Abxaziya parlamenti yaqinida otishma ro‘y berdi, bir deputat halok bo‘ldi
19 dekabr 2024, 16:50

Abxaziya parlamenti yaqinida otishma ro‘y berdi, bir deputat halok bo‘ldi

Abxaziya parlamenti binosi yaqinida ro‘y bergan otishmada ikki deputat yaralanib, ularning biri vafot etdi. OAV parlamentning boshqa bir deputati otishmada gumonlanayotgani haqida xabar berdi, u voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi.

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri bo‘ldi
19 dekabr 2024, 16:34

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya vaziri bo‘ldi

Leyli Seitova Qoraqalpog‘iston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga tayinlandi. U bungacha Nukus tumani moliya bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan.

Andijondan Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul jo‘natgan shaxs 10 yildan ko‘proqqa qamaldi
19 dekabr 2024, 15:36

Andijondan Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul jo‘natgan shaxs 10 yildan ko‘proqqa qamaldi

Andijon shahridagi oshxonada ishlagan fuqaro 2023-yilning avgust-dekabr oylarida Suriyadagi terroristik tashkilotlarga pul o‘tkazgan. U 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

YI davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda, tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda — Reuters
19 dekabr 2024, 15:21

YI davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda, tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda — Reuters

Yevropa davlatlari o‘t ochish to‘xtatilgan yoki tinchlik bitimi tuzilgan taqdirda, o‘n minglab tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni muhokama qilmoqda, deb yozadi Reuters. Muzokaralar hali dastlabki bosqichda.

Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 10 sutka qamoq jazosi oldi
19 dekabr 2024, 14:32

Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 10 sutka qamoq jazosi oldi

Toshkentda uch nafar mast erkak ishdan qaytayotgan homilador ayolni haqoratlab, unga tegajog‘lik qilgan. Sud ularni mayda bezorilikda aybdor deb topib, 10 sutkadan qamoq jazosi tayinladi.

Energetika vazirining Otabek Bakirovga qarshi arizasi: Toshkent shahar IIBB jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi
19 dekabr 2024, 13:30

Energetika vazirining Otabek Bakirovga qarshi arizasi: Toshkent shahar IIBB jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi

Toshkent shahar IIBB energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning shikoyat arizasi bo‘yicha moliyachi Otabek Bakirovga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etdi. Boshqarmaning bu qaroriga, xususan, AOKAning shikoyat arizasida ko‘rsatilgan vajlar mavjud emasligi haqida tegishli ekspertiza xulosasi asos bo‘lgan.

Toshkentda bir sutka ichida ikkinchi Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi
19 dekabr 2024, 12:41

Toshkentda bir sutka ichida ikkinchi Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi

Sergeli tumanida 132-yo‘nalishda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi. Kecha kechqurun Yunusobod tumanida ham xuddi shu rusumdagi avtobus yonib ketgandi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishdan olindi
19 dekabr 2024, 12:38

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishdan olindi

2017-yildan buyon Jizzax viloyati hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Ergash Saliyev ishdan olindi. Uning o‘rnini “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi raisi Ulug‘bek Mustafoyev egalladi.

Qashqadaryoda erkak va uning uch farzandi is gazidan halok bo‘ldi
19 dekabr 2024, 12:30

Qashqadaryoda erkak va uning uch farzandi is gazidan halok bo‘ldi

Qashqadaryoning Qarshi shahrida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Foto: “O‘zbekkosmos” tomonidan yil boshidan buyon 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona aniqlandi
19 dekabr 2024, 12:06

Foto: “O‘zbekkosmos” tomonidan yil boshidan buyon 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixona aniqlandi

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda umumiy maydoni qariyb 721 gektar bo‘lgan 1928 ta noqonuniy chiqindixona aniqlandi, deb xabar qildi “O‘zbekkosmos” agentligi. Eng ko‘p — 363 ta chiqindi poligoni Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.

Toshkentning bosh archasi 33 mingta o‘yinchoq bilan bezatildi
19 dekabr 2024, 11:16

Toshkentning bosh archasi 33 mingta o‘yinchoq bilan bezatildi

Toshkent markazida Yangi yil bosh archasi o‘rnatildi. Uning balandligi 33 metr (yulduzi bilan 35 metr) va 33 mingta o‘yinchoq bilan bezatilgan. Archa 25-dekabrdan 10-yanvargacha bezatilgan holda xizmat ko‘rsatadi.

Uzum Bank va Visa debet plastik kartalarini ishga tushirdi
19 dekabr 2024, 11:00

Uzum Bank va Visa debet plastik kartalarini ishga tushirdi

Uzum Bank va Visa O‘zbekistonda fintexni rivojlantirish uchun strategik hamkorlikni kengaytirmoqda. Bank ekotizimdagi IT infratuzilmasi negizida Uzum Visa plastik kartalaridan erta foydalanish imkoniyatini ochdi.

OTB O‘zbekistonda DXSH loyihalari orqali maktabgacha ta’limni yaxshilashga yordam beradi
19 dekabr 2024, 10:35

OTB O‘zbekistonda DXSH loyihalari orqali maktabgacha ta’limni yaxshilashga yordam beradi

OTB O‘zbekistonning beshta hududida 500 ta bog‘chani rivojlantirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda maslahat yordamini ko‘rsatadi. Xususan, bank Samarqand viloyatida 100 ta bolalar bog‘chasini rivojlantirish bo‘yicha shunday xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda.

O‘zbekistonda payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi
19 dekabr 2024, 10:23

O‘zbekistonda payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni etib belgilandi. 2025/2026 o‘quv yilidan sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi.

“Ikkala g‘olib ham shartnoma imzolamadi”. E-auksion — Toshkentdagi pulli parkovkalar uchun qayta savdo o‘tkazilgani haqida
19 dekabr 2024, 09:57

“Ikkala g‘olib ham shartnoma imzolamadi”. E-auksion — Toshkentdagi pulli parkovkalar uchun qayta savdo o‘tkazilgani haqida

Toshkentda pulli avtoturargohlar bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi auksionda 2 kompaniya ishtirok etdi va narxni 120 mlrd so‘mgacha ko‘tardi. Biroq ular shartnoma imzolamagani uchun g‘oliblik bekor qilindi. Yangi auksionda 3 ishtirokchi qatnashdi, lekin g‘olib ikki taklifdan so‘ng aniqlandi.

Koreya voni kursi 15 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushdi
19 dekabr 2024, 09:13

Koreya voni kursi 15 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushdi

Janubiy Koreya valyutasi AQSh dollariga nisbatan keskin pasayib, 2009-yildan beri ilk marta 1450 vondan oshdi. Mamlakatdagi siyosiy noaniqliklar vonni dollarga nisbatan sezilarli darajada zaiflashtirgandi, uning yanada tushishi AQShda asosiy foiz stavkasi 0,25 foizga pasayishi bilan bog‘liq.

Toshkentda 169-sonli Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi
18 dekabr 2024, 23:43

Toshkentda 169-sonli Mercedes-Benz avtobusi yonib ketdi

Toshkentda 169-yo‘nalishdagi Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi, jabrlanganlar yo‘q.

O‘zbekiston 2025-yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi
18 dekabr 2024, 23:30

O‘zbekiston 2025-yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni davom ettiradi

O‘zbekiston va Afg‘oniston kompaniyalari 2025-yilda Afg‘oniston bozoriga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni uzaytirdi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Afg‘onistonda “Surxon — Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi qurilishini ham muhokama qildi.

Mahalliy farmatsevtika korxonalariga bojxona imtiyozlari 2028-yilgacha uzaytiriladi
18 dekabr 2024, 22:14

Mahalliy farmatsevtika korxonalariga bojxona imtiyozlari 2028-yilgacha uzaytiriladi

Prezidentning farmatsevtika korxonalari bilan muloqotida sohada 1 mlrd dollarlik loyihalar shakllantirib, talab yuqori dorilarni chet elnikidek sifatda ishlab chiqarish, bozorda raqobat muhitini yaratish belgilandi. Mahalliy korxonalarga bojxona imtiyozlari yana 3 yil, 2028-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.

Prezident Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi
18 dekabr 2024, 21:14

Prezident Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasterini borib ko‘rdi

Prezident Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasterida birinchi bosqichda texnopark, jumladan, ma’muriy markaz, R&D markazi, xavfsizlik nazorati laboratoriyasi, klinik tadqiqotlar markazi, Farmatsevtika texnik universiteti va vivariy quriladigan ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting