Vagner XHK Rostov va Voronejdagi harbiy obyektlarni egallab olganini e’lon qildi. Asosiy voqealar
24 iyun 2023, 13:13

Vagner XHK Rostov va Voronejdagi harbiy obyektlarni egallab olganini e’lon qildi. Asosiy voqealar

Vagner XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya qurolli kuchlari XHK lageriga zarba berganini bildirib, rus armiyasi rahbariyatiga qarshi qo‘zg‘olon boshlanganini ta’kidladi. XHK Rostov va Voronejdagi harbiy obyektlarni egallab olganini aytmoqda. Moskva aksilterror choralari o‘tkazilishini e’lon qildi.

YI Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketini kiritdi. Unda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar ham bor
24 iyun 2023, 10:17

YI Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketini kiritdi. Unda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar ham bor

YI Rossiyaga qarshi 11-sanksiyalar paketini qabul qildi. Energetika, transport va savdo sohalarida yangi cheklovlar joriy etilmoqda. Rossiya mudofaa kompleksini qo‘llab-quvvatlagani uchun uchinchi davlatlarning 87 ta korxonasi, jumladan, O‘zbekiston kompaniyalari ham sanksiyalarga uchradi.

Nima tayyorlaymiz: Muzqaymoqlar
24 iyun 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Muzqaymoqlar

Yogurtli, banan va rezavor mevalardan tayyorlangan, qaymoqli yoki “Moxito” muzqaymog‘i va boshqalar — Zira.uz issiq kunda tetiklantiruvchi shirin muzqaymoqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekistonda English Speaking Nation dasturi davom etmoqda
24 iyun 2023, 09:09

O‘zbekistonda English Speaking Nation dasturi davom etmoqda

English Speaking Nation dasturi doirasida 40 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi O‘zbekistondagi maktablarda 520 nafar ingliz tili o‘qituvchisini o‘qitadi. Bu o‘zbek o‘qituvchilarining muloqot, yozish, tinglash va til o‘rgatish ko‘nikmalarini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.

23-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
23 iyun 2023, 22:42

23-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Sardoba fojiasi haqida gapirgan suv xo‘jaligi vaziri, bayroqdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonun, kuniga 400 litrgacha suv sarflayotgan toshkentliklar, Qurbon hayitiga qo‘shimcha aviareys va poyezdlar, 307 mlrd so‘mga sotilgan Cobiq Algoritm zavodi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

“Ekipaj nima bo‘layotganini anglashga ham ulgurmagan”. Atlantikada “Titanik”ning oldiga sho‘ng‘igan “Titan”ning qoldiqlari topildi
23 iyun 2023, 22:01

“Ekipaj nima bo‘layotganini anglashga ham ulgurmagan”. Atlantikada “Titanik”ning oldiga sho‘ng‘igan “Titan”ning qoldiqlari topildi

Atlantika okeanidagi to‘rt kunlik qidiruvlardan so‘ng OceanGate kompaniyasining “Titanik” qoldiqlari tomon yo‘l olgan “Titan” suvosti kemasi qoldiqlari topildi. Uning bortida bo‘lgan besh kishi, jumladan, kompaniya asoschisi halok bo‘lgan. U o‘z kemasi xavfsiz emasligi haqida bir necha bor ogohlantirilgan edi.

O‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova “Katta dubulg‘a” turnirida bronza medalini qo‘lga kiritdi
23 iyun 2023, 19:52

O‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova “Katta dubulg‘a” turnirida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik dzyudochi Diyora Keldiyorova Ulan-Batorda (Mo‘g‘uliston) “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirda BAA vakili Xorlodoi Birsheltni mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

“O‘zbekgidroenergo” Surxondaryo “To‘palang GES” unitar korxonasiga press-tur tashkil qildi
23 iyun 2023, 19:00

“O‘zbekgidroenergo” Surxondaryo “To‘palang GES” unitar korxonasiga press-tur tashkil qildi

Surxondaryo “To‘palang GES” korxonasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan press-tur tashkil etildi. Uchrashuvda korxona boshqaruv raisi maxalliy va xorijiy OAV vakillari bilan muloqot qildi.

Toshkent−Namangan−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
23 iyun 2023, 17:48

Toshkent−Namangan−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent−Namangan−Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

“Toshkentda sutkalik suv sarfi jon boshiga 400 litrgacha yetyapti” — senator
23 iyun 2023, 17:45

“Toshkentda sutkalik suv sarfi jon boshiga 400 litrgacha yetyapti” — senator

Senat yalpi majlisida senator Boriy Alixonov O‘zbekistonda olinadigan chuchuk suvning qariyb 90 foizi qishloq xo‘jaligida ishlatilishini bildirdi. Unga ko‘ra, mamlakatda jon boshiga suv sarfi miqdori yuqoriligicha qolmoqda. Xususan, poytaxtda sutkalik suv sarfi jon boshiga 400 litrgacha yetadi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha reyslar qo‘yadi
23 iyun 2023, 17:00

Uzbekistan Airways Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha reyslar qo‘yadi

Uzbekistan Airways 27, 28, 30-iyun va 2-iyul kunlari Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yadi.

Olmaotada avtoturargohlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov joriy etiladi
23 iyun 2023, 16:50

Olmaotada avtoturargohlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov joriy etiladi

Sentabr oyidan Olmaotada avtoturargohlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov joriy etilishi rejalashtirilmoqda — narx markazga nisbatan joylashuvga bog‘liq bo‘ladi. Shaharda, shuningdek, ko‘chalar bo‘yidagi to‘xtash joylari qonuniylashtirilishi kutilmoqda.

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi
23 iyun 2023, 15:56

Toshkentdan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi soni ko‘paytirildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga avtobus reyslari ko‘paydi — Chorvoqqa har kuni 4 xil vaqtda qatnov amalga oshiriladi, yo‘lkira narxi 15 ming so‘m.

Qo‘qondagi bozorda sotuvchilar janjallashishi oqibatida 14 yoshli yigit jarohatlandi
23 iyun 2023, 15:39

Qo‘qondagi bozorda sotuvchilar janjallashishi oqibatida 14 yoshli yigit jarohatlandi

Qo‘qondagi kiyim-kechak bozorida do‘konga kiruvchi xaridorlar yo‘li to‘sib qo‘yilgani sababli sotuvchilar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida 14 yoshli bola jarohatlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Cobiq Algoritm zavodi bino va inshootlari 307 mlrd so‘mga sotildi
23 iyun 2023, 15:00

Cobiq Algoritm zavodi bino va inshootlari 307 mlrd so‘mga sotildi

E-auksion platformasida sobiq Algoritm zavodi bino va inshootlari 307 mlrd so‘mga sotildi. Xaridor kompaniya egasi Havas supermarketlar tarmog‘ining ham yirik aksiyadori hisoblanadi.

O‘zbekistonda avtomobilga buyurtma berishning yangi Uklon onlayn xizmati ishga tushdi
23 iyun 2023, 15:00

O‘zbekistonda avtomobilga buyurtma berishning yangi Uklon onlayn xizmati ishga tushdi

22-iyundan O‘zbekistonda yangi taksi xizmati Uklon ishga tushdi. Uklon`ning asosiy farqi shundaki, ob-havo va yo‘llardagi sharoitlar sayohat narxiga ta’sir qilmaydi, faqat avtomobil kutish vaqti ta’sir etishi mumkin.

“Ular — haqiqiy qahramon”. Shavkat Mirziyoyev — xorijdagi migrantlar haqida
23 iyun 2023, 14:56

“Ular — haqiqiy qahramon”. Shavkat Mirziyoyev — xorijdagi migrantlar haqida

O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi saylovchilar bilan uchrashuvda xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni “qahramon” deb atadi. Saylovoldi dasturidan og‘ir ahvoldagi migrantlarning xarajati qoplab berilishi, huquqiy va Call-markazlar tashkil etilishi va boshqalar o‘rin olgan.

Davlat adabiyot muzeyida sharoit yo‘qligi sababli 69 575 ta noyob ashyo xavf ostida qolgan — Senat
23 iyun 2023, 14:40

Davlat adabiyot muzeyida sharoit yo‘qligi sababli 69 575 ta noyob ashyo xavf ostida qolgan — Senat

Senatning navbatdagi yalpi majlisida muzeylar va ularda saqlanayotgan ashyolar holati bo‘yicha muhokama o‘tkazildi. Tegishli qarorlar bilan belgilangan bo‘lsa-da ayrim muzeylarda hamon ta’mirlash ishlari amalga oshirilmagani tanqid qilindi. Davlat adabiyot muzeyidagi noyob ashyolar xavf ostida qolgani aytildi.

Litvada O‘zbekiston savdo uyi ochildi
23 iyun 2023, 14:07

Litvada O‘zbekiston savdo uyi ochildi

Litva poytaxti Vilnyus shahrida UZ Euro Trade House savdo uyi ochildi. Uning faoliyati ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi sheriklik va mazmunli muloqotni sezilarli darajada faollashtirishi kutilmoqda.

Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
23 iyun 2023, 12:26

Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Qurbon hayiti munosabati bilan 29-iyun kuni Toshkent-Qarshi, 26-iyundan 3-iyulgacha esa Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting