19-iyun kuni kuchli shamol tufayli Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qariyb 40 ming iste’molchi elektr tarmog‘idan uzildi.
Chery brendining O‘zbekistondagi rasmiy vakili Roodell yangi Chery Arrizo 6 Pro modelini taqdim etdi va narxlarini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Moviy gumbazlar” xiyobonida yashil maydon bo‘ylab o‘tuvchi yo‘lakka attraksion o‘rnatilishiga qarshi chiqqan aholining videosi tarqaldi. Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov aholi bilan uchrashib, attraksionlar demontaj qilinishini ma’lum qildi.
Qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida sablyachi Zaynab Dayibekova finalda uch karra jahon chempionati sovrindori bo‘lgan janubiy koreyalik sportchini yengib Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi.
O‘zLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar davom ettirilishi, sud mustaqilligini oshirish va milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashqi siyosat olib borish qayd etilgan.
O‘zbekiston prezidenti va Eron oliy diniy rahbari uchrashuvda uzoq pauzadan so‘ng munosabatlarning jonlanishini olqishladi. Oyatulloh Xomanaiy “ba’zi raqiblar” bo‘lishiga qaramay, mamlakatlar munosabatni rivojlantirishi kerakligini aytdi. Mirziyoyev Eronning qiyinchiliklarga qarshi chidamliligini ta’kidladi.
Xalqaro arbitraj besh yillik jarayondan keyin Rossiyaning MTS kompaniyasining Turkmaniston ustidan kiritgan da’vosini rad etdi. Mobil operator mamlakat hukumati 2017-yilda kompaniya litsenziyasini uzaytirishdan bosh tortib, uning investorlik huquqlarini buzganini da’vo qilgan.
O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Singapurda sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Abdulaziz Mirvaliyev ham jamoa hisobiga yana bir kumush medalni qo‘shdi.
O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyun — chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi va fuqarolar 2-iyulgacha ketma-ket 5 kun dam oladi.
O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 28-iyunda nishonlanadi, deya ma’lum qildi Musulmonlar idorasi.
18-iyun kuni Yangihayot tumanida yuk tashuvchi liftning nosozlik tufayli tezlashib ketishi oqibatida 13 kishining hayoti xavf ostida qoldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, may oyida foydalanishga topshirilgan uyning aholiga mo‘ljallangan 2 ta lifti nosoz bo‘lgan. Shu bois ular yuk tashuvchi liftdan foydalanib kelishgan.
Central Asian Expo Uzbekistan UFI Yevropa konferensiyasida yangi ko‘rgazma maydonini taqdim etdi. Tadbir Niderlandiyada 14−16-iyun kunlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston transport vaziri va Eron yo‘l va shaharsozlik vaziri Eron-O‘zbekiston logistika markazini tashkil etish, shuningdek, Eronning Chobahor va Bandar-Abbos portlarida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida terminallar va omborlar qurishga kelishib oldi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi “Gazprom” bilan gaz kelishuvi tafsilotlarini e’lon qildi. Hujjat ikki yilga tuzilgan, yetkazib berish hajmi kuniga 9 million kub metrni, yillik hajm deyarli 2,8 milliard kub metrni tashkil etadi. Avvalroq “Kommersant” hajm bundan ikki baravar ko‘proq bo‘lishi haqida yozgandi.
Seshanba kunidan boshlab O‘zbekistonga Kavkazdan nisbatan sovuqroq havo kirib kelishi hisobiga issiq pasaya boshlaydi. Ish haftasi oxirigacha havo harorati +33…+38 daraja atrofida bo‘ladi.
13-iyun kuni Oltinko‘l tumanidagi Qoradaryoga 13 va 12 yashar qarindosh bolalar cho‘kib ketdi. Ulardan birining jasadi topilgan. Bolalarning yaqinlariga ko‘ra, voqea ular baliq tutishga borganida sodir bo‘lgan. Olti kundan buyon 12 yashar bola qidirilmoqda.
O‘zbekiston hukumati qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanib jismoniy shaxslar va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini sotish tartibini tasdiqladi.
DXX xodimlari tomonidan Qiziltepa tumanida 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatgan ferma aniqlandi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida ferma davlatga 9,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Tijorat banklari 19-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 405−11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 490−11 520 so‘m.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini tashabbusli budjetlashtirish orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tanqidlarga uchradi. Nizomga ko‘ra, dasturlar bo‘yicha faqat mahalla raisi loyihalar to‘plamini kiritish huquqiga ega, fuqarolar esa bunday qilolmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting