Rossiyani 2022-yilda 8,5 ming nafar millioner tark etdi
14 iyun 2023, 14:02

Rossiyani 2022-yilda 8,5 ming nafar millioner tark etdi

2022-yil davomida Rossiyadan 8,5 ming nafar dollar millioneri ko‘chib ketdi. Henley & Partners kompaniyasi ko‘rsatkich 15 ming nafar bo‘lishini prognoz qilgandi. Kompaniya bu farqni urush oqibatida joriy etilgan cheklovlar ko‘plab millionerlarning mamlakatni tark etishini qiyinlashtirgani bilan izohladi.

Qashqadaryoda arxeologik obyekt hududiga transformator o‘rnatilgani aniqlandi
14 iyun 2023, 13:58

Qashqadaryoda arxeologik obyekt hududiga transformator o‘rnatilgani aniqlandi

Yakkabog‘ tumanida elektr ta’minoti korxonasi mas’ullari VI-XII asrlarga oid “Chillamazortepa” arxeologiya obyekti hududiga transformator punkti o‘rnatgani aniqlandi. Buning oqibatida yodgorlikka 93 mln so‘mlik zarar yetgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Silk Avia Qurbon hayiti munosabati bilan 30 foizgacha chegirma e’lon qildi
14 iyun 2023, 12:57

Silk Avia Qurbon hayiti munosabati bilan 30 foizgacha chegirma e’lon qildi

Silk Avia kompaniyasi 27-iyundan 2-iyulgacha aviachiptalarga 30% gacha chegirma e’lon qildi. Shuningdek, kompaniya bayram kunlari arzon tarifdagi chiptalar soni ko‘paytirilishini bildirdi.

Saylov uchustkalari brayl trafaretlari bilan ta’minlanadi — MSK
14 iyun 2023, 12:38

Saylov uchustkalari brayl trafaretlari bilan ta’minlanadi — MSK

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenini to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi tasdiqlandi hamda ushbu trafaretlar bilan har bir saylov uchastkasini ta’minlash choralari belgilandi.

Chilonzordagi portlashda jarohatlanganlar soni 16 nafarga yetdi, 1 kishi halok bo‘lgan
14 iyun 2023, 12:31

Chilonzordagi portlashda jarohatlanganlar soni 16 nafarga yetdi, 1 kishi halok bo‘lgan

Chilonzordagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida portlash va yong‘in ro‘y berib, 1 kishi halok bo‘lgani aniqlandi. 16 kishi shifoxonaga olib ketilgan. Dastlab 6 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

“O‘zagroeksportbank” kapitalini kerakli ko‘rsatkichgacha oshirdi
14 iyun 2023, 11:44

“O‘zagroeksportbank” kapitalini kerakli ko‘rsatkichgacha oshirdi

“Gazeta.uz” materialiga javoban “O‘zagroeksportbank” ustav kapitalini 32 mlrd so‘mdan 105 mlrd so‘mga oshirganini va litsenziya bekor qilinmasligi uchun uni 1-sentabrgacha 200 mlrd so‘mga yetkazish niyatida ekanini ma’lum qildi.

Toshkentdagi sexda portlash sodir bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi
14 iyun 2023, 11:25

Toshkentdagi sexda portlash sodir bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi

Chilonzor tumanidagi mis quvurlari ishlab chiqarish sexida portlash ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 nafar fuqaro jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent shahri aholisiga 2 ta ko‘chaga nom berish taklif etildi
14 iyun 2023, 11:15

Toshkent shahri aholisiga 2 ta ko‘chaga nom berish taklif etildi

Toshkent shahri hokimligi ikki ko‘cha — Katta halqa yo‘lining bir qismi (Oxangaron shohko‘chasi va yangi aylanma yo‘l oralig‘i) hamda Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘lovchi yangi ko‘chaga nom berish bo‘yicha aholidan takliflar qabul qilmoqda.

Toshkentning 4 tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi
14 iyun 2023, 10:56

Toshkentning 4 tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi

Chorshanba kuni ta’mirlash ishlari sabab Toshkent shahrining Yashnobod, Uchtepa, Yakkasaroy va Chilonzor tumanlarining ba’zi joylarida vaqtincha elektr energiyasi ta’minoti to‘xtatildi.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti 2022-yilda 134 baravarga oshdi
14 iyun 2023, 10:52

Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti 2022-yilda 134 baravarga oshdi

Qozog‘iston 2022-yilda O‘zbekistonga go‘sht eksportini 134 baravarga oshirdi. Mamlakatning yil davomidagi go‘sht eksporti 28,7 ming tonnani tashkil etgan va bu so‘nggi 10 yildagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

May oyida Toshkent avtobuslari kuniga 63 foizga ko‘proq yo‘lovchi tashidi
14 iyun 2023, 10:42

May oyida Toshkent avtobuslari kuniga 63 foizga ko‘proq yo‘lovchi tashidi

Yangi avtobus va elektrobuslar xarid qilinishi tufayli Toshkent shahrida avtobus yo‘lovchilari soni keskin oshdi. May oyida kuniga o‘rtacha 782 ming yo‘lovchi tashildi, bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 63 foizga ko‘p degani.

Xorazmda yo‘l qurilish korxonasi xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi
14 iyun 2023, 10:40

Xorazmda yo‘l qurilish korxonasi xodimi pora olayotganda qo‘lga olindi

DXX “Xorazm yo‘l qurilish” bo‘lim boshlig‘ini tadbirkordan 48 ming dollar olayotganda, Xivada esa Davlat kadastrlari palatasi xodimini yer sotib olgan fuqarodan 60 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga oldi.

XMT va IFC O‘zbekistonda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatini qo‘llab-quvvatlaydi
14 iyun 2023, 10:25

XMT va IFC O‘zbekistonda to‘qimachilik va tikuvchilik sanoatini qo‘llab-quvvatlaydi

Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekistonda Better Work (Yaxshiroq ish) dasturini ishga tushirdi, bu mamlakatdagi to‘qimachilik va tikuvchilik fabrikalarida mehnat me’yorlariga rioya etilishini ta’minlashga yordam beradi.

Aksar banklarda dollarning sotuv kursi 11 520 so‘mgacha ko‘tarildi
14 iyun 2023, 09:36

Aksar banklarda dollarning sotuv kursi 11 520 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 14-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 390−11 470 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 490−11 520 so‘m.

Qo‘qondagi bozorda yonib ketgan do‘konlar 15 kunda qayta qurib beriladigan bo‘ldi
14 iyun 2023, 09:31

Qo‘qondagi bozorda yonib ketgan do‘konlar 15 kunda qayta qurib beriladigan bo‘ldi

Qo‘qon shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida yonib ketgan do‘konlar 15 kunda qayta qurib beriladi. Viloyat hokimligiga ko‘ra, qurilish ishlari uchun tadbirkorlardan pul olinmaydi. Barcha ishlar bozor ma’muriyati hisobidan amalga oshiriladi.

13-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
13 iyun 2023, 22:04

13-iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Toshkentdagi elektr uzilishlari sababini aytgan “HET” korxonasi mas’uli, meros bo‘yicha sudga arz qilgan Islom Karimovning o‘g‘li, “Anhor-Lokomotiv” bog‘ida attraksiondan tushib ketgan 2 fuqaro, 4 soatda o‘chirilgan Qo‘qondagi bozorda sodir bo‘lgan yirik yong‘in va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Qirg‘iziston MDH hududida qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tanib olish tizimini ishga tushirdi
13 iyun 2023, 20:02

Qirg‘iziston MDH hududida qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tanib olish tizimini ishga tushirdi

Qirg‘izistonda MDH davlatlarida qidiruvda bo‘lgan shaxslarni tanib olish tizimi ishga tushirildi. Iyun oyi boshidan buyon mamlakatda O‘zbekiston va Rossiyaning to‘rt nafar fuqarosi hibsga olingan.

Urganch va Buxoro aeroportlarini rivojlantirish bo‘yicha tenderlarni kuzda o‘tkazish rejalashtirilmoqda
13 iyun 2023, 19:54

Urganch va Buxoro aeroportlarini rivojlantirish bo‘yicha tenderlarni kuzda o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va rivojlantirish, Buxoro aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ikkita loyiha tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Kuzda xususiy sheriklarni tanlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Buxoroda 18 yoshli talaba qiz 6-qavatdan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi
13 iyun 2023, 18:27

Buxoroda 18 yoshli talaba qiz 6-qavatdan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi

Buxoroda Osiyo xalqaro universiteti talabasi ijarada yashagan uyning 6-qavatidan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi. 18 yoshli qizning o‘z joniga qasd qilishi sabablari bo‘yicha taxminlar ishlab chiqilib, tekshirilmoqda.

OTP Bank “Ipotekabank”dagi 75 foiz davlat ulushini sotib oldi
13 iyun 2023, 17:24

OTP Bank “Ipotekabank”dagi 75 foiz davlat ulushini sotib oldi

OTP Bank “Ipotekabank”ning O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 75 foizini rasman sotib oldi. Aksiyalarning qolgan 25 foizi 3 yillik muddatda sotib olinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting