Faollar ko‘plab noyob eski samolyotlarni muzey yaratish orqali saqlab qolishni taklif qilmoqda
22 iyul 2023, 23:26

Faollar ko‘plab noyob eski samolyotlarni muzey yaratish orqali saqlab qolishni taklif qilmoqda

Bir paytlar samolyotlar yig‘ilgan Toshkentda hozir aviatsiya muzeyi ham yo‘q. Faollar ko‘p yillardan buyon shunday muzey yaratishga chaqirib kelmoqda. Sobiq TAPOiCh hududidagi bir nechta noyob samolyotlar olib ketilib, yaqin joyda saqlanyapti, ko‘plari mamlakat bo‘ylab tarqalib ketgan va yaroqsiz holga kelgan.

Qozog‘iston 2034-yilgi jahon chempionatini o‘tkazishni reja qilmagan
22 iyul 2023, 17:53

Qozog‘iston 2034-yilgi jahon chempionatini o‘tkazishni reja qilmagan

Qozog‘iston Sport vazirligi 2034-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini O‘zbekiston bilan birgalikda o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. OAV xabariga ko‘ra, avvalroq Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbari shunday tashabbus bilan chiqqan.

Oqoltin tumaniga yangi hokim tayinlandi
22 iyul 2023, 17:11

Oqoltin tumaniga yangi hokim tayinlandi

Komiljon Ernazarov Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumaniga hokim bo‘ldi.

Telegram Stories funksiyasini ishga tushirdi. Undan qanday foydalaniladi?
22 iyul 2023, 16:07

Telegram Stories funksiyasini ishga tushirdi. Undan qanday foydalaniladi?

Endi Telegram foydalanuvchilari ham story joylash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yangi funksiyadan qanday foydalanish, uning imkoniyatlari va ba’zi sozlamalar haqida ma’lumot beramiz.

Xitoydan Qarshiga 100 ta avtobus olib kelinadi
22 iyul 2023, 13:04

Xitoydan Qarshiga 100 ta avtobus olib kelinadi

Xitoyda bo‘lib turgan Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahri uchun 100 ta avtobus olib kelish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi
22 iyul 2023, 12:40

Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ulmasjon Mamadaminov Guliston tumani hokimi etib tayinlandi.

Farg‘onada 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topildi
22 iyul 2023, 12:06

Farg‘onada 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topildi

Farg‘ona shahridagi qurilishi tugallanmagan bino yonidan 11 yoshli qizchaning murdasi zo‘rlash va qotillik alomatlari bilan topildi. 17 yoshli gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan.

20 ta vazirlik va idoralarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofislari tashkil etiladi
22 iyul 2023, 11:11

20 ta vazirlik va idoralarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofislari tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan 1-avgustdan 20 ta vazirlik va idoralarda yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofislari tashkil etiladi. Bundan tashqari Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi, Investorlar markazi va Eksportchilar markazi tashkil etiladi.

Toshkent viloyatida 10 gektar yerni olib berish evaziga fuqarodan 24 mln dollar talab qilgan Davlat xizmatlari markazi xodimi ushlandi
22 iyul 2023, 10:41

Toshkent viloyatida 10 gektar yerni olib berish evaziga fuqarodan 24 mln dollar talab qilgan Davlat xizmatlari markazi xodimi ushlandi

Zangiota tumanida Davlat xizmatlari markazi xodimi 10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 24 mln AQSh dollariga sotib olib berishini aytib, fuqarodan pulning bir qismini olyotganda ushlandi. Bundan tashqari, O‘rta Chirchiq tumanida 4 gektar yerni 2,5 mln dollarga olib berishini aytgan shaxs ham qo‘lga olindi.

Abdulla Aripov Emomali Rahmon bilan uchrashdi
22 iyul 2023, 10:03

Abdulla Aripov Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Nima tayyorlaymiz: Shaftolidan shirinlik va yaxna ichimliklar
22 iyul 2023, 09:30

Nima tayyorlaymiz: Shaftolidan shirinlik va yaxna ichimliklar

Shaftoli solib nimalar tayyorlasa bo‘ladi: bir necha xil piroglar, muzqaymoq, limonad hatto smuzi. Bu borada Zira.uz taqdim etgan retseptlar bilan tanishing.

Komissiya aldangan hissadorlar muammosini hal etish yuzasidan bosh vazirga takliflar kiritdi
21 iyul 2023, 23:39

Komissiya aldangan hissadorlar muammosini hal etish yuzasidan bosh vazirga takliflar kiritdi

Toshkentdagi 1100 ga yaqin aldangan hissadorlar muammosini hal etish uchun tuzilgan hukumat komissiyasi bankka garovga qo‘yilgan kvartiralarni quruvchining boshqa mulklariga almashtirish, qurilishni boshqa quruvchilarni jalb etgan holda yakunlash yoki mulkni sotish orqali yetkazilgan zararni qoplashni taklif qilmoqda.

21-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
21 iyul 2023, 22:00

21-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkent markazida yo‘l o‘tkazgich qurish bo‘yicha bahsli qaror, unga jamoatchilikning munosabati, poytaxtda kanalizatsiyada zaharlanib vafot etgan 3 kishi, Nyu-Yorkda otib o‘ldirilgan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit janozasida nutq so‘zlagan shahar meri va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

“Ortingizda prezident turibdi. Shuning uchun qo‘rqmanglar”. Bosh vazir — qurilish kompaniyasidan aldanganlarga
21 iyul 2023, 21:57

“Ortingizda prezident turibdi. Shuning uchun qo‘rqmanglar”. Bosh vazir — qurilish kompaniyasidan aldanganlarga

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Aziya Invest Favorit`dan kvartira sotib olgan fuqarolar bilan uchrashdi. U prezident tomonidan yuborilganini aytib, muammoni hal qilishga va’da berdi: “Ortingizda prezident turibdi, shuning uchun qo‘rqmanglar”. Uy qurilishini yakunlashga boshqa korxonalar jalb etiladi.

Prezident matbuot xizmati — Navoiy ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich haqida: “Xulosa chiqarishga hali erta”
21 iyul 2023, 18:42

Prezident matbuot xizmati — Navoiy ko‘chasidagi yo‘l o‘tkazgich haqida: “Xulosa chiqarishga hali erta”

Prezident matbuot xizmati “Gazeta.uz”ning shahar markazida yo‘l o‘tkazgichlar qurib bo‘lmasligi haqidagi maqolasiga munosabat bildirdi. “Agarda shunday loyiha bo‘lsa, uni ishlab chiqishga eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinadi va jamoatchilik fikri inobatga olinadi”, — dedi prezident matbuot kotibi.

Toshkent viloyatida 3 kishi kanalizatsiyada zaharlanib vafot etdi
21 iyul 2023, 18:10

Toshkent viloyatida 3 kishi kanalizatsiyada zaharlanib vafot etdi

Nurafshon shahrida 57 yoshli ishchi kanalizatsiya qudug‘iga tushib, tozalash ishlarini olib borayotganda gazdan zaharlandi. Uni qutqarish uchun tushgan yana 3 kishi ham hushidan ketgan. Oqibatda 3 kishi voqea joyida vafot etdi. 1 kishi jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Markaziy bank banklar va qarzdorlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi tavsiyalarni ishlab chiqdi
21 iyul 2023, 17:57

Markaziy bank banklar va qarzdorlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi tavsiyalarni ishlab chiqdi

Markaziy bank jismoniy shaxslarning muddati o‘tgan qarzdorliklarini undirishda ularning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, qarzdorga soat 20:00 dan 8:00 gacha vaqtda va haftada bir martadan ko‘p uchrashish, kuniga bir martadan ortiq telefon qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekistonlik aksiyadori bo‘lgan Ural KMK AQSh sanksiyalariga uchradi
21 iyul 2023, 17:35

O‘zbekistonlik aksiyadori bo‘lgan Ural KMK AQSh sanksiyalariga uchradi

Ural kon-metallurgiya kompaniyasi AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi. Avvalroq Forbes O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vazirining o‘g‘li Doniyor Komilov kompaniyaning yangi benefitsiar egasiga aylangani haqida xabar bergandi.

Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 2532 tup kavrakka zarar yetkazildi
21 iyul 2023, 16:59

Qashqadaryoda Qizil kitobga kiritilgan 2532 tup kavrakka zarar yetkazildi

Dehqonobod tumanida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 2532 tup tojik kavragining ildizi kesildi. Zarar miqdori 1,2 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etgan. Bu yaqin orada Ekologiya vazirligi tomonidan qayd etilgan uchinchi holatdir.

O‘zbekiston gaz qazib olish hajmi kamayganiga qaramay, Xitoyga gaz eksportini oshirmoqda
21 iyul 2023, 16:39

O‘zbekiston gaz qazib olish hajmi kamayganiga qaramay, Xitoyga gaz eksportini oshirmoqda

O‘zbekiston iyun oyida Xitoyga tabiiy gaz eksportini oshirdi. Qiymat jihatidan yetkazib berish 85,3 million dollarga oshgan, bu may oyiga nisbatan 9,1 foizga ko‘p. Avvalroq mamlakatda gaz qazib olish 2,51 milliard kub metrga kamayganini yozgandik.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting