27-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
27 iyul 2023, 22:13

27-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

O‘zbekistonning kambag‘allik yuqori nuqtalari, svetofor o‘rnatmaslikni ma’qul ko‘rayotgan hukumat, Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi ehtimoli, rekonstruksiyasi 2024-yil oxirida tugaydigan Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va bir qator tuman hokimlari ishdan olindi
27 iyul 2023, 21:31

Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari va bir qator tuman hokimlari ishdan olindi

Ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat IIB va soliq boshqarmasi boshliqlari, Rishton tumani va Marg‘ilon shahar hokimlari ishdan olindi. Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, Bag‘dod, Quva va Buvayda tumanlari hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.

Birinchi yarim yillikda budjet xarajatlarining ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq — Mamarizo Nurmuratov
27 iyul 2023, 20:08

Birinchi yarim yillikda budjet xarajatlarining ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq — Mamarizo Nurmuratov

Markaziy bank raisi O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda budjet xarajatlari ortishi gaz importi hajmi oshishi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. Yanvarning 8 kunida budjet taqchilligi yillik kutilmaning 20 foiziga yetgandi. Shundan so‘ng Iqtisodiyot vazirligi daromad va xarajat bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi.

Ekstremal issiqlik Markaziy Osiyo va Yevropada har ikki boladan biriga ta’sir qiladi — YUNISEF
27 iyul 2023, 19:58

Ekstremal issiqlik Markaziy Osiyo va Yevropada har ikki boladan biriga ta’sir qiladi — YUNISEF

Markaziy Osiyo va Yevropadagi bolalarning qariyb yarmi issiqlik to‘lqinlariga duchor bo‘lmoqda — bu global o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p, deyiladi YUNISEF hisobotida. Tashkilot mintaqa hukumatlarini shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

Piyodalar o‘tish joyi yo‘q — muammo ham yo‘qmi?
27 iyul 2023, 19:03

Piyodalar o‘tish joyi yo‘q — muammo ham yo‘qmi?

Toshkent hokimiyati eng xavfli piyodalar o‘tish joyi muammosini “hal qildi”. U shunchaki yo‘q qilindi. Odamlar esa o‘z hayotlarini yanada kattaroq xavf ostiga qo‘yib, ko‘p polosali magistralni kesib o‘tishda davom etmoqda. Hukumat svetofor o‘rnatmaslikni ma’qul ko‘rmoqda.

Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Jamoatchilik norozi
27 iyul 2023, 18:20

Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Jamoatchilik norozi

Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida quriladigan avtomobil yo‘li sabab 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Loyiha hujjatlari hukumatga topshirilgani aytilmoqda. Jamoatchilik bundan norozi bo‘lsa, Ekologiya vazirligi har ikki viloyatda odamlar fikri eshitilishini bildirmoqda.

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik rekonstruksiyasi 2024-yil oxirida tugaydi
27 iyul 2023, 17:59

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik rekonstruksiyasi 2024-yil oxirida tugaydi

Toshkent aeroporti oldidagi yo‘l o‘tkazgichni rekonstruksiya qilish ishlari 2024-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. U kengaytiriladi, Kichik halqa yo‘liga kirish va chiqish yo‘llari, velosiped yo‘laklari tashkil etiladi. Loyihaning umumiy qiymati bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

Andijonda IIB va MIBning 4 nafar xodimi 5,6 mlrd so‘mni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda
27 iyul 2023, 17:36

Andijonda IIB va MIBning 4 nafar xodimi 5,6 mlrd so‘mni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda

Andijon viloyati IIBning 3 nafar va MIB Andijon shahri bo‘limining 1 nafar xodimi talon-torojliklar va mansab soxtakorligi bo‘yicha sudlanmoqda. Dastlabki ayblov xulosasiga ko‘ra, jinoyat oqibatida 5,6 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ o‘zlashtirilgan.

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
27 iyul 2023, 17:11

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

26-iyul kuni elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha rekord o‘rnatildi — 250,7 mln kVt/soat. Energetika vazirligi issiq havoda elektr tarmoqlarining uzatish quvvati 25 foizga pasayganini bildirib, vaziyatni to‘g‘ri tushunishni so‘radi va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqirdi.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi
27 iyul 2023, 15:32

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi

O‘zbekiston prezidenti 27−28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, sanoatdagi ishlar hamda mahallalar hayoti bilan tanishadi. Shuningdek, videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Uzbekistan Airports Oliy sudga kassatsiya shikoyati bermoqchi
27 iyul 2023, 15:11

Uzbekistan Airports Oliy sudga kassatsiya shikoyati bermoqchi

Raqobat qo‘mitasi Uzbekistan Airports`ga barcha taksi kompaniyalarining Toshkent aeroportiga kirishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi. Kompaniya qo‘mita qarori bekor bo‘lishi uchun harakat qilishini va shu paytga qadar holat yuzasidan birorta shikoyat kelib tushmaganini bildirdi.

Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti talabalarni ish va hayotga qanday tayyorlaydi
27 iyul 2023, 13:00

Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti talabalarni ish va hayotga qanday tayyorlaydi

Britaniya menejment universitetidagi Kasb va sanoat markazi talabalarni karerasida va shaxsiy rivojlanishida qo‘llab-quvvatlash haqida gapirib berdi.

Narxlar barqarorligini ta’minlash uchun budjet defitsiti belgilangan darajadan oshmasligi muhim — MB
27 iyul 2023, 12:59

Narxlar barqarorligini ta’minlash uchun budjet defitsiti belgilangan darajadan oshmasligi muhim — MB

Markaziy bank o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash uchun budjet defitsitini belgilangan parametrlar darajasidan oshmasligini ta’minlash muhimligini qayd etdi. Regulyator inflyatsiya darajasi 8,5−9,5 foiz atrofida bo‘lishi bo‘yicha prognozini o‘zgarishsiz qoldirgan.

Yangi Toshkentda 50 gektarlik akvapark quriladi. Ajratiladigan mablag‘ — $200 mln
27 iyul 2023, 12:37

Yangi Toshkentda 50 gektarlik akvapark quriladi. Ajratiladigan mablag‘ — $200 mln

Prezident farmoniga ko‘ra, poytaxtdagi yashil hudud 5 ming gektarga yetkaziladi (hozir 900 gektar). Hujjatda Yangi Toshkentdagi 50 gektar maydonda akvapark va 35 gektarda sun’iy ko‘l tashkil qilinishi belgilangan. Akvapark qurilishi uchun 200 mln dollar ajratiladi.

Ekologiya vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tuzildi
27 iyul 2023, 12:24

Ekologiya vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tuzildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tashkil etildi. Unga Umid Shadiyev rahbarlik qiladi.

Ozodbek Nazarbekov yana madaniyat vaziri bo‘ldi, u endi turizmga javobgar emas
27 iyul 2023, 12:12

Ozodbek Nazarbekov yana madaniyat vaziri bo‘ldi, u endi turizmga javobgar emas

O‘tgan yil oxiridan buyon madaniyat va turizm vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri etib tasdiqlandi. Endi u turizm sohasiga javobgar emas.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
27 iyul 2023, 12:07

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Regulyatorning qayd etishicha, inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarning pasayishiga qaramasdan, narxlarga talab omillari bilan bog‘liq bosimlar saqlanib qolmoqda.

Koronavirus bo‘yicha vaziyat barqaror — Sanepidqo‘mita
27 iyul 2023, 11:44

Koronavirus bo‘yicha vaziyat barqaror — Sanepidqo‘mita

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, hozirda COVID-19 va o‘tkir respirator infeksiyalarning miks-infeksiya kasalligi kuzatilib turibdi.

Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi
27 iyul 2023, 11:08

Navoiy shahriga yangi hokim tayinlandi

Dilmurod Ergashev Navoiy shahriga hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”da boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi
27 iyul 2023, 10:31

Kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Xorazmda eng yuqori bo‘lib turibdi. Mamlakatda 1,3 mln kambag‘al oilalar mavjud bo‘lib, kambag‘allik darajasi 14,1 foizni tashkil etdi. Yil yakunigacha ko‘rsatkich 12 foizga tushib, 1 mln aholi kambag‘allikdan chiqarilishi rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting