Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Ucell aloqa operatori tomonidan Al-Chiroq aksiyasi doirasida 337,9 mingdan ziyod abonent hisobidan ko‘rsatilmagan xizmat uchun pul yechib olinganini aniqladi. Pullar egalariga qaytarildi.
Telegram’da faol foydalanuvchilar soni 500 millionga yaqinlashmoqda. Foydalanuvchilar soni bilan birga kompaniya harajatlari ham oshayotgani sabab, Pavel Durov 2021 yildan boshlab Telegram’ni tijoratlashtirishini ma’lum qildi.
“O‘zbekiston tarixida bir yilda buncha kompensatsiya to‘lab berilmagan”. Bu yili “snos"lar bo‘yicha yer yoki pul ko‘rinishiga to‘lovlar 700−800 mlrd so‘mni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev. U 2021 yil so‘nggiga qadar barcha buzilishlar bo‘yicha qarzlarni to‘lashga va’da berdi.
Hirotda joylashgan Alisher Navoiy maqbarasining qayta ta’mirlanishi va obodonlashtirilishida O‘zbekiston Afg‘onistonga yordam beradi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga xorijlik mutaxassis Olive Norman maslahatchi etib tayinlandi. U qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihalarini shakllantirish masalalarida vazirlik mas’ul xodimlariga ko‘maklashadi.
O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov kelishilgan uchrashuvlarda qatnashganligi uchun 12 ming dollarga jarimaga tortildi va 7 yilga diskvalifikatsiya qilindi.
«Rossiya temir yo‘llari» kompaniyasi O‘zbekiston va Tojikistondan keltiriladigan meva va sabzovot mahsulotlarini tashishda 50% lik chegirma joriy qildi. 2021 yil davomida to‘liq amalda bo‘ladi.
Toshkentda 47 yo‘nalishdagi Mercedes-Benz rusumli avtobusning dvigatelida yong‘in yuzaga keldi. Jabrlanganlar yo‘q.
Ekvadorda COVID-19 ning yangi turlari qayd etildi. Olimlarning aytishiga ko‘ra, ularning Buyuk Britaniyadagi koronavirusning yangi shtammi bilan aloqasi yo‘q.
Ispaniyaning Balear universitetida Toshkent davlat stomatologiya institutining filiali tashkil etiladi. Kelishuvga ko‘ra, har ikkala oliy ta’lim muassasasi tomonidan yiliga 30 nafar pedagoglar jalb etiladi.
O‘zbekiston, Jahon banki, Masdar kompaniyasi (BAA) va Osiyo taraqqiyot banki 100 MVt kuchga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi ilk quyosh elektrostansiyasini moliyalashtirish bo‘yicha kredit va sug‘urta shartnomalarini imzolashdi. Navoidan 35 uzoqlikda joylashadigan stansiya 2021 yildan boshlab «Milliy elektr tarmoqlari» ga elektr energiyasini yetkazib beradi.
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida mahallalardan birining imom vakili jome’ masjidi binosi ichida masjid kotibini pichoqladi. Kotib shifoxona yo‘lida vafot etdi.
Trampning Sindzo Abe, Narendra Modi va Skott Morrisonni «Faxriy legion» ordeni bilan taqdirlagani, Turkiya hukumatining mehmonxonalarda yangi yil bayramlarini o‘tkazishni taqiqlashi, BioNTech’ning 6 hafta ichida yangi COVID-19 mutatsiyasiga qarshi vaksina yaratishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 mln doza vaksina so‘rab murojaat qilgan va O‘zbekistonning arizasi qabul qilingan.
Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi 413 metrlik ko‘prik qurilishi boshlandi. Ko‘prik qurilishi 2022 yil sentabr oyiga yakunlanishi rejalashtirilgan.
Rossiyada 2020 yilning 9 oyi davomida chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan YTHlarning aksariyatiga o‘zbekistonliklar sababchi bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarolari keltirib chiqargan 797 YTHda 58 kishi vafot etgan, 1080 kishi jarohatlangan. Tojikiston fuqarolari keltirib chiqargan avariyalarda eng ko‘p o‘lim holatlari (76 nafar qurbon) qayd etilgan.
AQSHda inqirozni yengillashtrish uchun ko‘plab fuqarolarga 600 dollardan beriladi, pandemiya sababli ishini yo‘qotganlar qo‘shimcha to‘lov oladi.
The Economist Malavi davlatini yil davlati deb e’lon qildi. Bu qarorni nashr «avtoritar hududda demokratiyaning tiklanishi» uchun deya izohladi.
Instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish muddati 10 kundan 20 kunga, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha esa 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirilmoqda.
Navoiy viloyatida spirtli ichimlik ta’siridagi ikki fuqaro orasida janjal yuzaga keldi. Oqibatda ulardan biri, 45 yoshli erkak olgan jarohatlari tufayli vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting