Toshkentda 5 ballik magnit bo‘roni kuzatilmoqda
21 noyabr 2022, 10:13

Toshkentda 5 ballik magnit bo‘roni kuzatilmoqda

21 noyabr kuni Toshkentda 5 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bo‘ron ta’siri soat 11:00 ga borib 4 ballga, 17:00 ga borib esa 3 ballgacha pasayadi.

Mirziyoyev Toqayevni prezident saylovidagi “ishonchli g‘alaba” bilan tabrikladi
21 noyabr 2022, 10:13

Mirziyoyev Toqayevni prezident saylovidagi “ishonchli g‘alaba” bilan tabrikladi

Ekzit-poll natijalariga ko‘ra, 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezident saylovida Qosim-Jomart Toqayev g‘alaba qozondi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot chog‘ida uni saylovdagi “ishonchli g‘alaba” bilan tabrikladi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari biroz ko‘tarildi
21 noyabr 2022, 09:52

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari biroz ko‘tarildi

Tijorat banklarida 21 noyabr kuni dollar 11 130 — 11 250 so‘m oralig‘ida sotib olinmoqda, sotish esa 11 240 — 11 270 so‘mni tashkil etadi.

Stroymart bir milliardli aksiyani o‘tkazmoqda
21 noyabr 2022, 09:00

Stroymart bir milliardli aksiyani o‘tkazmoqda

2022 yil oxirigacha Stroymart kompaniyasi Ibn Sino Savdo Markazi hududidagi tijorat ko‘chmas mulklarini xarid qilish orqali 1 mlrd so‘m yutib olish imkoniyatini taqdim etadi.

Kosmosda o‘stirilgan paxta chigitidan yaratilgan yangi nav yetishtirishga tayyor
21 noyabr 2022, 08:35

Kosmosda o‘stirilgan paxta chigitidan yaratilgan yangi nav yetishtirishga tayyor

Uzoq yillar avval Vladimir Jonibekov o‘zi bilan koinotga paxta chigitini olib chiqqan edi. Faqat hozir, parvozdan qariyb 40 yil o‘tgachgina, bu urug‘lardan yangi nav yaratildi va unga patent olindi. Bu haqda olim Shodmon Namozov «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Futbol: O‘zbekiston va Rossiya durang o‘ynadi
21 noyabr 2022, 07:50

Futbol: O‘zbekiston va Rossiya durang o‘ynadi

O‘zbekiston va Rossiya terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida durang o‘ynadi. O‘yin gollarsiz yakunlandi.

Toshkentda Qozog‘iston prezidenti saylovida ishtirok etganlar 96 foizni tashkil qildi
20 noyabr 2022, 23:11

Toshkentda Qozog‘iston prezidenti saylovida ishtirok etganlar 96 foizni tashkil qildi

Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida tashkil etilgan uchastkada 621 nafar saylovchidan 591 nafari ovoz berdi. Saylovda qatnashganlarning taxminiy ko‘rsatkichi 69 foizdan ko‘proqni tashkil qildi, eng yuqori — Jetisu viloyatida, eng kami esa — Olmaotada — 28,7%. Ostonada esa 48,6% saylovchi ishtirok etdi.

Andijonda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi
20 noyabr 2022, 23:09

Andijonda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijon shahar 3-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inni bartaraf etish uchun 12 ta ekipaj va 3 ta avtonarvon jalb etildi. Voqea joyiga viloyat hokimi bordi. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Samarqandda Xitoy fuqarosi itni temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirdi
20 noyabr 2022, 18:18

Samarqandda Xitoy fuqarosi itni temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirdi

Samarqandda Xitoy fuqarosi bog‘langan itni temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirdi. Viloyat IIB unga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilganin ma’lum qildi. Avvalroq senatorlar hayvonlarga shafqatsiz munosabat uchun jinoiy javobgarlik belgilashni ma’qullagandi.

Tadbirkorni «qamattirib qo‘ygani»ni aytib, so‘kingan Angren shahri hokimiga chora ko‘riladi
20 noyabr 2022, 17:59

Tadbirkorni «qamattirib qo‘ygani»ni aytib, so‘kingan Angren shahri hokimiga chora ko‘riladi

Angren shahri hokimi Alisher Raimov hududda qurilayotgan Prezident maktabi ta’minotchilari bilan muloqot chog‘ida haqoratli so‘zlar ishlatgan. Toshkent viloyati hokimligining Odob-axloq komissiyasi viloyat hokimidan Raimovga chora ko‘rishni so‘radi. Uning o‘zi qilgan ishidan «ming pushaymon»ligini bildirdi.

Fransiya kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi ajratiladi — ITSV rahbari
20 noyabr 2022, 16:23

Fransiya kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasi ajratiladi — ITSV rahbari

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Parijda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda faqat fransuz kompaniyalari uchun alohida sanoat zonasini ajratish, ularga imtiyozlar berish va mahsulotlarni xarid qilishni kafolatlashga tayyorligini ma’lum qildi. U hamkorlikning beshta yo‘nalishini sanab o‘tdi, jumladan, avtomobilsozlik.

Sirdaryoda yangi IES ishga tushirildi
20 noyabr 2022, 16:11

Sirdaryoda yangi IES ishga tushirildi

Sirdaryo viloyatida Turkiyaning Cengiz Enerji kompaniyasi tomonidan qurilgan quvvati 220 MVt gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi. IES 20 noyabrdan elektr tarmoqlariga energiya yetkazib berishni boshladi. U yiliga 1,7 mlrd kVt/soat energi ishlab chiqarish mumkin.

Qiziriqda yerlari klasterga olib berilgan fermerlar va IIO xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdi
20 noyabr 2022, 15:06

Qiziriqda yerlari klasterga olib berilgan fermerlar va IIO xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Qiziriqda yerlari klasterga olib berilgan 14 nafar fermer va IIO xodimlari o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. IIV voqea ishtirokchilari o‘zlarini traktor ostiga tashlash, bir-biriga shikast yetkazishga urinmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Deputat Kusherbayev fermerlar Oliy sudda g‘alaba qozonganini aytdi. Munosabatlar.

OAV: Usmonov ishi Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ziddiyatni keltirib chiqardi
20 noyabr 2022, 14:02

OAV: Usmonov ishi Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida ziddiyatni keltirib chiqardi

Germaniyada tadbirkor Alisher Usmonov ustidan olib borilayotgan tergov Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni keskinlashtirdi, deya xabar qildi Spiegel jurnali.

Yashnobodda daraxtlarni noqonuniy kesganlardan 3,5 mlrd so‘m undirildi
20 noyabr 2022, 13:09

Yashnobodda daraxtlarni noqonuniy kesganlardan 3,5 mlrd so‘m undirildi

Toshkentning Yashnobod tumanida qimmatbaho daraxtlarning noqonuniy kesib tashlanishi oqibatida o‘simlik dunyosiga zarar yetkazilgandi. Deputat Rasul Kusherbayevning ma’lum qilishicha, quruvchi tashkilotdan 3,5 mlrd so‘m mablag‘ undirildi, 200 tup daraxt ham ektirilmoqda.

O‘zbekiston fransuz sarmoyadorlari uchun nimasi bilan jozibador? Jamshid Xodjayev javob berdi
20 noyabr 2022, 13:05

O‘zbekiston fransuz sarmoyadorlari uchun nimasi bilan jozibador? Jamshid Xodjayev javob berdi

O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosat tamoyillari, qulay sarmoyaviy muhiti, tabiiy resurslarning ko‘pligi, «imtiyozli paketlar» va boshqa afzalliklari tufayli fransuz sarmoyasi uchun maqbul manzilga aylanishi mumkin, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev Parijda bo‘lib o‘tgan biznes-forumda.

Navoiyda soliq boshqarmasining ikki xodimi pora bilan ushlangani aytilmoqda
20 noyabr 2022, 10:27

Navoiyda soliq boshqarmasining ikki xodimi pora bilan ushlangani aytilmoqda

Navoiy viloyati soliq boshqarmasining ikki xodimi pora bilan ushlangani xabar qilindi. Ular soliq tekshiruvi natijasini tadbirkor foydasiga ijobiy hal qilish uchun 10 ming dollar talab qilgan. Xodimlarga «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Toshkentda Kichik halqa yo‘lining bir qismi 2 kunga yopildi
20 noyabr 2022, 10:24

Toshkentda Kichik halqa yo‘lining bir qismi 2 kunga yopildi

Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lining Qatortol ko‘chasi bilan kesishmasidan Farhod ko‘chasi bilan chorrahasigacha bo‘lgan oralig‘i 20−22 noyabr kunlari qisman yopiladi. Bu vaqtda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Toshkentni issiqlik bilan ta’minlovchi Veolia Energy Tashkent’ning rahbari o‘zgardi
19 noyabr 2022, 22:20

Toshkentni issiqlik bilan ta’minlovchi Veolia Energy Tashkent’ning rahbari o‘zgardi

Veolia Energy Tashkent bosh direktori Aleksandr Xasti oilaviy sabablarga egallab turgan lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Alisher Xaytmetov korxona boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

Toshkentda 20 yoshli ayol oilaviy janjal sabab o‘zini Bo‘zsuvga tashladi
19 noyabr 2022, 21:29

Toshkentda 20 yoshli ayol oilaviy janjal sabab o‘zini Bo‘zsuvga tashladi

Shahidlar xotirasi xiyobonida 19 noyabr kuni 20 yoshli ayol o‘zini Bo‘zsuv kanaliga tashladi. Uni ikki nafar Milliy gvardiya xodimi suvdan olib chiqib, qutqargan. Hozirda ayol hushiga kelgan, ahvoli barqaror.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting