Prezident «O‘zbekiston qaysi tomonda?» savoliga javob berdi
13 mart 2023, 14:06

Prezident «O‘zbekiston qaysi tomonda?» savoliga javob berdi

Shavkat Mirziyoyev «katta davlatlar» O‘zbekistondan qaror qabul qilib, taraf tanlashni so‘rayotgani haqida gapirdi. Gap Rossiyaning Ukrainaga qarshi mojarosi haqida ketmoqda. «Bir tomonman. Millatim, xalqim, buyuk O‘zbekistonimning manfaati uchun o‘lishga ham tayyorman, deb javob beraman», — dedi prezident.

O‘zbekistonda V International Tashkent Marathon va Yangi Nafas yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi
13 mart 2023, 13:15

O‘zbekistonda V International Tashkent Marathon va Yangi Nafas yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tdi

V International Tashkent Marathon hamda 14 shaharda bir vaqtda o‘tkazilgan Yangi Nafas musobaqalari yugurish bo‘yicha sport marafonlari mavsumini ochib berishdi.

Referendum o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar aniqlanmadi — O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi
13 mart 2023, 12:48

Referendum o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar aniqlanmadi — O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi

Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq deb topdi. Qonun loyihasida referendum predmeti bo‘lmaydigan masalalar aniqlanmagan.

O‘zbekistonda yoshlar faol nuroniylarga biriktiriladi
13 mart 2023, 12:40

O‘zbekistonda yoshlar faol nuroniylarga biriktiriladi

«Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq yoshlar har bir mahalladagi faol nuroniylarga biriktiriladi. Shuningdek, faol keksalar muammoli oilalar bilan shug‘ullanadi. Ishida ijobiy natija ko‘rsatgan nuroniylar rag‘batlantiriladi.

Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning oilasiga beriladigan imtiyozlar ko‘payadi
13 mart 2023, 12:16

Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning oilasiga beriladigan imtiyozlar ko‘payadi

Vatan himoyasi yo‘lida halok bo‘lgan harbiylarning oilasiga biryo‘la beriladigan nafaqa ularning oxirgi maosh yig‘indisi 150 baravarigacha oshiriladi. Shuningdek, bepul tibbiy yordam va maktabgacha ta’lim, OTM uchun grant, daromad solig‘idan ozod etish kabi tartiblar tatbiq etiladi.

Toshkent-Qarshi va Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
13 mart 2023, 12:07

Toshkent-Qarshi va Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 17−23 mart kunlari Samarqand-Toshkent va 20−21 mart kunlari Toshkent-Qarshi yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, 20 martdan Shahrisabz-Samarqand yo‘nalishida tezyurar yo‘lovchi poyezd harakati ish boshlaydi.

Hafta davomida quruq ob-havo kuzatiladi
13 mart 2023, 11:32

Hafta davomida quruq ob-havo kuzatiladi

Hafta davomida asosan kam bulutli, quruq ob-havo kuzatiladi. Harorat +22…+28 daraja bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida Qozog‘iston bo‘ylab o‘tayotgan antitsiklon kunduzgi havo haroratini biroz pasaytiradi. 13−15 martda esa tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

«Oskar-2023» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi
13 mart 2023, 11:23

«Oskar-2023» mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

AQShda «Oskar» mukofotining 95-marosimida Brendan Freyzer eng yaxshi aktyor («Kit»), Mishel Yeo («Hammasi har joyda va birdan») esa yilning eng yaxshi aktrisasi deb e’lon qilindi. Eng yaxshi badiiy film «Hammasi har joyda va birdan», eng yaxshi hujjatli film esa «Navalniy» kinokartinasi bo‘ldi.

O‘zbekistonda yosh oilalar daromadining ko‘proq qismini qarz to‘lashga sarflaydi — PMTI
13 mart 2023, 10:41

O‘zbekistonda yosh oilalar daromadining ko‘proq qismini qarz to‘lashga sarflaydi — PMTI

PMTI o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra, yosh oilalar daromadining ko‘proq qismini qarz to‘lashga sarflayotganini ma’lum qilgan. O‘zbekistonda insonlarning daromadlari 30 yoshgacha tez o‘sishi, eng yuqori nuqtasi taxminan 30−50 yosh oralig‘ida saqlanib turishi va 60 yoshdan so‘ng keskin pasayishi aniqlangan.

Toshkentda 2 ta yirik chinor yoqib yuborildi
13 mart 2023, 10:37

Toshkentda 2 ta yirik chinor yoqib yuborildi

Poytaxtning Yangihayot tumanida 2 ta yirik chinor noma’lum shaxslar tomonidan yoqib ketildi. Ekoboshqarma holatni o‘rganmoqda. «Daraxtlar qurilish uchun yoqilgani haqidagi taxminlar haqiqatga mos emas», — deya izoh berdi boshqarma.

Yanina Kuskova Italiyadagi velopoygada kumush medalni qo‘lga kiritdi
13 mart 2023, 10:25

Yanina Kuskova Italiyadagi velopoygada kumush medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik velopoygachi Yanina Kuskova Italiyada o‘tkazilgan veloshosse bo‘yicha ko‘pkunlik poygada kumush medalga ega chiqdi. Sportchi, shuningdek, musobaqaning «Eng yaxshi yosh poygachisi» deb topildi.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrif buyuradi
13 mart 2023, 10:23

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrif buyuradi

13 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi, sanoat va qishloq xo‘jaligi bilan tanishadi, harbiy maskanlarda ham bo‘ladi.

Samarqandda qiziga o‘qituvchi tegajog‘lik qilganini aytib, tuhmat qilgan ayol jarimaga tortildi
13 mart 2023, 10:15

Samarqandda qiziga o‘qituvchi tegajog‘lik qilganini aytib, tuhmat qilgan ayol jarimaga tortildi

Kattaqo‘rg‘onlik ayol qiziga o‘qituvchi tegajog‘lik qilganini aytgandi. Sud buning tuhmat ekanini bildirib, ayol va o‘qituvchi bilan yoqalashgan qizning otasiga jarima belgiladi.

O‘zbekistonda amaldorlarning xizmat safarlari va tadbirlarda sovg‘a olishi taqiqlandi
13 mart 2023, 09:54

O‘zbekistonda amaldorlarning xizmat safarlari va tadbirlarda sovg‘a olishi taqiqlandi

Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, amaldorlar O‘zbekistondagi xizmat safarlari va tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin emas. Xorijda olingan sovg‘a qiymati 1,2 mln so‘mdan ko‘p bo‘lsa, u davlat organi balansiga kirim qilinadi.

Banklarda dollarning sotish kursi 11 460 so‘mgacha oshdi
13 mart 2023, 09:54

Banklarda dollarning sotish kursi 11 460 so‘mgacha oshdi

Tijorat banklari 13 mart kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 340 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 460 so‘m.

Farg‘onada o‘quvchi qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlamoqchi bo‘ldi
12 mart 2023, 17:59

Farg‘onada o‘quvchi qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlamoqchi bo‘ldi

Farg‘onada 14 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi bo‘ldi. Uni IIB va FVV xodimlari tomdan sog‘-omon tushirib oldi. Voqeaga qizning o‘gay otasi bilan janjallashib qolgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

O‘zbekiston harbiylari Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro armiya o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi
12 mart 2023, 10:39

O‘zbekiston harbiylari Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro armiya o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston harbiylari Pokistonda o‘tkazilgan «Jamoaviy ruh» 6-xalqaro armiya o‘yinlarida qatorasiga uchinchi marta g‘olib bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston va Tailand jamoalariga nasib etdi.

SSV tizimidagi qator rahbarlar lavozimidan ozod etildi
12 mart 2023, 10:35

SSV tizimidagi qator rahbarlar lavozimidan ozod etildi

SSV rahbari Amrillo Inoyatov o‘tkazgan hay’at yig‘ilishida O‘zmedimpeks kompaniyasi direktori, Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori v.b. va boshqarmalar boshliqlari ishdan olindi. Bunga ularning topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagani va yo‘nalishida yetarli natija ko‘rsatmagani sabab bo‘lgan.

Futbol: O‘zbekiston U-20 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi va JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
12 mart 2023, 10:09

Futbol: O‘zbekiston U-20 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi va JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi futbolchilari avstraliyalik raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo kubogi yarim finaliga yo‘l oldi. Qolaversa, terma jamoa jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bahodirjon Sidiqov yana «O‘zbekneftgaz»ga rahbar etib tayinlandi
12 mart 2023, 00:34

Bahodirjon Sidiqov yana «O‘zbekneftgaz»ga rahbar etib tayinlandi

2019−2020 yillarda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi bo‘lgan Bahodirjon Sidiqov yana kompaniyaga rahbar bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting