DXX tomonidan Samarqandda ikki fuqaroni Meksika orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishi uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi.
NBU Milliy mobil ilovasi yordamida valyutani istalgan vaqtda va hamyonbop kursda ayirboshlash, shuningdek bank terminallarida foizsiz naqd pul olish imkoniyati mavjud.
Poytaxtning Yashnobod (soat 16:00 gacha), Mirobod va Chilonzor (soat 17:00 gacha) tumanlaridagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti to‘xtatildi.
Qozog‘istonning Abay viloyatidagi yirik o‘rmon yong‘ini deyarli bir hafta o‘tib lokalizatsiya qilindi, 15 kishi halok bo‘lgan. Bosh prokuratura mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishga va’da berdi.
Tijorat banklari 15-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 420−11 480 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 510−11 535 so‘m.
Markaziy bank muomaladan chiqarilgan banknot va tangalarni qabul qilish va ularni yangi banknotlarga almashtirishni davom ettirishga qaror qildi.
Toshkent shahrining Mirobod tumaniga Ashraf Salaydinov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat SI yordamida yuzni tanishni taqiqlaydi va ChatGPT kabi chat botlarga kontentni kompyuter yaratayotganidan ogohlantirish talabi qo‘yiladi.
Davlatobod tumanida sof quyma oltinlarni 20 ming dollarga sotayotgan ikki shaxs ushlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oltin bahosi 222,8 mln so‘mga baholangan.
BBC rus xizmati Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining Rossiya qamoqxonalaridan Ukrainadagi urushga yollangani bo‘yicha tekshiruvni e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday yollanganlar orasida kamida 93 kishi halok bo‘lgan, ulardan 34 nafari o‘zbekistonlik.
So‘nggi yillarda siyosiy va iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramay, yangiliklarga bo‘lgan qiziqish doimiy ravishda pasayib bormoqda. Reuters Institute`ning OAV rivojlanishi haqidagi hisobotiga ko‘ra, televideniye va bosma nashrlar ham o‘z o‘rnini yo‘qotmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Qonunchilik palatasi oldidagi hisobotida vazirlik suvni sarflash madaniyati, uni o‘lchash va yetkazib berish bo‘yicha keskin takliflar tayyorlayotganini ma’lum qildi. Takliflar 2024-yilning budjet loyihasida ko‘rsatiladi.
O‘zbekistonda 2021-yil 1-maydan buyon 16 655 nafar yoshning 28,8 mlrd so‘mlik imtihon xarajatlari qoplab berildi. Ularning 9 053 nafarini ayol-qizlar tashkil etadi.
Ekobloger “O‘rikguli” Toshkent shahrida noto‘g‘ri sug‘orilayotgan yashil hududlar aks etgan navbatdagi tasvirlarni e’lon qildi. U sug‘orish favvoralarini ta’mirlashga, daraxtlarni sug‘orishga ortiqcha suv sarflamaslikka chaqirmoqda.
O‘zbekistonning 16 dzyudochisi yangilangan Olimpiya reytingiga kiritildi. Ular orasida tarixda birinchi marta ayollar terma jamoasining olti nafar vakili ham bor.
Andijondagi tergov hibsxonasida mahkumning kaltaklanib, o‘ldirib qo‘yilgani bo‘yicha 12 nafar IIO xodimiga sud hukmi o‘qildi. Ulardan 6 nafari qamaldi, qolgani uy qamog‘iga hukm qilindi. Marhumni kamerada kaltaklagan bir nafar mahbusning jazo muddati uzaydi.
Toshkentdagi “To‘qimachilik haftaligi” doirasida Better Cotton O‘zbekistonda paxtachilik sohasini yanada yaxshilash borasidagi yo‘l xaritasini taqdim etdi va u manfaatdor tomonlar ishtirokida imzolandi.
Hindistonning Indira Gandi xalqaro aeroportida qiymati 125 ming dollardan ziyod bo‘lgan 16,5 kg oltinni olib o‘tayotgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Buxoro-Urganch avtomobil yo‘lida UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Oqibatda kompaniya mashinasida bo‘lgan ikki haydovchi halok bo‘ldi.
Xorazmda “fuqaroni tinchini buzmaslik uchun” undan deyarli bir yil mobaynida 58 mln so‘m olib kelgan va yana 10 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting