O‘g‘rilikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 26 yoshli ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.
O‘zbekiston ichki gaz ishlab chiqarish hajmi kamayishi va import 1,55 mlrd dollarga yetganiga qaramay, gaz eksport qilishni davom ettirmoqda. Yil boshidan buyon xorijiy davlatlarga “ko‘k yoqilg‘i” yetkazib berish qariyb 600 mln dollarga yetdi. Xitoy 667,4 mln dollarlik o‘zbek gazini import qilganini bildirdi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning ma’lum qilishicha, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 27-dekabrdan boshlanishi rejalashtirilmoqda. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va qo‘shma temiryo‘l kompaniyasi loyiha bo‘yicha investitsiya bitimini imzoladi (tafsilotlar).
AQSh Kongressi Senati hukumat ishini moliyalashtirishni uzaytiruvchi qonun loyihasini so‘nggi daqiqalarda yoqlab ovoz berdi, bu orqali hukumat idoralari ishi to‘xtatib qo‘yilishining oldi olindi. Prezident Jo Bayden hujjatni imzoladi.
Germaniyaning Magdeburg shahrida Rojdestvo yarmarkasiga tashrif buyurganlar ustiga mashina haydaldi. Ikki kishidan 11 kishigacha halok bo‘ldi, 200 dan ortiq inson jarohat olgani aytilmoqda. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Shavkat Mirziyoyev voqea yuzasidan Germaniya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi.
Farg‘ona shahridagi solidol va litol ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Video.
“Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Asrorjon Askarov aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi etib tayinlandi.
O‘zbekistonda IT va fintex kompaniyalarga tadqiqot va rivojlanish markazlari (R&D) uchun laboratoriya jihozlarini, texnologik uskunalarni bojsiz olib kirishga ruxsat beriladi, dedi prezident. Shuningdek, u Bojxona kodeksini yangilashga ko‘rsatma berdi.
“Hududgazta’minot” AJ ishlamay qolayotgan elektron gaz hisoblash uskunalaridagi muammolar bartaraf etilayotganini ma’lum qildi. Buning uchun respublika bo‘ylab 2 mingga yaqin mutaxassis ishlamoqda.
Pryanikli uycha, tiramisu ruleti, “Qishki olcha” torti, zanjabilli pryaniklar va Yangi yil uchun boshqa shirinliklar retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.
AQSh Kongressining Vakillar palatasi respublikachilar taklif etgan hamda Donald Tramp va milliarder Ilon Mask qo‘llab-quvvatlagan hukumatni vaqtinchalik moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini rad etdi. Hujjat yaqin vaqtda kelishilmasa, hukumat ishni to‘xtatishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi yil oxirigacha 9% ga tushadi, dedi prezident. Unga ko‘ra, agar tadbirkorlar bilan hamkorlik davom etsa, “kelgusi yillarda bu ko‘rsatkichni bemalol 6 foizga tushiramiz”. U, shuningdek, turizm, soliq, eksport va infratuzilma sohalaridagi rejalar haqida ham gapirdi.
Bayden ma’muriyati Ukrainaga 1,2 mlrd dollarlik harbiy yordamning yakuniy paketini e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Paketga havo hujumidan mudofaa tizimlari va artilleriya snaryadlari kiradi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Malayziya hukumati 10 yil oldin sirli tarzda yo‘qolgan MH370 Malaysia Airlines reysini qidirish ishlarini qayta tiklashga rozi bo‘ldi. Uning bortida 239 kishi bo‘lgan. Qidiruv ishlarini Amerikaning dengiz tubi tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi Ocean Infinity kompaniyasi olib boradi.
"Uzum Market" bilan maxsus loyiha doirasida Qoraqalpog‘istonning Mang‘it shahri haqida.
20-dekabrdan 31-dekabrga qadar Toshkent avtovokzalidan viloyatlarga yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, kun davomida qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha “yakuniy bosqich”ga o‘tayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, JST qoidalariga zid bo‘lgan imtiyozlar bekor qilinayotganiga qaramay, davlat tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va adolatli raqobat muhitida ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratadi.
O‘zbekiston Chorvoq suv ombori qirg‘og‘ida 10 mlrd dollarga Sea Breeze Uzbekistan turizm markazini qurishga rozi bo‘ldi. Avvalroq ozarbayjonlik tadbirkor Emin Agalarov ushbu loyihani davlat rahbariga taqdim etgandi. Loyiha xorijiy investorlar tomonidan moliyalashtiriladi.
2025-yilda O‘zbekiston banklari tadbirkorlar ehtiyojlarini moliyalashtirish uchun davlat kafolatisiz 6 mlrd dollar jalb qilishni rejalashtirmoqda, dedi prezident. Davlat rahbari kichik biznes uchun kreditlar ulushi 28 foizdan 40 foizga oshishini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting