Samarqand viloyatidagi akvaparkda suzish kiyimida raqs tushayotgan qizlar aks etgan video tarqaldi. IIB tashkilotchi ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani, unga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilganini ma’lum qildi. Raqqosalar OIV infeksiyasiga tekshirilib, suhbatdan o‘tkazildi.
Uolter Ayzeksonning Nobel mukofotini olgan olim haqidagi “Kod Buzar. Jennifer Daudna, gen tahrirlash va insoniyat kelajagi” kitobi o‘zbek tilida chop etildi.
Tijorat banklari 22-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 440−11 490 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 520−11 565 so‘m.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari doirasida Olmazor (soat 14:00 gacha), Yunusobod, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari (soat 16:00 gacha)ning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti to‘xtatildi.
Yoshlar kuni munosabati bilan ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlangan Olympic day musobaqasi o‘tkaziladi. Shu sababli poytaxtdagi ayrim ko‘chalarda 23-iyundan 25-iyungacha avtomobillar harakati cheklanadi.
Yengil atletikachi Andrey Kulikov Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab marafon masofasini 4 soatu 9 daqiqada bosib o‘tdi. Bunday yugurish birinchi marta bo‘lib o‘tdi. “Orol dengizi ekologik fojiasining halokatli ko‘lamini chinakam his qilish uchun bu yerga tashrif buyurish kerak”, — dedi u.
O‘zbekiston may oyida Xitoyga tabiiy gaz eksportini oshirdi. Qiymat jihatidan yetkazib berish 78,16 mln dollargacha oshgan, bu aprel oyiga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘pdir. Mamlakatda gaz qazib olish hajmi esa, avval xabar qilganimizdek, pasayishda davom etmoqda.
O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etayotgani, Bekobodda o‘zini osishga uringan maxbus, 2021-yildan beri hibsda turgan 3 o‘zbekistonlik opa-singil, suv yetkazib berish davlat-xususiy sheriklikka o‘tkazilishi, o‘tgan yildan 10%ga oshgan grant kvotalari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
Velosipedchi Nikolay Sderjikovni yakshanba kuni ertalab Toshkent-Chorvoq yo‘lida mashina urib yubordi. U darhol o‘rnidan tura olmagani uchun mashinani eslolmagan. Velosipedchi hodisa tasvirlarini yuborgan kishiga 10 mln so‘m mukofot puli kafolatlanganini ma’lum qildi.
Parij rasmiylari shahardagi binolar balandligiga rasman cheklov qo‘ydi. Yangi qoidalarga ko‘ra, Fransiya poytaxtidagi barcha yangi binolar 37 metr yoki 12 qavatdan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston milliy termasi o‘yinlarida bukmekerlik kompaniyasi reklama qilingani O‘zbekistonda muhokamalarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda futbol uchrashuvlarida bukmekerlar birinchi marta reklama qilinmayapti, ammo bu qadar shov-shuvli holatning rasmiylar tomonidan e’tiborsiz qoldirilishi birinchi marta kuzatildi
Avstriyaning Raiffeisen Bank International guruhining Rossiyadagi sho‘basi “Rayffayzenbank” mijozlari oluvchi bank O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlarda joylashgan bo‘lsa, yevroda chiquvchi to‘lovlarni amalga oshira olmaydi.
Qirg‘iziston Qozog‘iston va Rossiya bilan o‘z fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini almashish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi. Mamlakatlar, xususan, fuqarolik, fuqarolarning ko‘chmas mulki va ularning sudlanganlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashadi.
O‘zbekistonda 5 oy davomida gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,8 foizga kamaydi. Ko‘rsatkich ketma-ket ikkinchi oy pasaymoqda — may oyida u 11,2 foizga kamaygandi. May oyidagi elektr energiyasi ishlab chiqarish rekord darajadagi o‘sishni qayd etdi.
Toshkentda Lacetti haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 9 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bola shifoxonaga yotqizildi.
1-iyuldan poytaxtda davlat tibbiy sug‘urta tizimi joriy etiladi. Endi aholi shifoxonada davolanish uchun yo‘llanmani oilaviy shifokor ko‘rigidan o‘tgach, elektron tarzda oladi. Shuningdek, kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori-darmonlar paketi bepul taqdim etiladi.
Yozyovon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan 1 mlrd 38 mln so‘mlik davlat xaridi jarayonda ishtirok etgan 2 ta korxona ta’sischisi er-xotin bo‘lgani sababli bekor qilindi. Xarid komissiyasi affillanganlik holatiga baho bermagan va tanlovni bekor qilish chorasini ko‘rmagan.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy korxonalar sonidagi ulushi 27 foizni tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlarining esa 30 foizi ishlamayapti. 2022-yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 6 va 7 foizni tashkil etgan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri, elchi, SHHT bosh kotibi lavozimlarida ishlagan Vladimir Norov 45 yillik faoliyatidan so‘ng nafaqaga chiqdi. Diplomat 2022-yil dekabridan buyon Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.
O‘zbekistonda 2030-yil yakunigacha iste’molchilarga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasi bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting