Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘pka — yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 infeksiyasidan vafot etganlar soni 15 nafarga yetdi.
Asakadagi UzAutoMotors kompaniyasiga ishga joylashtirish uchun 31 kishidan 42 ming dollar olgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida koronavirusda gumonlanayotgan shaxs ko‘plab bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun tuman hududi to‘liq karantinga olindi.
O‘zbekistonda kun davomida 58 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 3546 taga yetdi. “O‘rikzor” bozori sotuvchisining o‘g‘li va qiziga ham infeksiya yuqtirgani ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 3523 taga yetdi. 9 ta holat Toshkentda aholi orasida qayd etildi.
Navoiy viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazining mansabdor shaxslari inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 222,3 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlandi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan karantin mamlakatda karantin muddati 15 iyunga qadar uzaytirildi. Shu bilan birga, 1 iyundan boshlab “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarda ayrim faoliyat turlariga ruxsat berildi.
Viloyatlar o‘rtasida shaxsiy avtomobilda harakatlanishga ruxsat berilmadi. Faqatgina «yashil» hududlardagi sanatoriya va bolalar oromgohlariga odamlarni markazlashtirilgan holda olib borish mumkin.
Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. Toshkent «sariq» hududda qoldi.
O‘zbekistonda juma kuni 44 kishida koronavirus aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 3488 taga yetdi. Yangi holatlarning 32 tasi karantinga olinganlar, 4 tasi xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar va 8 tasi aholi orasida aniqlandi.
Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida “Yangi hayot” kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov 64 yoshida olamdan o‘tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan Denovdagi Amir Temur haykali qayta ko‘rib chiqiladi. Yodgorlik 1996 yilda o‘rnatilgan.
Prezident Zangiota tumanida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi. Muassasa 2 ming o‘ringa mo‘ljallangan. Lekin 4 ming o‘ringacha transformatsiya qilish imkoniyati bor.
Furqat Sidiqov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Navoiy viloyatidagi Zarafshon shahrida 650 o‘ringa mo‘ljallangan konteynerlardan iborat karantin maydoni qurilishi boshlandi. Mazkur karantin maydonining qurilishi shaharda epidemiologik vaziyat chigallashgani sababli boshlangan.
Dam olish kunlari issiq ob-havo biroz pasayishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat +34…+37, shimol va cho‘l hududlarida +42 atrofida bo‘ladi. Janubda esa nisbatan salqin havo oqimi kirib kelishi sababli 39 darajagacha pasayishi mumkin.
Alisher Yakubov Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi. U hozirga qadar Qoraqalpog‘iston Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.
AQSH prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish to‘g‘risidagi qarorga imzo chekdi. Unga ko‘ra, federal organlar Twitter, Facebook, Instagram va YouTube kabi yirik ijtimoiy mediya kompaniyalarning o‘z foydalanuvchilari postlarini tahrirlash va o‘chirishlariga yo‘l qo‘ymaydi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “O‘zbekneftgaz” AJning neft mahsulotlari importiga aksiz solig‘ini 20% ga oshirish bo‘yicha taklifiga izoh berdi. Unga ko‘ra, mazkur taklif Tarif va notarif tartibga solish kengashining Kotibiyatiga taqdim etilmagan va xalqaro majburiyatlar va amaliyotga mos kelmasligi sababli ko‘rib chiqilishi va qo‘llanilishi mumkin emasligi ta’kidlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting