Yanvar-iyun oylarida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta tug‘uruq aniqlandi
31 iyul 2023, 17:06

Yanvar-iyun oylarida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta tug‘uruq aniqlandi

2023-yilning ilk 6 oyida 6 nafar maktab o‘quvchisida erta tug‘uruq aniqlandi. Holatlarning 2 tasi Qashqadaryoda kuzatilgan, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryoda 1 tadan qayd etilgan. “Bularning aksariyati yozgi ta’til yoki o‘qishdan tashqari paytda sodir bo‘lgan”, — deydi Maktab vazirligi vakili.

Avgust oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?
31 iyul 2023, 16:36

Avgust oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda avgust oyining dastlabki besh kunida harorat +40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra +33…+38 darajagacha pasayadi. Oyning ikkinchi yarmida harorat qisqa muddatga yanada pasayishi mumkin. Faqat tog‘li hududlarda yomg‘ir kutilmoqda. Umuman olganda, oy davomida o‘rtacha issiq kuzatiladi.

Sirdaryoda boshqaruvini yo‘qotgan Cobalt zovurga tushib ketdi
31 iyul 2023, 16:32

Sirdaryoda boshqaruvini yo‘qotgan Cobalt zovurga tushib ketdi

Guliston tumanidan oqib o‘tgan zovurga Cobalt tushib ketdi. Avtomobil FVB qutqaruv otryadi yordamida olib chiqildi. Jarohat olganlar yo‘q.

O‘zbekistonda Xitoy kompaniyalari intellektual transport tizimini yo‘lga qo‘yadi
31 iyul 2023, 16:08

O‘zbekistonda Xitoy kompaniyalari intellektual transport tizimini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston Xitoyning Yutong Bus Co., Ltd kompaniyasi bilan haydovchisiz transport vositalari bo‘yicha, Magnetic North kompaniyasi bilan aqlli transport tizimini yo‘lga qo‘yish va Hikvision kompaniyasi bilan esa innovatsion videokuzatuv tizimlari hamda sun’iy intellekt texnologiyasi sohasida hamkorlik qiladi.

Farg‘onada 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi 5 yilga cheklandi
31 iyul 2023, 15:21

Farg‘onada 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayolning ozodligi 5 yilga cheklandi

Farg‘ona viloyatida ayol kvartira sotib olish uchun 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgandi. Sud uning homilador ekani va oilada yagona boquvchi bo‘lganini hisobga olib, ayolga nisbatan 5 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Jizzaxda baliqlarni noqonuniy ovlagan fuqaro tabiatga salkam 58 mln so‘m zarar yetkazdi
31 iyul 2023, 15:05

Jizzaxda baliqlarni noqonuniy ovlagan fuqaro tabiatga salkam 58 mln so‘m zarar yetkazdi

Aydar-Arnasoy ko‘llarida 175 bosh oqsila baliqlarini noqonuniy ovlangan fuqaro tabiatga salkam 58 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat bo‘yicha hujjatlar Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Samarqandda arxeologik obyektlarga 9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi
31 iyul 2023, 13:41

Samarqandda arxeologik obyektlarga 9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Urgut tumanidagi qator arxeologiya yodgorliklari buzilishi va kovlanishi oqibatida obyektlarga 9 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

Importning o‘sishi dollar kursiga bosim o‘tkazmoqda — Markaziy bank raisi
31 iyul 2023, 13:18

Importning o‘sishi dollar kursiga bosim o‘tkazmoqda — Markaziy bank raisi

Milliy valyutaning kuchsizlanishiga importning o‘sishi ham ta’sir qilmoqda, dedi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mavsumiy hodisa hisoblanadi va bugungi valyuta kursi tashqi savdo operatsiyalarining haqiqiy ko‘rinishini aks ettiradi.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi
31 iyul 2023, 12:38

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Strategiyada 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.

Toshkentda noqonuniy hujra o‘quvchisi o‘zini 5-qavatdan tashladi
31 iyul 2023, 12:02

Toshkentda noqonuniy hujra o‘quvchisi o‘zini 5-qavatdan tashladi

Shayxontohur tumanida bolalarni urib, islom dinidan noqonuniy dars bergan shaxs 15 sutkaga qamaldi. Uning kaltaklashi oqibatida 4 bola jarohat olgan. Bir nafar bola 5-qavatdan o‘zini tashlagan. Voyaga yetmaganlarning ota-onalari ham javobgarlikka tortildi.

Navoiy viloyatida 600 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi
31 iyul 2023, 11:43

Navoiy viloyatida 600 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi

Uchquduq va Konimex tumanlarining cho‘l hududlariga 600 ta yo‘rg‘a tuvaloq qo‘yib yuborildi. Qushlar BAA moliyalashtiruvchi “Amirliklarning Yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan yetishtirilgan. Qushlar O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.

Tashqi ishlar vazirligi yana boshqa binoga ko‘chdi
31 iyul 2023, 11:24

Tashqi ishlar vazirligi yana boshqa binoga ko‘chdi

Tashqi ishlar vazirligi sobiq Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi binosiga ko‘chdi. TIV binosida esa yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi joylashadi.

Hafta davomida o‘rtacha issiq havo saqlanib turadi
31 iyul 2023, 11:04

Hafta davomida o‘rtacha issiq havo saqlanib turadi

Bu hafta O‘zbekistonda o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari harorat +35…+40, janubda va cho‘l hududlarda +42 darajagacha isiydi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Qoraqalpog‘istondagi hujjatsiz uy-joylarga mulk huquqi beriladi
31 iyul 2023, 11:03

Qoraqalpog‘istondagi hujjatsiz uy-joylarga mulk huquqi beriladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etiladi.

Pokistondagi siyosiy yig‘ilishda yuz bergan portlashda kamida 44 kishi halok bo‘ldi
31 iyul 2023, 10:12

Pokistondagi siyosiy yig‘ilishda yuz bergan portlashda kamida 44 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Bajaur tumanida siyosiy partiya yig‘ilishida xudkush portlash uyushtirdi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 44 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohat olgan. O‘zbekiston TIV qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Banklarda dollar kursi 11 650−11 660 so‘m etib belgilandi
31 iyul 2023, 09:43

Banklarda dollar kursi 11 650−11 660 so‘m etib belgilandi

Tijorat banklari 31-iyul kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 540−11 610 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 650−11 660 so‘m.

Surxondaryoda 2 kunlik chaqalog‘ini 35 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi
31 iyul 2023, 09:29

Surxondaryoda 2 kunlik chaqalog‘ini 35 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi

Angor tumanida 2 kunlik qiz chaqalog‘ini 35 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan erkak aniqlandi. U 1400 dollar va 10 mln so‘m olayotgan paytda qo‘lga olindi.

“Akamdan xavotirdamiz” — bloger Olimjon Haydarovning ukasi
30 iyul 2023, 15:12

“Akamdan xavotirdamiz” — bloger Olimjon Haydarovning ukasi

Farg‘onalik bloger Olimjon Haydarov salbiy mazmundagi maqolani tarqatmaslik evaziga 10 ming dollar talab qilganlikda ayblanib, hibsga olingandi. Uning ukasi Salimjon Haydarov “Gazeta.uz”ga aytishicha, gumondorning uyida tintuv ham o‘tkazildi.

DXX fuqarolarning pullarini o‘zlashtirishda gumonlangan IIB, Milliy gvardiya va soliq xodimlarini ushladi
30 iyul 2023, 13:43

DXX fuqarolarning pullarini o‘zlashtirishda gumonlangan IIB, Milliy gvardiya va soliq xodimlarini ushladi

Navoiyda fuqaroga $30 ming evaziga oltin qazib olish uchun sharoit yaratib bergan IIB inspektori, Namanganda $3 ming evaziga firmaning 383 mln so‘mlik solig‘ini bartaraf etmoqchi bo‘lgan soliq inspektori, Andijonda $5 ming evaziga fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan Milliy gvardiya xodimi ushlandi.

O‘zbekistonda xorijdan kelgan har bir turist uchun 100 dollargacha subsidiya ajratiladi
30 iyul 2023, 10:44 1

O‘zbekistonda xorijdan kelgan har bir turist uchun 100 dollargacha subsidiya ajratiladi

Prezident qarori bilan xorijdan kelgan har bir turist uchun turoperatorlarga teng ulushlarda 20 dan 100 dollargacha subsidiya ajratiladi. Shuningdek, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘qimoqchi bo‘lgan ayrim xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun davlat grantlari shakllantiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting