatdan sakragan qiz halok bo‘ldi
4 iyun 2024, 19:28

Olmaliqda 16-qavatdan sakragan qiz halok bo‘ldi

Toshkent viloyati Olmaliq tumanida qiz 16 qavatli bino tomidan sakrab, halok bo‘ldi. Qiz uni qutqarmoqchi bo‘lgan IIB va FVB xodimlari bilan suhbatlashganiga qaramasdan, o‘z joniga qasd qilgan.

O‘zbekistonning mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlari 1-avgustga qadar xatlovdan o‘tkaziladi
4 iyun 2024, 18:57

O‘zbekistonning mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlari 1-avgustga qadar xatlovdan o‘tkaziladi

Prezident vazirliklarga O‘zbekiston imzolagan mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlar va investitsiyaviy shartnomalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, so‘ng takliflar tayyorlash topshirig‘ini berdi. Qonunchilikni JSTning investitsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga muvofiq uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 6-iyunda Turkiyaga boradi
4 iyun 2024, 18:13

Shavkat Mirziyoyev 6-iyunda Turkiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. U yerda Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Baxti Tashkentskiy” sudi: Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovni rad etdi
4 iyun 2024, 17:40

“Baxti Tashkentskiy” sudi: Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovni rad etdi

3-iyun kuni “Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh mavjud. Sudda Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirdi.

Klaudiya Sheynbaum Meksikaning ilk ayol prezidentiga aylanadi
4 iyun 2024, 16:54

Klaudiya Sheynbaum Meksikaning ilk ayol prezidentiga aylanadi

Meksikadagi prezidentlik saylovlarida hukmron partiya vakili, fizik olim Klaudiya Sheynbaum g‘alaba qozondi. U mamlakatning 200 yillik tarixida davlat rahbari lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ladi.

Zaamin Ultra marafonida 2100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi (foto)
4 iyun 2024, 16:38

Zaamin Ultra marafonida 2100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi (foto)

Zaamin Ultra uchinchi xalqaro ultramarafonida 2, 10, 21 va 50 km masofalarda o‘tkazilgan bahslarda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Qozog‘iston, Malayziya, Turkiya, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlardan 2100 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.

“Barcha uchun teng sharoitlar”. Qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi farmon haqida asosiy ma’lumotlar
4 iyun 2024, 15:55

“Barcha uchun teng sharoitlar”. Qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi farmon haqida asosiy ma’lumotlar

O‘zbekiston mamlakat qonunchiligini JST bitimlariga muvofiqlashtirishda davom etmoqda. Prezident qarori bilan eksportga beriladigan qator subsidiya va preferensiyalar, samarasi past soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi, yig‘imlar qayta ko‘rib chiqiladi va boshqa choralar ko‘riladi.

Buxoroda Nexia shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
4 iyun 2024, 15:24

Buxoroda Nexia shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Jondor tumanida aprel oyi so‘ngida Nexia avtomobili shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Yana 2 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

ANORBANK “Markaziy Osiyo HR brendi 2023” mukofotini qo‘lga kiritdi
4 iyun 2024, 15:00

ANORBANK “Markaziy Osiyo HR brendi 2023” mukofotini qo‘lga kiritdi

ANORBANK “Markaziy Osiyo HR brendi 2023” mukofotining “Mintaqa” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bank vakillari mukofotga sazovor bo‘lgan loyiha va uning afzalliklari haqida so‘zlab berdi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga davlat xaridlari bo‘yicha imtiyozlar qisman bekor qilinadi
4 iyun 2024, 13:29

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga davlat xaridlari bo‘yicha imtiyozlar qisman bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan, 2026-yil iyuldan davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga beriladigan imtiyozlar, shuningdek, mahalliy elektr jihozlari uchun narx preferensiyalari qisman bekor qilinadi. obyektni parallel loyihalash va qurish jarayonida xarajatlarni budjetdan moliyalashtirish taqiqlanadi.

O‘zmilliybank biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun MIGA tomonidan qoplanadigan 100 mln yevro miqdorida kredit oldi
4 iyun 2024, 13:00

O‘zmilliybank biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun MIGA tomonidan qoplanadigan 100 mln yevro miqdorida kredit oldi

O‘zbekiston milliy banki Standard Chartered Bank va LBBW bilan kichik va o‘rta biznes sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida MIGA tomonidan qoplanadigan 100 mln yevro miqdoridagi sindikatlangan kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

O‘zbekistonlik merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni oldi
4 iyun 2024, 12:34

O‘zbekistonlik merganlar Turkiyadagi xalqaro musobaqada birinchi o‘rinni oldi

Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston merganlari besh marta rekord natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada 11 ta davlatdan jami 36 ta jamoa ishtirok etdi. Video.

O‘zbekistonlik harbiy taekvondochilar JCHda 12 medalni qo‘lga kiritdi
4 iyun 2024, 11:45

O‘zbekistonlik harbiy taekvondochilar JCHda 12 medalni qo‘lga kiritdi

Mungyong (Janubiy Koreya) shahrida o‘tkazilgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 oltin, 2 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu natija tufayli erkaklar ham, ayollar ham jamoaviy bahslarda birinchi bo‘ldi.

O‘zbekistonda 2025-yildan tashqi internet kanali monopoliyasi bekor qilinadi
4 iyun 2024, 11:07

O‘zbekistonda 2025-yildan tashqi internet kanali monopoliyasi bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan, 2025-yil 1-yanvardan xususiy provayderlarga sinov tariqasida xalqaro Internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish huquqi beriladi. “O‘zbektelekom”ning tashqi internet kanali bo‘yicha monopoliyasini 2020-yildayoq bekor qilish rejalashtirilgandi.

Toshkentda Cobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan qizni urib yubordi (video)
4 iyun 2024, 10:57

Toshkentda Cobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan qizni urib yubordi (video)

Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodalardan birini urib yubordi. Qiz jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Videolavhada YTH ro‘y bergan joy yaqinida svetofor borligini ko‘rish mumkin.

UzGasTrade va “O‘zenergosotish”ning gaz va elektroenergiya tashqi savdosi bo‘yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi
4 iyun 2024, 10:20

UzGasTrade va “O‘zenergosotish”ning gaz va elektroenergiya tashqi savdosi bo‘yicha eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi

Prezident farmoni bilan, 2026-yildan UzGasTrade`ning tabiiy gaz eksport va importi bo‘yicha yagona operator sifatidagi huquqi, shuningdek, “O‘zenergosotish”ning ham elektr energiyasi bo‘yicha shunday huquqi bekor qilinadi. Yana bir qator kompaniyalarning maxsus huquqlari bekor qilinmoqda.

10-iyundan Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi
4 iyun 2024, 08:54

10-iyundan Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi

10-iyundan Toshkentdan Qirg‘izistondagi Issiqko‘lgacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi. Avtobus oyning juft kunlarida Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi — 300 ming so‘m.

Surxondaryoda futbol musobaqasi payti IIB xodimlariga tosh otib, qarshilik ko‘rsatgan 13 nafar shaxs jazolandi
4 iyun 2024, 00:45

Surxondaryoda futbol musobaqasi payti IIB xodimlariga tosh otib, qarshilik ko‘rsatgan 13 nafar shaxs jazolandi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yoshlar o‘rtasidagi futbol musobaqasi payti jamoat tartibini buzib, IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan 13 nafar fuqaroga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Surxondaryoda 3 ta mashina to‘qnashuvida Nexia-3 yonib ketdi (+video)
4 iyun 2024, 00:02

Surxondaryoda 3 ta mashina to‘qnashuvida Nexia-3 yonib ketdi (+video)

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 3 ta mashina to‘qnashdi. Oqibatda Nexia-3 mashinasi yonib ketdi. Hech kim jarohatlanmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting