Ekologiya vazirligi Chotqol davlat qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga tushib qolgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i tasvirini e’lon qildi. Ushbu tur Qizil kitobga kiritilgan.
O‘zbekistonga Xitoyning Siyamen portidan Eronning Bandar-Abbos porti orqali tovarlar yetkazib berish boshlandi. Birinchi konteyner poyezdida mamlakatga maishiy texnika olib kelindi. Konteynerlar Eron portida temiryo‘l platformalariga ortilib, Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keldi.
Salqin yakshanbadan so‘ng hafta davomida harorat +39…+41 darajaga ko‘tariladi. Havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
O‘zbekiston futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqalar “Humo” arena, “Yunusobod” sport majmuasi, “Alpomish” hamda boshqa bir qator muz saroylarida o‘tishi rejalashtirilgan. FIFA vakillari musobaqa boshlanishidan oldin obyektlarning holatini ko‘rgani keladi.
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish 3 baravar — 139,6 ming tonnadan 46,2 ming tonnagacha qisqardi. Buning fonida neft va neft mahsulotlari importi keskin o‘sdi. Dizel ishlab chiqarish o‘sishda davom etmoqda.
Tarmoqlarda noma’lum erkak restoranda o‘tirgan ayollarga qarata stakan uloqtirgani tasvirlangan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyat IIBning ma’lum qilishicha, holat Kitob tumanida sodir bo‘lgan. Ayollardan biri shifoxonaga yotqizilgan, erkakka nisbatan jinoiy ish ochildi.
Tijorat banklari 26-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 410−11 465 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 500−11 540 so‘m.
Surxondaryoda Lacetti To‘palang daryosiga tushib ketdi. Uning haydovchisi hodisadan oldin yurak ishemik ehtimoli yuqoriligi sababli vafot etgan, 16 yoshli yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.
Toshkent shahrining Yakkasaroy, Sergeli (16:00 gacha), Chilonzor va Mirobod tumanlaridagi (soat 17:00 gacha) ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti to‘xtatildi.
25-iyun, yakshanba kuni soat 18:00 da O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning vakillari o‘rtasida ilk teledebat bo‘lib o‘tadi. U mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanadi. Efir qoraqalpoq, rus va ingliz tillariga tarjima qilingan holda uzatiladi.
Urgut tumanida tunda sevganining uyiga kelgan yigitni qizning akasi kaltakladi. Qiz va yigit sinfdosh bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
G‘allaorol tumanida 15 yoshli o‘smir kechki payt yo‘lni kesib o‘tayotganda mashina urib yuborishidan halok bo‘ldi. Hodisaga yo‘l anomal sovuqdan buyon yoritilmayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hokimiyat elektrni tejashga topshiriq berilmaganini ma’lum qildi. Ushbu uchastkada yil boshidan buyon 13 ta YTH sodir bo‘lgan.
Qibray tumanida 18 yoshli yigit ariqda hushsiz oqib ketayotgan 2 yoshli qizchani qutqarib qoldi. Bolaning otasi uyida ish qilayotgani sabab qizi suvga tushib ketganini bilmay qolgan. Tuman FVB yiigitni tashakkurnoma va sovg‘a bilan taqdirladi.
Bulung‘ur tumanida 9 tup sog‘lom va 1 tup qurigan qayrag‘och daraxtini kesgan fuqarolarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.
24-iyunga o‘tar kechasi Moskvaga qarshi “adolat marshini” boshlagan Vagner XHK rahbari Yevgeniy Prigojin o‘z kolonnalarini ortga — dala lagerlariga qaytarishga qaror qildi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, vaziyatni yumshatish bo‘yicha kelishib olgani ma’lum qilindi.
Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda unga Rossiyadagi vaziyat haqida gapirib berdi. Rossiya prezidenti Qozog‘iston va Belarus rahbarlari bilan ham qo‘ng‘iroqlashgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi.
28-iyun — Qurbon hayitining birinchi kunida Toshkentda avtobus va metro qatnovi soat 4:00 dan boshlab amalga oshiriladi. Shuningdek, masjidlarga soat 3:00 dan 5:00 gacha 60 ta vaqtinchalik maxsus avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi.
Qo‘qon shahrida tug‘ilgan 25 yoshli yigit janjal oqibatida tengdoshi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumondorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarni Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslik, odamlar gavjum joylarga bormaslik, shuningdek, “Rossiya hududida amaldagi jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilish”ga chaqirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vagner XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning isyoni fonida qilgan murojaatida “orqadan pichoq urish” va “xiyonat” haqida gapirdi. U Rostovdagi “og‘ir vaziyat”ni qayd etib, isyon tashkilotchilari “muqarrar jazoga tortilishini” bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting